Foydalanuvchi:Xatchiman/G proteini bilan bog'liq retseptor kinase 2
G-proteinalar bilan bog'liq bo'lgan retseptor kinase 2 (GRK2) - insonlarda ADRBK1 geni orqali enkodlangan ferment hisoblanadi. GRK2 dastlab Beta-adrenergik retseptor kinase (βARK yoki βARK1) deb nomlangan va G proteiniga bog'liq bo'lgan retseptor kinazelari kichik oilasining a'zosi, Ser / Thr , GRK3 (βARk2) proteinlariga o'xshash jihadlari juda ko'p.
Funksiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kinase retseptorlari G-oqsili bilan bog'liq va o'zaro bog'lamlarga ega retseptorlarni fosforilatlaydi, bu jarayon o'z navbatida arrestin oqsilini retseptorlar bilan bog'lanishiga yordam beradi. Arrestinning Fosforilasiya qilingan, faol retseptoriga bog'lanishi G-protein transduser oqsil retseptorlarining qo'zg'alishi oldini oladi va hujayraning signal uzatish tizimini bloklaydi. Bu holat esa retseptorlarning desensitizatsiya bo'lishiga olib keladi. Bog'lamga ega bo'lgan Arrestin retseptorlarni ma'lum yo'nalish bo'ylab harakatlantiradi, hujayra yuzasidagi boshqa retseptrolarni olib tashlaydi va ortiqcha faollashuv oldini oladi. Arestinning Fosforilasiya qilingan, faol retseptoriga bog'lanishi o'z navbatida retseptorga arrestinga sherik bo'lgan oqsillar orqali signal uzatish imkonini beradi. G oqsillari orqali o'tuvchi GRK/arrestin tizimi murakkab signallar kaliti bo'lib xizmat qiladi.
GRK2 va unga yaqin bo'lgan GRK3 fosforilat qabul qiluvchilari (teskari ta'sirga ega bo'lgan GRK5 va GRK6 dan farqli o'laroq) signalni to'sish va signal qabul qilish jarayonlariga yordam beradi. Ushbu tafovud farmologik agonizmining asoslaridan hisoblanadi, unga ko'ra preparat retseptor bilan bog'langanidan so'ng retseptorning ma'lum signallarini boshqa yo'nalishga yo'naltirishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
GRK2 to'qimalar bo'ylab keng tarqalgan va uning joylashuvi o'ziga tegishli GRK3 dan ko'ra teparoqda bo'ladi. GRK2 dastlab b2 - adrenergik retseptorlarini fosforillovchi protein kinazesi sifatida belgilangan. Shuningdek GRK2 yurakdagi adrenergik retseptorlarning (GPCR va boshqalarning) regulyatori sifatida o'rganilgan va yurak yetishmovchiligini davolash uchun dori sifatida taklif qilingan. GRK2 ni to'xtatish strategiyalari kichik molekulalar (jumladan, paroksetin va Murakkab-101) dan va GRK2 ni tartibga soluvchi domenlardan foydalangan holda gen terapiyasida qo'llashni o'z ichiga oladi.
GRK2 va unga tegishli GRK3 G-protein signal almashish yo'llarini faollashtirish va tartibga solish uchun GPCR faollashuvi natijasida hosil bo'lgan heterotrimerik G oqsili subbirlikmalari bilan o'zaro ta'sir qilishi mumkin. GRK2 va GRK3 karboksil terminalida plekstrin homologiyasi (PH) domenidan foydalanadi, u G proteini bg subbirlikmalarini o'zaro bog'laydi va geterotrimerik G proteini GPCRlarning faollashishi ushbu kinazelarni hujayra membranasida to'plash uchun GRK2/3 bilan bog'langan erkin bg kompleksini chiqaradi. Faollashtirilgan retseptorning qo'shilishi, faollashtirilgan retseptorni tartibga solish uchun GRK faolligini oshiradi. GRK2 va GRK3 ning amino-terminal RGS homologiyasi (RH) domeni Gq oilasining heterotrimerik G oqsili subbirlikmalari bilan bog'langan holda faol G oqsillarini fosfolipaza qilib C beta kabi effektor oqsillaridan ajratidi va Gq signalini kamaytirishda qatnashadi. Ammo GRK2 va GRK3 ning RH domenlari GTPazani faollashtiruvchi oqsillari sifatida ishlay olmaydi (an'anaviy RGS oqsillari kabi), G protein signalini o'chirib qo'yadi.
Oʻzaro taʼsir
[tahrir | manbasini tahrirlash]GRK2 boshqa bir qator protein turlari bilan o'zaro bog'liqliklari mavjud.
Shuningdek qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- G proteini bilan bog'liq retseptor kinaselari
- G proteini
- hissiyatsızlanish (tibbiyot)
- arrestin
- Kinase