Kontent qismiga oʻtish

Fazliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fazliy Namangoniy (taxallusi; asl ismi Abdulkarim, XVII asr 2-yarmi — XIX asr 1-yarmi, Namangan) — shoir, adabiyotshunos.

19-asr boshlarida Turaqurgʻon va Namanganda turli mansablarda ishlagan. Umarxon hukmronligi yillari (18101822-yil) Qoʻqonga kelgan. Sheʼriy isteʼdodi tufayli xonning marhamatiga sazovor boʻlib, tez orada saroy shoirlarining boshligʻi — "malik ushshuaro" nomini olgan. Umarxonning hayoti, faoliyati, harbiy yurishlari, hukmronligi davridagi voqealarni "Umarnoma" dostonida tasvirlagan. Xon topshirigʻiga koʻra, Fazliy "Majmuai shoiron" ("Shoirlar majmuasi", 1821) tazkirasini tuzgan. Oʻzbek adabiyotshunosligi tarixida ilk marta sheʼriy yoʻl bilan yaratilgan mazkur tazkirada 19-asr boshlari Qoʻqon adabiy muhitining 100 dan ortiq vakillari haqidagi qimmatli maʼlumotlar va asarlaridan namunalar mavjud. Shu jumladan, unda Fazliyning kasida va gʻazallari, shoira Mahzuna bilan mushoirasi ham bor. F.ning "Devon" tuzgani maʼlum, ammo u topilmagan. Uning oʻzbek va tojik tillarida yozilgan gazal, masnaviy, muxammas, ruboiy va tuyuqlari turli majmua va bayozlarda uchraydi.

Fazliyning "Majmuai shoiron" tazkirasi 19-asr va 20-asr boshlarida qoʻlyozma va toshbosma nusxalarda keng tarkalgan, asar adabiyot axli orasida katta shuhrat topgan. Uning mukammal qoʻlyozma nusxalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida saqlanadi (inv. № 7510, 9914 va boshqalar). Fazliy Umarxon vafotidan soʻng (1822), Namanganga ketgan va oʻsha yerda vafot etgan.U o'zbek adabiyoti tarixida ilk mutassa' janrini yaratgan shoir hisoblanadi.

  • Oʻzbek adabiyoti [4 j.li], 3j. T., 1959.

Ad..Qayumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961; Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy, T.. 1998; Vohidov Sh., Qoʻqon tarixchilari Fazliy va Mushrif, T., 1996; Toshboltayeva T., "Majmuai shoiron" va uning muallifi, T., 2002.

Rustamjon Tojiboyev.