Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Qorakent fojiasi
Qorakent fojiasi ozarb. Qarakənd faciəsi | |
---|---|
Fojiada urib tushirilgan vertolyotga o'xshash Mi-8. | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Viloyat | Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati |
Hudud | Qorakentning uch kilometr yaqinligida, Tog‘li Qorabog‘, Ozarbayjon SSR |
Joylashuv yo‘nalishi | Xo‘javand |
Sana | 1990-yil 20-noyabr |
Halokat turi | Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan. |
Yo‘lovchilar soni | 22 |
Qurbonlar soni | 22 |
Vertolyot | |
Vertolyot modeli | Mİ-8 |
Havo yo‘li firmasi | Aeroflot |
Uchish nomeri | N72 |
Xarita | |
39°50′51″N 47°01′49″E / 39.84750°N 47.03028°E |
Qorakent fojiasi yoki 20-noyabr fojiasi — 1991-yil 20-noyabrda Xo‘javand rayonining Qorakent qishlog‘i yaqinida, Ag‘dam rayonining Marzili qishlog‘i hududida arman harbiy qismlari tomonidan urib tushirilgan Ozarbayjon harbiy vertolyoti hodisasi. Hisobga ko‘ra, Qorakent ustidan uch yuz metr balandlikda uchgan Mİ-8 N72 vertolyoti 1991-yil 20-noyabrda soat 14:42 da o‘qqa tutilgan. Halok bo‘lganlar orasida Ozarbayjon Respublikasining davlat kotibi Tofiq Ismoilov, bosh prokuror Ismat Gayibov, davlat maslahatchisi, sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad Asadov, deputatlar Voqif Jafarov va Vali Mammadov, bosh vazir muovini Zulfi Hojiyev, Prezident apparatining sho‘ba mudiri va jurnalist Usmon Mirzayev, Qozog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri muovini Sanlal Serikov, Ozarbayjon davlat televideniyesi jurnalisti Ali Mustafoyev bor edi. Halokat natijasida jami 22 nafar halok bo‘lgan.[1][2]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 7-noyabrda Bokuda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Rossiya va Armaniston rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan maqsad Qorabog‘ urushi va qaysi xalqning (ozarbayjonlar yoki armanlar) tazyiq ostida ekanligini aniqlash edi. Shu sababli ham rahbarlar hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga va Xonkandiga borishga kelishdilar.[3]
1991-yil 18-noyabrda Mixayl Gorbachovning shaxsiy yordamchisi Kremldan Bokuga qo‘ng‘iroq qiladi va Ozarbayjon Respublikasi Tog‘li Qorabog‘ rahbariyatidan Xavfsizlik Kengashining navbatdagi majlisini Tog‘li Qorabog‘da o‘tkazishini so‘raydi, chunki hududdagi yer daʼvosida bo‘lgan arman liderlarining va Moskva namoyandalarining ham bu majlisda ishtiroki nazarda tutilar edi. Bu qo‘ng‘iroqdan so‘ng Bokuda ro‘yxat tuziladi. Ro‘yxatga Viktor Polyanichko rahbarlik qilishi kerak edi. Namoyandalar faqatgina mudofaa vazirliklaridan va Xavfsizlik Kengashining rahbar organlaridan iborat bo‘lishi lozim edi.[4]
Rayon komendanti Nikolay Jinkin muovini, polkovnik Vladimir Kushnarik 1991-yil 18-noyabrda tuzgan va Boku bilan kelishgan ro‘yxatga „Ashanak“ kolxozining Chorvachilik Birligi raisi Emil Balayan, Vladimir Kushnarikning o‘zi, xalqaro arman diasporasi (asosan Fransiya va Kaliforniya arman cherkovlari) tomonidan moliyalashtirilgan „Krunk“ tashkilotining Tog‘li Qorabog‘dagi ideologlaridan Oleg Yeseyan, „Yevkrapa“ jamiyatining moliya masalalari bilan shug‘ullanuvchi, Livan arman diasporasi bilan aloqani taʼminlovchi Leonard Petrosyan, zobit Tatavis Bagramyan, shuningdek, Ozarbayjon Xalq Frontining Ag‘dam, Xo‘javand, Fuzuliy, Jabroyil, Xo‘jali, Askaron rayon sho‘ba liderlari va ularning Boku namoyandalarining ham qatnashishiga qaror qilingandi. Kengash videoga olinishi va respublika televideniyesining „Kun ekrani“ xabarlar dasturida ko‘rsatilishi kerak edi. Soat 13:40 da Ag‘dam aeroportiga berilgan xabardan so‘ng bu shaxslar vertolyotga chiqmaydilar.[1]
Rasmiy Moskva majlisda davlat kotibi Tofiq Ismoilov va bosh prokuror Ismat Gayibovning mutlaq qatnashishini so‘raydi. Bu istakni esa shaxsan polkovnik Georgiy Septa yetkazadi. 1991-yil 19-noyabr soat 19.05 da ro‘yxat tuziladi. Dastlabki ro‘yxat Tofiq Ismoilov rahbarligida muzokara qilinadi. Deputatlar Voqif Jafarov va Vali Mammadov ro‘yxatdan chiqariladi. Ularning o‘rniga mudofaa vazirliklarining, qo‘shin birlashmalarining mansabdor shaxslari kiritiladi. Ro‘yxatga Viktor Polyanichkoning boshchilik qilishi o‘z kuchida qoladi.[4]
Faqat 1991-yil 19-noyabrda yarim kechasi ro‘yxat yangilanadi. Viktor Polyanichko, mudofaa vazirliklaridan tanlangan shaxslar nomi ro‘yxatdan o‘chiriladi. Deputat Voqif Jafarov va Vali Mammadov ro‘yxatga kiritiladi. Tofiq Ismoilov esa tuzilgan ro‘yxatga boshchilik qilishi, Ag‘damda Xavfsizlik Kengashining sayyor majlisini o‘tkazishi lozim edi. Yangi ro‘yxatni Ayaz Mutallibov 1991-yil 19-noyabr, soat 23:00 da tasdiqlaydi. Ro‘yxatdagilarning baʼzilariga tayyorgarliklari uchun qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Tog‘li Qorabog‘ga boradigan shaxslar ro‘yxati TQ rahbariyatiga, Ag‘dam aeroportiga, harbiy komendantga va Moskvaga jo‘natiladi. Guruhning Tog‘li Qorabog‘ hududidagi faoliyatini esa uch kishi nazorat qiladi: Tog‘li Qorabog‘ xavfsizlik raisi, polkovnik Georgiy Septa, harbiy komendant muovini, polkovnik Vladimir Kusnarik va Xo‘javand milliy raisi, polkovnik Oleg Osenov.[4]
Halokat
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 20-noyabrda soat 12:57 da Ag‘dam parvoz chizig‘idagi MI-8 rusumli ikki vertolyotning 69 va 72 raqamli yoqilg‘i baklari to‘ldiriladi. Mİ-8 N69 vertolyoti asosiy vertolyot bo‘lishi, uni ikki nafar — 1981-yilda Afg‘oniston janglarida ishtirok etgan Lantev Mamontov va kapitan Pyotr Babushkin boshqarishi kerak edi. Ikkinchi vertolyot Mİ-8 N72 esa birinchisiga hamrohlik qilishi lozim edi. Lekin ikkinchi vertolyot hamrohlik qilmasdan, yaʼni xavfsizligi taʼminlanmasdan 13:48 da birinchisining o‘rniga havoga ko‘tariladi. Baʼzi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 1991-yil 20-noyabrda vertolyotni — 26 raqamli MI-8 vertolyotini boshqargan kapitan Gennadi Domov ismli uchuvchi 1984-yil 26-martda Afg‘onistonda Jalolobodning „Islom jamiyati“ Mo‘min Jamolxon guruhi tomonidan u boshqargan MI-8 vertolyoti bilan birga urib tushirilgan va o‘sha yerda halok bo‘lgan.[4]
Halokat paytida Gulabli va Yangikent yo‘nalishlarida harbiy mashinalarga qo‘yilgan (M-16-26 va MS-22-22 raqamli) va Ag‘dam, Xo‘jali aeroportlarining uchish va qo‘nish zonalarini nazorat qiladigan radarlar vositasi bilan soat 14:05 da Ag‘damdan Qorakent yo‘nalishiga uchuvchi Mİ-8 N72 vertolyotning robita aloqalari uziladi. Aloqa uzilgani bilan bog‘liq dastlabki maʼlumotlar Xo‘javand yo‘nalishida uzatiladi. Lekin uyushtirilgan fojia haqida dastlabki maʼlumot tahminan olti soatdan so‘ng beriladi. Ag‘dam, Xonkendi va Xo‘javand harbiy birlashmalarining qo‘mondonligi bir so‘z demas edi.[1][5]
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Qorakent ustidan uch yuz metr balandlikda uchgan Mİ-8 N72 vertolyoti 1991-yil 20-noyabrning 14:42 daqiqada urib tushirildi. Fojia haqida dastlabki maʼlumot Prezident Apparatiga soat 19:55 da yetib keladi. Lekin bu fojia haqida xabar Xonkendidan arman tilida efirga uzatiladigan „Vatan va vatandosh“ ko‘rsatuvining xabarlar bo‘limida, soat 15: 30 da berilgan edi. O‘sha kuni Yerevan radiosi soat 16:15 da xabarni „halokat“ deya sharhladi. Soat 16:40 da Tehron radiosi, 17:00 da Moskva radiosi eʼlon qildi.[1]
Halok bo‘lganlar orasida Ozarbayjon Respublikasi davlat kotibi Tofiq Ismoilov, bosh prokuror Ismat Gayibov, davlat maslahatchisi, sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad Asadov, deputatlar Voqif Jafarov va Vali Mammadov, bosh vazir muovini Zulfi Hojiyev, Prezident apparatining sho‘ba mudiri va jurnalist Usmon Mirzayev, Qozog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri muovini Sanlal Serikov, Ozarbayjon davlat televideniyesi jurnalisti Ali Mustafoyev bor edi. Halokat natijasida jami 22 nafar halok bo‘ldi.[2][6]
Birinchi bo‘lib Ozarbayjon namoyanda hay’atining maʼlumotiga ko‘ra, jasadlardan 12 nafarini tanish imkoni bor edi, 3 nafari qisman tanilir, qolganlarning shaxsi esa ekspertiza natijasida aniqlandi.[7][8] Ismat Gayibovning o‘g‘li Ismoil Gayibovning kiygan nimchasining cho‘ntagida esa Umar Hayyomning ruboiysi bor edi:
Из допущенных в рай и низвергнутых в ад
Никогда и никто не вернулся назад.
Грешен ты или свят, беден или богат,
Уходя, не надейся и ты на возврат.— Umar Hayyom
Halokat sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiyaning ITAR-TASS agentligidan DQMV komandirining xabar berishicha, vertolyot tumanli havoda qoyalarga urilgan. 1991-yilda The New York Timesda nashr qilingan maqolada qayd qilinishicha, vertolyot hay’atining aʼzosi Sovet televideniyesiga „biz hech nima ko‘rmayapmiz“ va „bulutlar quyuq“ bo‘lganini aytdi. Lekin tergov vaqti vertolyotda raketa portlashiga muvofiq badan teshiklari oshkor bo‘lgan edi.[9][10][11]
Halok bo‘lganlar ro‘yxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Halok bo‘lganlarning dafn marosimi 1991-yil 22-noyabrda Bokuda o‘tkazildi.[9][12]
- Tofiq Ismoilov — Ozarbayjon Respublikasi davlat kotibi;
- Faxriddin Shahbazov — Video-operator;
- Usmon Mirzayev — Prezident apparatining sho‘ba mudiri va jurnalist;
- Vali Mammadov — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati;
- Orif Husaynzoda — AzTV chiroq ustasi;
- Rafiq Mammadov — Ozarbayjon Respublikasi davlat kotibi yordamchisi;
- Ismat Gayibov — Ozarbayjon Respublikasi bosh prokurori;
- Voqif Jafarov — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati;
- Zulfi Hojiyev — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati;
- Muhammad Asadov — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati;
- Ali Mustafoyev — Telejurnalist;
- Igor Plaviski — Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Respublikasi prokurori;
- Nikolay Jinkin — Favqulotda vaziyatlar rayonining komendantı;
- Sanlal Serikov — Qozog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri muovini;
- Mixail Lukashov — General-mayor;
- Oleq Koçerev — Polkovnik-leytenant;
- Sergey Ivanov — Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha Milliy Xavfsizlik Kengashi raisi;
- Vyacheslav Kotov — Vertolyot hay’ati komandiri;
- Dmitriy Yarovenko — Vertolyot hay’ati aʼzosi;
- Gennadiy Domov — Vertolyot hay’ati aʼzosi;
- Vladimir Kovalyov — Tog‘li Qorabog‘ Muxtor viloyati Ichki ishlar Idorasi raisi;
- Qurbon Namozaliyev — Ozarbayjon Respublikasining melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirining birinchi muovini.
Reaksiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vertolyot urib tushirilgach, Ozarbayjon Milliy Xavfsizlik Vazirligi hodisani terror akti va diversiya deb nomlagan edi. Qorakent fojiasidan so‘ng Bokuda Ozarbayjon SSR Oliy Soveti va Ayaz Mutallibovga qarshi Qorabog‘da qonuniy barpo yoki isteʼfo sharti bilan ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tdi.[13][14][15]
2013-yilda AQSh Davlat Departamentining matbuot kotibi Jennifer Psaki Qorakent fojiasini Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal qilish harakatlarini orqaga surganini qayd qilgandi.[16]
Tadqiqot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kungacha Qorakent fojiasi bilan bog‘liq turli tahminlar ilgari suriladi. Baʼzi manbalarga ko‘ra, Qorakend fojiasi Rossiyaning uyushtirgan provokatsiya edi. Diplomat Vafo Quluzodaning so‘zlariga ko‘ra, Qorakent fojiasida Ayaz Mutallibovning roli bo‘lgan va fojia natijasida Ozarbayjon himoya qobiliyatini yo‘qotdi.[2][17][18]
Xonkendidagi rus garnizonining harbiy prokurori I. Lazutkin 248-modda bilan (RF CM)(„Parvozning boshqarilmasligi va inson talofati“) jinoyat ishi ochdi. I. Lazutkin dastlabki tergov materiallarini to‘g‘ri tuzmaganligi sababli hech narsani tushunib bo‘lmasdi. 1991-yil 24-noyabrda Yerevan televideniyesi xabarlar dasturiga intervyu bergan prokuror Lazutkin halok bo‘lgan ozarbayjonlilarga birinchi yordamni „armanlar ko‘rsatganini“ taʼkidlaydi. Polkovnik bu terror aktini oddiy halokat sifatida sovuqqonlik bilan sharhlar edi. Lazutkin vertolyotning „qora qutisi“ni ham qo‘lga kiritgan edi va unga tegishni taqiqlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qora quti „issiq“, „yong‘in“ va „portlash“ sababli ishdan chiqqan va erigan. Baʼzi tadqiqotlarga ko‘ra, Mİ-8 N72 AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan Barret M81A1 va Barret M82-A1 quroli tomonidan o‘t ochilgan. „Time“ jurnalining 2009-yil 20-iyul sonida „Qora qutilar va qisqa tarix“ maqolasida Mİ-8 N72 vertolyotlarida bo‘lgan qora qutilarning yonish ehtimoli 0 ga teng ekanligi taʼkidlandi.[1][7]
1991-yilda Fuzuliy va Xo‘javand rayonlarining harbiy komendanti bo‘lgan general-leytenant Aleksandr Volox 1991-yil 20-noyabrda Xo‘javand rayonining Qorakent fojiasiga munosabat bildirar ekan, agar uning ish soati orttirilsaydi, Qorakent osmonida o‘qqa tutilgan vertolyotda u ham bo‘lishi mumkinligini taʼkidlaydi.[19] O‘sha yilda Ozarbayjon Respublikasi Prokurorligi tergov idorasi raisi Odil Og‘ayev deydi:
Kimdir vertolyotga avtomatdan o‘t ochgandi va vertolyot shikastlangandi. O‘q otilgan vaqtda vertolyotni boshqarayotgan uchuvchi ikki yeridan jarohatlangan. Uchuvchi jarohati tufayli vertolyotni boshqara olmay, yerga tushib portlagan.[20]
Jurnalist Salman Alio‘g‘li so‘zlariga ko‘ra, Marzilini bosib o‘tgach, harbiylar jurnalistlarni to‘xtatdilar va u hududga bir sutka davomida hech kimni qo‘ymadilar. Alio‘g‘liga ko‘ra, jurnalistlar hududga borganda ruslar va armanlar hududda jiddiy tozalash ishlarini olib borgandilar. Uning fikricha, vertolyot yerga qulagan va ular vertolyotni yerda yoqqanlar:[21]
Vertolyotdan tahminan 500-600 metr masofa uzoqlikda vazir muovini Qurbon Namozaliyevning jasadi bor edi. 700-800 metr uzoqlikda esa Usmon Mirzayevning jasadi bor edi. Shu sababli men ular vertolyotni qulatganlarida ichidagilar tirik ekanliklari haqidagi fikrimda qolaman.[21]
Alio‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, safardan avval Ismat Gayibov va Muhammad mo‘yna kiygan edilar va kiyimlari ostida Isroilda ishlab chiqarilgan avtomatlari bor edi. Jurnalist fikricha, vertolyot ichida otishma bo‘lgan. Mayitlarni tobutlarga qo‘yilganida vertolyotda bo‘lganlar bilan tobutdagilar soni to‘g‘ri kelmas edi, tahminan 3-4 jasad yo‘q edi.[21]
2010-yil 20-noyabrda Qorakent fojiasi jinoyat ishi bilan bog‘liq tergov to‘xtatildi. Sabab hodisa yuz bergan hududning Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan ishg‘ol qilinishidir. Jinoyatni uyushtirgan shaxslarni aniqlashning imkoni bo‘lmadi.[2][22]
2016-yilda Qorakent fojiasida halok bo‘lgan jurnalist Usmon Mirzayevning qizi Sevinch Usmonqizi parlamentda Ozarbayjon Oliy Sovet raisining sobiq muovini va tergov komissiyasi raisi Tamerlan Qorayevni ayblaydi:
O‘sha vaqtlari shunday tahminlar bor ediki, fojiada ozarbayjonlarning mahalliy o‘zini himoya qiluvchi mudofaa guruhiga rahbarlik qiluvchi sahro komandiri “Qatir Mammad”ning qo‘li bo‘lgan. “Qatir Mammad” qamoqxonada ifoda berganida, vertolyotni urib tushirishni ularga Tamerlan Qorayev topshirgan va ularga vertolyot ichida armanlar borligini aytganini ta’kidlagan. Keyinchalik “ Oqatir Mammad ” qamoqxonada sirli ravishda vafot etdi. Uning bu iqroridan so‘ng Tamerlan Qorayev hech bo‘lmasa shubhalilar qatoriga kiritilishi lozim edi. Biroq bu ish amalga oshirilmadi...[23]
Sevinch Usmonqizi tergov va parlament tadqiqot komissiyasining ishlaridan muhim dalillarning yo‘q qilinishi, ikkinchi vertolyotning uchganini, yongan MI-8 ga yaqinlashgan mashinalar karvonini ko‘rgan ozarbayjon cho‘ponining ifodasining o‘chirilishi — bularning barchasini mustaqillikka endigina erishgan Ozarbayjonga qarshi puxta tayyorlangan terror aktining tarkibiy qismlari deb hisoblaydi.[24]
Fotosuratlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Arman terrorizmi (ozar.)
Xorijiy oʻtishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ozarbayjonlar bu qora kunni hech qachon unutmaydi.
- Qorandalik fojeasi — 25 yil.
- Garakend osmoni. 1991 yil 20 noyabr.
- Arman terrorizmi. Youtube.com (rus.)
- Arman terrorizmi. Youtube.com (turk.)
- Arman terrorizmi. Youtube.com (turk.)
- Arman terrorizmi. Youtube.com (turk.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Novruzoğlu, Rövşən. GENOSID......ECOCID. Bakı: «Adiloğlu» nəşriyyatı, 2005 — 544-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Qarakənd faciəsi - Erməni dəhşətləri“. karabakhmedia.az. karabakhmedia.az. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ Şirinova, Arzu „Qarakənd düyünü“. anl.az. anl.az. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Özbəkistan, Daşkənd Hərbi Dairəsi. Əfqanıstan-İran istiqamətindən polkovnik V.İ.Qurinin 1984-cü il dekabrın 12-də Moskvaya, MN BQ-a ünvanladığı 216/051 saylı məktubundan
- ↑ Makili-Aliyev, Kamal „Enforcement of International Law in the Nagorno-Karabakh Conflict“. lup.lub.lu.se. lup.lub.lu.se. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ „20 Noyabr, 1991-ci il “Qarakənd faciəsi” kimi əbədi xatirələrdə qaldı“. azl.abna24.com. azl.abna24.com. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ 7,0 7,1 Əliyev, Zaur „Qarakənd faciəsi unudulmamalıdır“. karabakhinfo.com. karabakhinfo.com. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ Батыев, Бахрам „«ОТЕЦ ВООДУШЕВЛЕННО СКАЗАЛ: «ВЧЕРА МЫ ОЧИСТИЛИ ОТ БОЕВИКОВ ЧАЙКЕНД...!»“ (Rus). vesti.az. vesti.az. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ 9,0 9,1 „Soviet Air Crash Kills 20 on Peace Mission“. www.nytimes.com. The New York Times. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ Croissant, Michael P.. The Armenia-Azerbaijan conflict: causes and implications. Westport, CT: Praeger Publishers, 1998 — 45-bet. ISBN 0-275-96241-5.
- ↑ Izdatelskiy dom „Kommersantʼ“. Jurnal „Vlast“, № 45 (89) ot 25.11.1991. V Azerbaydjane sbit vertolet s VIP na bortu
- ↑ „Azerbaijanis Mourn Victims Of Copter Crash in Enclave“. www.nytimes.com. The New York Times. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ Kuznetsov, Oleq (2015). "First Terrorist War: A Look from Russia (Transnational Armenian Terrorism and Nagorno-Karabakh Conflict of 1988-1994)". İrs 2 (21): 54-63. http://oleg-kuznetsov.ru/upload/iblock/9bf/9bf26285d95a7e28b89e7b8c90991a3c.pdf. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ Белых, В.. „Ошибка пилота или диверсия?“ (Rus). İzvestiya (22 noyabr 1991). 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ Qlebov, Roman „В Азербайджане сбит вертолет с VIP на борту“. www.kommersant.ru. Kommersant. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ „ABŞ Dağlıq Qarabağ münaqişəsi ilə bağlı mövqeyini açıqladı“. www.anspress.com. www.anspress.com. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ „Qarakənd faciəsi Azərbaycanın bel sütununu qırdı“. karabakhinfo.com. karabakhinfo.com. http://karabakhinfo.com/11494da asl nusxadan [17 iyul 2016 arxivlangan]. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ Osmanqızı, Sevinc „Sülh missiyası 2“. www.youtube.com. ANS. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ Dəniz, Ramiz. Həqiqət. Bakı: “MM-S” müəssisəsi, 2014 — 41-bet. ISBN – 978-9952-8230-9-7. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ „Helikopter faciəsi - 24 il“. www.anspress.com. www.anspress.com. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ 21,0 21,1 21,2 „Əcələ qaçan deputat və ya İsmət Qayıbovun sonuncu yemək sifarişi“. kulis.lent.az. kulis.lent.az. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ „Helikopter Terörü Soruşturması Kapandı“. www.zeynebiye.com. www.zeynebiye.com. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ „Qarakənd faciəsi ilə bağlı yeni iddia“. xitab.az. xitab.az. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
- ↑ „"Qarakənd faciəsi"ni də ədalət anı gözləyir!" - Sevinc Osmanqızı yazır“. koordinat.az. koordinat.az. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.