Ferhan Şensoy
Ferhan Şensoy | |
---|---|
Tavalludi |
Osman Ferhan Şensoy 26-fevral 1951 |
Vafoti | 31-avgust 2021[1] |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | ssenariychi, aktyor |
Veb-sayti | ortaoyuncular.com |
Osman Ferhan Şensoy (26-fevral 1951-yil; chorshanba, Samsun – 2021-yil 31-avgust, Istanbul) turk teatr, kino va televideniye aktyori. U romanlar, esselar, kundaliklar, teleseriallar va film ssenariylari muallifi, shoir va „Oʻrtaoyuncular“ teatr guruhining asoschisi.
Uning Ferhangi Şeyler pyesasi 1987-yildan to umrining oxirigacha toʻxtovsiz namoyish etilgan eng mashhur pyesadir.
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Şensoy 1951-yil 26-fevralda Turkiya shimolidagi Samsun viloyatining Çarshamba tumanida tugʻilgan. Uning onasi Mujgan Şensoy boshlangʻich maktab oʻqituvchisi, otasi Yusuf Jemil Şensoy esa savdogar va oʻsha paytda Çarshamba shahar hokimi edi. Aktyor ilk taʼlimni 1957-yilda Samsun Gazi Usmon Pasha boshlangʻich maktabida egallagan va 1961-yilda oʻqishga kirgan Galatasaroy oʻrta maktabida bir muddat oʻqigan Şensoy, 1970-yilda Çarshamba oʻrta maktabini ham tamomlagan[2].
Şensoyning ilk hikoya va sheʼrlari 1969-yilda „Yeni ufuklar“ va „Soyut“ jurnallarida nashr etilgan, pyesalari esa 1970-yilda „Devekuşu kabare“da ijro etila boshlangan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1971-yilda „Grup Oyuncuları“ teatr guruhida oʻzining birinchi professional aktyorlik tajribasiga ega boʻldi. 1972-1975-yillarda Fransiya va Kanadada teatr boʻyicha taʼlim oldi. U Jerom Savari va Andre-Lui Perinetti qoʻl ostida ishlagan. Ferhan 1975-yilda Monrealda (Kanada) Ce Fou de Gogol pyesasi uchun „Eng yaxshi chet ellik dramaturg“ unvoni bilan taqdirlandi. U Monrealdagi Harem qui rit musiqiy filmida rejissyorlik qilgan va ishtirok etgan[3].
1975-yilda Shensoy Turkiyaga qaytib keldi va „Nisa Serezli-Tolga Aşkiner“ teatriga aktyor sifatida qoʻshildi. U 1976-yilda Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi va „Cabaret Theatre Devekuşu“ uchun bir nechta sketch komediyalarini yozgan. U „Stardust“ tungi klubida Adile Nashit, Perran Kutman, Pakize Suda, Sevda Karaja va Istanbul Gelişim orkestri musiqasi bilan oʻzining Dedikodu Şov („Gʻiybat shou“) kabaretini sahnalashtirgan. Xuddi shu tungi klubda u Arda Uskan tomonidan yozilgan va musiqasi Fuat Gyuner tomonidan bastalangan Kukla ve Kuklacı (Qoʻgʻirchoq va qoʻgʻirchoq yasovchi) kabaretida ham ishtirok etgan[3].
1978-yilda uning birinchi romani Kazancı Yokuşu nashr etildi. U Kızını Dövmeyen Dizini Döver (Qizini urmagan tizzasini uradi) filmi uchun oʻzining birinchi ssenariysini yozgan. Xuddi shu yili u Mete İnselel bilan birga „Anyamanya“ teatrini tashkil qildi. Ferhan oʻzining Idi Amin Avantadan Lavanta spektakliga rejissyorlik qilgan va rol ijro etgan[3].
Teatrdagi yongʻin
[tahrir | manbasini tahrirlash]1987-yil 9-fevralda Ferhan Şensoy Muzır Müzikal musiqiy spektaklini sahnalashtirgan teatr binosi „rasmiy maʼlumotlarga koʻra“ qisqa tutashuvdagi nosozlik tufayli butunlay yonib ketdi[4]. Spektaklda Turkiyadagi fundamentalist segmentga nisbatan istehzoli tanqidlar oʻrin olgan edi[5].
Istanbul viloyati Shishli tumani Elmadagʻ hududigagi Surp Agop Arman kasalxonasi yonidagi bu inshoot 1950-yilning oʻrtalarida kino prodyuseri Turgut Demirağ (1921–1987) tashabbusi bilan qurilgan va kasalxona jamgʻarmasiga tegishli boʻlgan. „Theatre Şan“ deb nomlangan uning katta foyesi, ajoyib akustik zali va 22 m × 16 m (72 ft × 52 ft) oʻlchamdagi katta sahnasi boʻlgan. Bu joy oʻtmishda kino teatri va konsertlar uchun musiqa zali sifatida ishlatilgan[4].
Şensoy 2001-yildagi televizion koʻrsatuvlarning birida yongʻin uni himoya qilish uchun tayinlangan diniy aqidaparast politsiya xodimlari tomonidan qoʻyilganligini daʼvo qilgan[5].
Komediya ustasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmonlilar davrining soʻnggi yillarida turk teatrida komediya sanʼatining mohir aktyori Kel Hasan afandi (1874-1925 yoki 1929-yillar) „Taqir Hasan“ laqabini olgan va sahnada bosh kiyim – salla (turkcha: kavuk) kiygan edi. U 1800-yillarning oxiridagi davrada (turkcha: orta oyunu) „Kavuklu“ (salla kiygan) obrazini ijro etgan. U nafaqaga chiqqandan soʻng, anʼanaviy improvizatsiya teatri (turkcha: tuluat) va davrada teatr mahoratining ramzi sifatida „kavuk“ni İsmail Hakkı Dümbüllüga (1897-1973) topshirdi. „Kavuk“ 1968-yilda Turkiya kino sanʼatining komediya ustasi Munir Oʻzkulga (1925-2018) topshirilgan. Ferhan Şensoy 1989-yilda „kavuk“ni qabul qilib oldi va 2016-yilning martigacha, 27 yil davomida kiyib yurib, uni Rasim Öztekinga (1959–2021) topshirdi[6].
Münir Özkul taʼbiri bilan aytganda, „kavuk“ 600 yillik madaniyat ramzi, „tuluat“ (improvizatsiya) deb nomlangan ijro sanʼatidir[6].
Sogʻligʻidagi muammolar va oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 2-iyul kuni Ferhan Şensoy ichki qon ketishi tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Bir muddat oldin u sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli angioplastika operatsiyasi oʻtkazgan edi. Operatsiyadan keyin yuzaga kelgan asorat tufayli u kasalxonaga yotqizilgan. U yerda davolangach, ehtiyot maqsadida xususiy shifoxonaga oʻtkazilgan[7].
Şensoy 2021-yil 31-avgust kuni Istanbul universiteti Tibbiyot fakulteti kasalxonasida vafot etdi. 2-sentyabr kuni Beyoğlu shahridagi Galatasaroy litseyida oʻtkazilgan xotira marosimlari va Theater Sess hamda Teshvikiye masjididagi diniy marosimdan soʻng, Zincirlikuyu qabristoniga dafn etildi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Yaşamı boyunca hiç durmayan kavuklu tiyatrocu: Ferhan Şensoy“. Anadolu Ajansı (31 ağustos 2021). 31 ağustos 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 eylül 2021.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Ferhan Şensoy kimdir, kaç yaşında? Ferhan Şensoy neden öldü, hastalığı neydi?Ferhan Şensoy eşi ve öocuklarıQ,!“ (tr) (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „'Şan' küllerinden doğacak“ (tr) (2002-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Şan Tiyatrosu'nu polis yaktı“ (tr) (2001-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Ferhan Şensoy ve güldürü geleneğinin simgesi Kavuk'un hikayesi“ (tr) (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Ferhan Şensoy neden öldü? Ferhan Şensoy'un hastalığı neydi?“ (tr) (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
- ↑ Öztürk, Fahrettin.. „Ferhan Şensoy gözyaşlarıyla uğurlandı“ (tr) (2021-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ferhan Şensoy IMDbda
- Ortaoyuncular, official site of Ferhan Şensoy's theater ensemble Ortaoyuncular
- Theatre National De Strasbourg