Fohishalik
Fohishalik - pul yoki boshqa foyda evaziga jinsiy aloqa qilish[1][2] Fohishalik asosan ayollar orasida uchraydi. Shunday boʻlsada, erkaklar va bolalar orasida ham uchrab turadi.[3]
Fohishalik antik jamiyatda paydo boʻlgan. Ayniqsa Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim va Xitoyda keng tarqalgan boʻlgan. Fohishalik koʻpicha „dunyodagi eng qadimiy kasb“ deb ataladi[4].
Fohishalik hozirda baʼzi mamlakatlarda taqiqlangan yoki cheklab qoʻyilgan, bir necha mamlakatlarda ruxsat etilgan. Jinoyat qonunchiligida zoʻrlab yoki zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki aldash yoʻli bilan fohishalikka jalb qilganligi uchun javobgarlik belgilanadi. Dunyo boʻylab fohishalikdan tushgan daromad 100 milliard AQSH dollaridan koʻp deb taxmin qilinadi[5].
Oʻzbekistonda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasiga koʻra, fohishaxona tashkil etish yoki saqlash, shuningdek, gʻarazli yoki boshqa tuban niyatlarda qoʻshmachilik qilishga nisbatan jinoiy jazo qoʻllanadi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Prostitution – Definition and More from the Free Merriam-Webster Dictionary“. Merriam-Webster. Qaraldi: 19-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Prostitution Law & Legal Definition“. US Legal. Qaraldi: 19-mart 2013-yil.
- ↑ Shedlin, Michele (2010). "Prostitution". World Book Encyclopedia. Chicago: World Book Encyclopedia.
- ↑ Flowers, Ronald B.. The prostitution of women and girls, 1988 — 5-bet.
- ↑ „Prostitution Market Value“. Qaraldi: 22-may 2010-yil.
- ↑ "Fohishalik". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Fohishalik haqida turkum mavjud |
- Umuman fohishalik haqida
- Dunyodagi fohishalik haqida maʼlumotlar bazasi (Wayback Machine saytida 2014-06-03 sanasida arxivlangan) (ingl.)
- Fohishalik resurslari (Wayback Machine saytida 2009-03-06 sanasida arxivlangan) (ingl.)
- Oʻzbekistonlik fohishalar haqida
- Oʻzbekistonlik ayollar Tojikistondan badargʻa qilindi, Ozodlik radiosi (30.05.2011)
- Dubayda oʻzbek odamfurushi va uning qurboni qamaldi, Ozodlik radiosi (25.06.2012)
- Gruzin qishlogʻi oʻzbek fohishalaridan bezor boʻlgan, Ozodlik radiosi (27.06.2012)
- Taylandda oʻzbek ayollarini sotgan oʻzbeklar ushlandi, Ozodlik radiosi (20.08.2012)
- Bokuda fohishalikda gumonlangan oʻzbekistonlik 30 ayol ushlandi, Ozodlik radiosi (16.05.2013)
- Rossiyada oʻzbekistonlik fohishalar koʻpaymoqda, Ozodlik radiosi (28.12.2013)
- Istanbulda oʻzbek ayoli tashkil qilgan yirik fohishabozlik tarmogʻi fosh qilindi, Ozodlik radiosi (13.01.2014)
- Fohishalikka majburlangan oʻzbekistonlik ayollar Pokistondan deportatsiya qilinadi, Ozodlik radiosi (14.05.2014)
- Qozogʻistonda uch oʻzbekistonlik jinsiy qullikdan ozod etildi, Ozodlik radiosi (22.05.2014)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |