Foydalanuvchi:Ahatqulov Rustam
WebGL Mozillaʼda Vladimir Vukićević tomonidan boshlangan Canvas 3D tajribalaridan kelib chiqadi. Vukićević birinchi marta 2006-yilda Canvas 3D prototipini namoyish qilgan. 2007-yil oxiriga kelib, Mozilla va Opera ham oʻzlarining alohida dasturlarini yaratdilar.
2009-yil boshida Khronos Group notijorat texnologiya konsorsiumi Apple, Google, Mozilla, Opera va boshqalar ishtirokida WebGL ishchi guruhini boshladi. WebGL spetsifikatsiyasining 1.0 versiyasi 2011-yil mart oyida chiqarilgan. 2012-yil mart oyidan boshlab ishchi guruh rahbari Ken Rassell hisoblanadi.
WebGL ning dastlabki ilovalariga Zygote Body kiradi. 2012-yil noyabr oyida Autodesk oʻz ilovalarining koʻpchiligini mahalliy WebGL mijozlarida ishlaydigan tizimga oʻtkazganligini eʼlon qildi. Bu dasturlarga Fusion 360 va AutoCAD 360 kiradi. WebGL 2 spetsifikatsiyasini ishlab chiqish 2013-yilda boshlangan va 2017-yil yanvarida yakunlangan. Ushbu spetsifikatsiya OpenGL ES 3.0 ga asoslangan. Birinchi ilovalar Firefox 51, Chrome 56 va Opera 43 da mavjud edi.
WebGL zamonaviy brauzerlar tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanadi. Biroq, uning mavjudligi uni qoʻllab-quvvatlaydigan GPU kabi boshqa omillarga bogʻliq. Rasmiy WebGL veb-sayti oddiy test rejimini taqdim etadi. Batafsil maʼlumot (masalan, brauzer qaysi render qiluvchi dasturdan foydalanishi va qanday kengaytmalar mavjudligi) uchinchi tomon veb-saytlarida taqdim etiladi.