Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Hasanov Sarvar/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viruslarning ijtimoiy tarixi viruslar va virusli infeksiyalarning insoniyat tarixiga taʼsirini tavsiflaydi. Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar neolit davrida, taxminan 12 000 yil oldin — odamlar zichroq holatda kun kechiradigan qishloq xoʻjaligi jamoalari shakllana boshlagan davrda — paydo boʻla boshlagan. Bunday hayot tarzi viruslarning tez tarqalishiga va keyinchalik endemik koʻrinish olishiga imkon berdi. Oʻsimliklar va chorva hayvonlarining viruslari ham koʻpaydi. Odamlarning tirik qolish bilan bogʻliq mehnat faoliyati tufayli qishloq xoʻjaligi va dehqonchilikka qaram boʻlib qolishlari kartoshka potiviruslari va qoramol oʻlati kabi kasalliklarning halokatli oqibatlarga olib kelishiga sabab boʻldi. Chechak va qizamiq viruslari odamlarga yuqadigan eng qadimgi virus turlardir. Ular ming yillar oldin Yevropa va Shimoliy Afrikada boshqa jonivorlardan yuqtirish yoʻli bilan odamlarda paydo boʻlgan. Viruslar keyinchalik Ispaniya istilolari davrida yevropaliklar tomonidan Yangi Dunyoga olib kelingan, ammo mahalliy aholi tomonidan tabiiy qarshilik koʻrsatilmaganligi sababli millionlab odamlar epidemiyalar paytida nobud boʻlgan. (Davomi...)

Nomzodlar (0) | Arxiv | Oʻzgartirish

Yaxshi maqola

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalabod madrasasi Kalabod madrasasi — IX—XX asrlarda faoliyat yuritgan va hozirda saqlanib qolmagan Buxoro madrasasining asl nomi. Tarixiy manbalarda Arslonxon madrasasi, Xon madrasasi va Abdurahimxoja madrasasi deb ham yuritilgan. Hozirda unga nisbatan aksariyat hollarda Kalobod madrasasi, baʼzan Gulobod madrasasi nomlari qoʻllaniladi. Unda Imom al-Buxoriy va koʻpgina mashhur tarixiy shaxslar ilm oʻrganishgan. Oliy madrasa Buxoroga islom kirib kelib, mustahkam oʻrnashganidan soʻng 800—810-yillarda qurilgan boʻlib, keyingi davrlarda