Kontent qismiga oʻtish

Fidiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fidiy (Pheidias, miloddan avvalgi 5-asr) — yunon meʼmori va haykaltaroshi; qad. yunon sanʼatining yirik namoyandasi. Afina, Olimpiya va boshqalarda ishlagan. Afinadagi Akropol kurilishiga boshchilik qilgan. F.ning haykaltaroshlik asarlaridan antik mualliflar asarlarida tilga olingan va kuchirilgan nusxalaridan maʼlum va mashhurlari: Afina Promatos (jez; taxminan miloddan avvalgi 460); oltin va fil suyagidan ishlangan Zevs (Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasida; yetti muʼjizattg biri deb eʼtirof etilgan) hamda Afina Parfenos (Afinadagi Parfenon ibodatxonasida) va boshqa haykallar.

F. ijodi haqida uning rahbarligida va bevosita ishtirokida ishlangan Afinadagi Parfenon haykallari (marmar, miloddan avvalgi 438—432; Britaniya muzeyi, London; Luvr, Parij; Akropol muzeyi, Afina) chuqur insoniylik bilan yoʻgʻrilgan hamda sanʼatlar sintezining yuksak namunasidir.