Foydalanuvchi:Panpanchik/Dadia oʻrmoni
Dadia oʻrmoni — Gretsiyaning shimoli-sharqidagi Evros mintaqaviy birligida joylashgan tabiiy oʻrmonlarning katta maydonidir. Oʻrmon asosan eman va qaragʻaydan iborat. Oʻrmon Yevropadagi yirtqich qushlar uchun eng muhim hududlardan biri boʻlib, Yevropada keng tarqalgan oʻlaksaxoʻrlarning toʻrtta turini koʻrish mumkin boʻlgan yagona oʻrmon hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 7,290 gektar (18,000 akr) ni tashkil etadi. Oʻrmon toʻliq boshqariladigan, qoʻriqlanadigan hudud boʻlib, har yili taxminan 35 000 kishi tashrif buyuradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yilgi oʻrmon yongʻinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil avgust oyidagi yirik oʻrmon yongʻinlari Alexandroupolis yaqinida, asosan, Dadia oʻrmonida 73 000 gektar (730 kvadrat kilometr) maydonida yuzaga kelgan. Mazkur yongʻin 18 kishining hayotiga zomin boʻlgan. Ushbu yongʻin 17 kun davom etgan va Yevropa Ittifoqi rasmiylari tomonidan 2023-yilgacha „Yevropa Ittifoqida qayd etilgan eng katta yongʻin“ deya baholangan[1][2]. Yongʻin natijasida Dadia oʻrmonining 50% dan sal koʻprogʻi yonib bitgan, taxminlarga koʻra, yonib ketgan hududlar tiklanish belgilarini namoyon etishi uchun 10 yil va asl holatiga qaytish uchun 80 yil kerak boʻladi[3].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrmon Gretsiyaning shimoli-sharqida, Alexandroupolisning shimoli-sharqida, Turkiya bilan chegaraga yaqin hududda joylashgan boʻlib, u yerda Rodop togʻlarining sharqiy qismida asosan aholi yashamaydi va anropogen omili taʼsir etmagan. Hududdagi daraxt bilan qoplangan tepaliklardan biri Evros tepaliklari boʻlib, taxminan 800 metr (2,600 ft) uzunlikka ega. Ammo mazkur tepaliklarda baland choʻqqilar qayd etilmagan[4]. Qoʻriqlanadigan hudud 7,290 gektar (18,000 akr) maydonni egallaydi va taxminan 28,000 gektar (69,000 akr) lik maydon himoya zonasi bilan oʻralgan. Uning yer ostida joylashgan jinslarga magmatik, baʼzi ishqoriy, va kislotali elementlar kiradi. Hududning koʻp qismi oʻrmonlardan iborat, ammo butazorlar, oʻtloqlar va ekin maydonlari ham mavjud. Daraxtzorlar asosan eman va qaragʻaylardan iborat[5].
Flora
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dadia oʻrmonidagi dominant daraxtlar turk qaragʻayi, qora qaragʻay va uch turdagi eman hisoblanadi. Bular orasida cornus mas, tutunli buta, carpinus orientalis, ostrya carpinifolia, torminalis va terebentin kabilar ham keng tarqalgan. Oʻt oʻsimliklari, giyohlar va piyozli oʻsimliklar orasida paeoniyalar, turli xil orxideyalar, mitti iris, Iris reichenbachii, Fritillaria pontica, yovvoyi lolalar, Crocus pulchellus va Colchicum kabilarni uchratish mumkin[5].
Fauna
[tahrir | manbasini tahrirlash]Himoyalangan hududda sutemizuvchilarning 36 ga yaqin turi, sudralib yuruvchilar va amfibiyalarning 40 turi qayd etilgan. Ammo oʻrmon asosan qushlar qoʻriqxonasi sifatida tanilgan. Yevropa yirtqich qushlarining 38 ta kunduzi faol boʻladigan turlaridan 36 tasi, shuningdek, 6 ta tungi turlari (boyqushlar) mavjud[5]. Bu yerda toʻrtta mahalliy yevropa kalxat turlari, tasqara, boltayurat, Misr qumoyi va oq boshli qumoy[6] singari oʻlaksaxoʻr qushlar topilgan. Dadia bunday qushlar toʻplanadigan Yevropadagi yagona oʻrmondir[5]. Hududda burgutlar ham koʻp, qoʻriqlanadigan hududda bir necha juft burgut uyasi topilgan. Kichikroq yirtqich hayvonlarga lanner lochini, levant chumchugʻi va shoxli boyoʻgʻli kiradi. Bu yerda oq va qora laylaklar ham juda koʻp. Kichikroq qushlar orasida Ficedula semitorquata, coraciidae, Lanius nubicus va sharqiy Bonelli laylaklari bor[5]. Hammasi boʻlib 219 turdagi qushlar qayd etilgan[7].
Tashrif buyuruvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrmon toʻliq boshqariladigan qoʻriqlanadigan hudud boʻlib, unga har yili 35 000 nafarga yaqin sayohatchilar tashrif buyurishadi. Sayyohlarning tashrifi Dadia qishlogʻi va kengroq hududdagi aholiga iqtisodiy foyda keltiradi[8]. Boshqa obyektlar orasida Ekoturizm markazi, axborot markazi, qahvaxona va restoranlar mavjud[7]. Oʻrmonda avtomobillar harakatiga ruxsat berilmaydi, lekin mikroavtobuslar ekoturlari tashkil etiladi va tashrif buyuruvchilar piyoda yoʻllarda ham yurishlari mumkin[9]. Dadia yaqinida yotoqxona va oʻrmon orqali oʻtuvchi turli yoʻllar bor. Turli yirtqich hayvonlarni boqishlari, hamda 600 m (2,000 ft) ga yaqin uzoqlikda joylashtirilgan hayvonlarning terisidan tayyorlangan tulumlarni tomosha qilishlari mumkin[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Firefighters in Greece struggle to control wildfires, including the EU's largest blaze“ (en). AP News (2023-yil 24-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ „Firefighters in Greece Are Struggling to Battle The E.U.'s Biggest Wildfire Ever Recorded“ (en). Time (2023-yil 24-avgust). 2023-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ Αργύρης. „Δάσος Δαδιάς: πως έσβησε η φωτιά και τι άφησε πίσω της“ (el). ECOPRESS (2023-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- ↑ Philip's. Atlas of the World. Reed International, 1994 — 44-bet. ISBN 0-540-05831-9.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Gibbons, Bob. Greece. Oxford University Press, 2003 — 112–115-bet. ISBN 978-0-19-850437-5. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "Gibbons2003" defined multiple times with different content - ↑ „All Europe's vultures under sudden new threat“. Rewilding Europe (2014-yil 6-mart). Qaraldi: 2019-yil 5-iyun.
- ↑ 7,0 7,1 „Dadia Forest“. Visit Greece. 2022-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "VisitGreece" defined multiple times with different content - ↑ „Έβρος“ (Greek). WWF. 2011-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-aprel.
- ↑ „Dadia Forest“. Greece travel secrets. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.