Fattoh Vasigov
Fattoh Vasigov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni .
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasigov 1912-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. U 1945-yildan Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi (SIKP) a’zosi.
Fattoh Vasigov Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi. U 1943-yildan — iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat olib boradi. Shuningdek, u 1943—1970-yillarda — Xorazm viloyati Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri, mas’ul kotibi, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi mas’ul tashkilotchisi, O‘zbekiston Kompartiyasi To‘rtko‘l shahar qo‘mitasi birinchi kotibi, O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston viloyat qo‘mitasi kotibi, O‘zbekiston Kompartiyasi Amudaryo tuman qo‘mitasi birinchi kotibi, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi sektor mudiri sifatida faoliyat olib boradi.
U SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi farmoni bilan Sosialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va “O‘roq va Bolg‘a” oltin medali bilan taqdirlanadi.
Fattoh Vasigov 2002-yilda Toshkentda vafot etadi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zSE – T. 2. – S. 121.
- pamyat-naroda.ru