Kontent qismiga oʻtish

Fil toshbaqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fil toshbaqa
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Turkum: Toshbaqalar
Oila: Quruqlik toshbaqalari
Tur: C. niger
Binar nomi
Chelonoidis niger

Fil toshbaqa (lotincha: Geochelone elephantopus) – quruqlikda yashovchi toshbaqalarning bir turi. 10 kenja turi maʼlum. Kosasining uzunligi 150 sm, boʻyi 60 sm. Voyaga yetganlarining ogʻirligi 100 (baʼzilari 400) kg. Erkagi urgʻochisiga nisbatan yirik bo'ladi. Fil toshbaqa Galapagos orollarida tarqalgan. Oʻsimliklar bilan oziqlanadi. 12–14 oygacha suvsiz va oziqsiz yashay oladi. Urgʻochisi noyabr–aprelda yerni oʻyib (40 sm chuqurlikda), 2–22 ta sharsimon oq tuxumini koʻmib qoʻyadi. Tuxumdan bolasi (70 g) 6–7 oyda chikadi. Mazali goʻshti, yogʻi va hayvonot bogʻlari uchun koʻplab ovlanganidan soni kamayib ketgan.