Fleksiya
Fleksiya (lotincha: flexio — egilish, bukilish; bukik) — soʻz oʻzgarishlarida namoyon boʻladigan grammatik kategoriyalar majmui koʻrsatkichi; shunday koʻrsatkichlardan foydalanadigan soʻz oʻzgarishi tizimining oʻzi. Fleksiyada qoʻshimchalar qoʻshilishi yoki oʻzakdagi baʼzi tovushlarning oʻrin almashinishi natijasida soʻzlar dastlabki shaklini yoʻqotadi yoki oʻzgartiradi. Ichki va tashqi fleksiya farqlanadi. Ichki fleksiya soʻz oʻzgartirishning shunday usuliki, unda soʻz shakllari asos tarkibidagi tovushlarning oʻzgarishi orqali hosil qilinadi. Masalan, arab tilidagi "kataba" (u yezdi) soʻz shakli ktb oʻzagiga hamda grammatik maʼno ifodalovchi aaa unlilariga (harf sifatida emas, diakritik belgi bilan koʻrsatiladigan qisqa unlilarga) ajratiladi [qiyoslang: "kutiba" — yozilgan (uia) "maktaba" — kutubxona, kitob doʻkoni (yana aaa)]. Koʻrinadiki, ichki Fleksiya nafaqat grammatik shakllarning hosil boʻlishiga, hatto soʻz yasalishiga xizmat qiladi. Tashqi fleksiya sintetik affikslardan foydalanuvchi soʻz oʻzgarishi (masalan, rus tilidagi поле - pole, polya, poley va shahrik. (qarang Sintetik tillar). Morfologiyasida asosan аleksiyadan foydalanuvchi tillar flektiv tillar deb ataladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |