Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Bahodor0303/MEYDZI ISLOHOTLARI

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meyzdi islohotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1871-yilda mamlakatning yagona davlatga birlashish jarayoni yakunlandi. Feodal yer mulklari tugatildi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy hukumatga  

bo‘ysunuvchi prefekturalar joriy qilindi, tabaqalar soni uchtagacha qisqartirildi: unvonli aslzodalar, zodagonlar va oddiy xalq. Aslida bu islohotlar namoyishkorona xarakterga ega bo‘lib, samu­ raylar o‘z imtiyozlarini mutlaqo yo‘qotmagan edilar.1872-yili umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi, bu esa  

samuraylarniig qurol taqib yurishga bo‘lgan monopoliyasiga rasman chek qo‘ydi. Dehqonlarga harbiy xizmat bilan bog‘lik bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatlar yuklandi. Ofitserlik lavozimlari avvalgidek samuraylarniig qo‘lida qoldi.Hukumat amalga oshirgan eng muhim o‘zgarish 1872-1873-yil- lardagi yer islohoti bo‘ldi. Kengayib borayotgan dehqonlar kurashi-dan xavotirga tushgan hukumat ularning rahbarlarini o‘z tomoniga og‘dirish va bu bilan o‘z ijtimoiy tayanchini mustahkamlab olishni istardi. Bundan tashqari, hukumat unga sodiq; bo‘lgan, syogunat dav­rida yerlarni noqonuniy egallab olgan yangi boylar: savdogarlar, sudxo‘rlar, ijaradorlar, amaldorlar va shu kabilar orasida ham  o‘z mavqeini oshirishi kerak edi. Ana shu maqsadda, qonun chiqarilayotgan paytda amalda yerga egalik qilayotgan barcha shaxslar o‘z yerlarining qonuniy egalari deb e’lon qilindi. Umuman olganda, bu ijobiy xarakat edi: yerga feodallarning yakka egaligi tugatildi va  Yaponiyada birinchi marta yerga egalik qilishning burjuacha prinsipi o‘rnatildi.Ammo bu islohotlar natijasida dehqonlarning asosiy qismi  amalda yerga ega bo‘lmadi. 1868 yilgi inqilobdan ancha ilgari dehqon jamoalar tomonidan ishlov beriladigan yerlarning kat­ta qismi turli xil garovga qo‘yish, sovg‘a qilish va boshqa shu kabi hujjatlar asosida sudxo‘rlar, savdogarlar va qishloq oqsoqollari qo‘llariga o‘tgandi. 1872-1873-yillardagi islohotlar bu turdagi barcha kelishuvlarni legallashtirdi va dehqonlarning yerlarini yangi mulkdorlar foydasiga ekspropriatsiya qilish jarayonining qonuniyligini tan oldi. 1872-yili yer oldi-sottisiga quyilgan taqiq rasman bekor qilindi. Tabiiyki, bunday islohot yer masalasini hal qila olmasdi. Faqat yirik feodal yer egaligi yo‘q qilindi, xolos. Davlat juda katta pulga (200 mln yendan ortiq) sobiq feodal knyazlardan yer mulklarini sotib oldi. O‘rta va kichik yer egalari feodal yer ega­ligi belgilarini sezilarli darajada saqlab qolgandi. Dehqonlar ijara to‘lovi sifatida hosilning yarmidan kam bo‘lmagan qismini ularga berardilar. Lekin islohot qishloqda kapitalistik muno­sabatlarning rivojlanishi va aholining tabaqalashuvi jarayonini tezlashtirdi. Yer islohoti misolida Yaponiyadagi burjua inqilobining tugallanmaganlik xarakteri yorqin namoyon bo'ldi. Shunga qaramasdan, 1868 yilgi burjua inqilobi Yaponiya tarixida eng muhim marra bo‘ldi. Kapitalizm rivojlanishi turli xil feo­dal qoldiqlar bilan kiyinlashgan bo‘lsada, inqilob uning keyingi  taraqqiyoti uchun rag‘batlantiruvchi omil buldi. Yagona davlat doirasida yapon burjua millati shakllandi.[1]

  1. Manba: 1. Shuhrat Ergashev ,,Jahon tarixi " Toshkent 2013-yil..