Konsorsium
Konsorsium — tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qoʻyish).
Konsorsium (lotincha consortium -shirkat, ishtirok etish) — kompaniyalar, banklarning kapitaltalab, juda keng koʻlamdagi iqtisodiy loyihani amalga oshirish yoki qarzlarni hamkorlikda joylashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi. K. aʼzolarining huquq va majburiyatlari K. toʻgʻrisidagi bitimda belgilab qoʻyiladi. Qoʻyilgan vazifani bajarish uchun K. ishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliya va moddiy fondlar barpo etadi, byudjet mablagʻlari va bankdan kredit oladi. K. oʻz buyurtmachilari oldida hamkorlikda javobgar hisoblanadilar. Vazifa bajarilgach, K. tarqaydi. Dastlab K. bank sohasida maydonga kelgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakatda chet el firmalari va banklari bilan hamkorlikda K.lar vujudga keladi. [1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |