Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Asadbek Bekmirzayev1/Lola Cueto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lola Cueto
Tavalludi
Mariya Dolores Velaskes Rivas

2-mart 1897-yil
Azcapotzalco Mexika
Vafoti 24-yanvar 1978-yil(1978-01-24)
(80 yoshda)
Mexika
Taʼlimi San-Karlos akademiyasi
Bolalari Ana Mariya Cueto Velaskes, Mireya Cueto

Lola Cueto (ispancha: Lola Cueto, asl ismi Mariya Dolores Velaskes Rivas; 1897–1978) – meksikalik rassom, bosmachi, dizayner, qoʻgʻirchoqboz va oʻqituvchi.

Lola bolalar teatridagi faoliyati bilan tanilgan, u yerda spektakllar uchun qoʻgʻirchoqlar yaratgan. Rassomning ishi Meksika hunarmandchiligi va xalq sanʼati bilan ham bogʻliq bolgan. Lola Mexikoning qoʻlda ishlangan anʼanaviy oʻyinchoqlarini yaratgan.

Lola 1897-yil 2-martda Mexikoning Ana Mariya Rivas de Rikar oilasida tugʻilgan[1]. Keyinchalik u onasining uchinchi eri Xuan Velaskes sharafiga Velaskes familiyasini olgan

Qiz oʻn ikki yoshida San-Karlos akademiyasiga oʻqishga kirgan va oʻsha paytdagi taʼlim meʼyorlarini buzgan birinchi talaba qizlardan biri edi. Lola Cueto oʻsha vaqtlarda ayollar uchun ijtimoiy norma qoidalarini buzgan birinchi ayol boʻlgan. U akademiyaning anʼanaviy oʻqitish usullariga qarshi isyon koʻtargan. David Siqueiros va Andres C. Audiffred kabi talabalar guruhining bir qismi sifatida buzgʻinchilik qilganlar qatorida edi[2]. Lolaning oʻqishi Meksika yuz bergan inqilob tufayli toʻxtatildi; Keyinchalik u Escuela Nacional de Bellas Artesda, soʻngra Santa Anitadagi Escuela de Pintura al Aire Libreda, shuningdek, Escuela de Barbizon nomlari bilan ham tanilgan (Alfredo Ramos Martinez tomonidan yaratilgan) bilim yurtlarida oʻqishni davom ettirgan.

Mireya Cueto
Meksikaning Huamantla shahridagi Milliy qoʻgʻirchoqlar muzeyida namoyish etilgan Lola Cueto qoʻgʻirchogʻi (buqa).

Oʻqishni tamomlab, ishchilar uchun moʻljallangan kechki maktabda tasviriy sanʼat oʻqituvchisi sifatida oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan. 1919-yil 24-sentyabrda u avangard haykaltarosh German Kuetoga turmushga chiqgan va 1924-yilda ular Diego Rivera va Gvadalupe Marin bilan qoʻshni boʻlib, shaxsiy uyga koʻchib oʻtishgan. Eri bilan birgalikda ular badiiy va intellektual doiralarda, asosan Mexiko shahridan estridentistlar deb ataladigan davralarda ishtirok etishgan, ular orasida Ramon Alva de la Canal, Fermin Revueltas kabi shaxslarning roʻyxati boʻlgan. Ularning 1920-yil 5-mayda tugʻilgan qizi Ana Mariya Cueto Velaskes dunyoga kelgan, 1922-yil 3-fevralda esa Mireya Cueto ismli ikkinchi qizi dunyoga kelgan.

1927-1932-yillarda er-xotin Evropada yashagan. Ular dastlab Ispaniyaning Santander provinsiyasida qisqa vaqt istiqomat qilishgan, soʻngra Parijga koʻchib ketib shu yerga joylashishgan. Rassom Mariya Blanchard bilan doʻstlik badiiy jihatdan rivojlanishiga imkon bergan, aynan u Herman va Lolani Anjelina Belova bilan tanishtirgan. Bu yerda Lola Cueto dastlab qoʻlda ishlangan qoʻgʻirchoqlarning yaratilishi va dizayni bilan tanishdi. U Ispaniya, Frantsiya va Gollandiyada boʻlib oʻtgan gobelen koʻrgazmalarida ham qatnashgan. 1931-yilda Lola va German Herman Arzubide bilan uchrashib, birgalikda qoʻgʻirchoq dasturini yaratganlar.1932-yilda Mariya Blanchardning oʻlimidan soʻng, Cueto Velaskes juftligi Meksikaga qaytishga qaror qilishgan. 1923-yilning 29-iyulida uyga kelgan Lola Xalq taʼlimi vazirligining Texnika taʼlimi boʻlimida xotin-qizlar uchun moʻljallangan badiiy hunarmandchilik ustaxonasida oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlagan.

Inqilobiy yozuvchilar va rassomlar jamoasining bir qismi sifatida Angelina Belova, Teodoro Méndez, Enrike Asaad, Graciela Amador, Leopoldo Mendez, Roberto Lago va Abel Plenn kabi hunarmandlar bilan birgalikda Meksikada birinchi qoʻgʻirchoq teatrini yaratganlar[3]. 1933-yilda ular oʻzlarining birinchi qoʻgʻirchoq qahramonlariga ega boʻlishgan. 1934-yilda Lola Kueto Tasviriy sanʼat boʻlimidagi Teatro Eskolar teatrida animator lavozimida faoliyat koʻrsqtgan.

1936-yilda Lola Cueto, Fransiska Chaves, Roberto lago va Gilermo Lopes boshchiligidagi Nahual kompaniyasi vujudga kelgan, ular 1966-yilgacha Colorin guruhi bilan son-sanoqsiz qoʻgʻirchoq teatri spektakllarini sahnalashtirganlar. Oʻsha yili Cueto Colegio de La Paz Vizcaínas maktabida gobelen yasash oʻqituvchisi etib tayinlangan. 1939-1942-yillarda u Plastik sanʼat milliy maktabid gravyura va litografiya boʻyicha tahsil olgan. 1940-yil 19-iyulda Lola eri bilan ajrashgan va oʻsha yili Rosicrucian-AMORC ordeniga qoʻshilgan va u qolgan butun umrini shu yerda yashagan.

1944-yilda Lola Cueto Roberto Lago bilan birgalikda Amerikaning Asociación Puppeters Kooperativi taklifiga binoan Missuri shtati Sent-Luis shahrida amaliy chiqish oʻtkazgan va shu yerda dars bergan. 1950-yildan 1961-yilgacha u Mexiko kollejida (hozirgi Amerika universiteti) gravyuradan dars bergan. Uning shogirdlari orasida Ispaniyalik Arnold Belkin va Xose Luis Kuevaslar boʻlgan.

Lola Cueto 1978-yil 24-yanvar oyida Mexiko shahridagi oʻz uyida metabolik atsidoz va diabetes mellitus kasalligi natijasida vafot etgan. Cueto San Anxel shahridagi El Karmen tarixiy majmuasiga dafn etilgan.

Lola Cueto Meksikada Mariya Izquierdo, Olg Kosta va Xelen Eskobedo bilan bir qatorda, maydonda erkaklar ustunlik qilgan bir necha ayol rassomlardan biri bolgan.

Cueto bolalar qoʻgʻirchoq teatridagi faoliyati bilan mashhur boʻlib, u erda qoʻgʻirchoqlar va qogʻirchoq teatr toʻplamlarini yaratgan. U bolalar teatri uchun qoʻgʻirchoqlar yaratishda usta sanalgan.

Faoliyati davomida u haykallar, chizmalar, akvarellar, moyli va guashli rasmlar, gobelenlar, bosma naqshlar va akvatintalarni yaratgan. Uning dastlabki rasmlari asosan impressionistik manzaralardir. Keyinchalik asarlar Meksika hunarmandchiligi va xalq amaliy sanʼatiga, ham rasmda, ham qoʻl sanʼatiga qaratilgan. Uning mashhur ijodlari orasida gobelenlar va boshqa matolardagi ishlar mavjud. Ulardan baʼzilari Chartre va Burjdagi gotika soborlarining vitrajlaridan ilhomlangan, buning natijasida rassom diniy mavzularda bir nechta gobelenlarni yaratgan.

Uning hayoti davomida u oʻz ishining koʻplab koʻrgazmalarini oʻtkaza olmagan, bu tanqidchilar tomonidan qayd etilgan edi. Lola Cuetoning oʻlimidan koʻp oʻtmay, Meksika plastmassalari salonida uning asarlari koʻrgazmasi tashkil etildi. 30 yil oʻtgach, 2009-yilda uning ishining katta retrospektivi tashkil etilgan.

  1. Tesoros del Registro Civil Salón de la Plástica Mexicana. Mexico: Government of Mexico City and CONACULTA, 2012 — 62-bet. 
  2. Gómez Haro, Germaine. Lola Cueto en el Museo Mural Diego Rivera (I de II) (Spanish) // La Jornada Semanal. — Mexico City, 2009. — 2 avgust (Andoza:Бсокр). Архивировано 28 yanvar 2017 года.
  3. „De títeres y titiriteros − Así lo relató Arqueles Vela“. 2019-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.

[[Turkum:Pages with unreviewed translations]]