Fasli taqvimi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Fasli taqvimi yoki Fasli davri (Fasli; urdu: فصلی; arabcha: فصلى) butun Janubiy Osiyoda qoʻllangan hosil mavsumiga asoslangan kalendar tizimi boʻlib, bugungi kunda, asosan, Dekanda qoʻllanadi[1]. Fasli taqvimi Haydarobod Dekanining rasmiy taqvimi hisoblangan.
Dekan Fasli taqvimi oktyabr oyida boshlanadi.
Fasli yili iyul oyidan iyungacha boʻlgan 12 oylik davrni oʻz ichiga oladi. Fasli yiliga 590-yil qoʻshilishi orqali Grigoriy taqvimini hisoblash mumkin, yaʼni 1410-fasli yili Grigoriy taqvimiga koʻra 2000-yilning iyul oyidan 2001-yil iyun oyigacha boʻlgan davr hisoblanadi[2].
Shakllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu taqvim islomi taqvim boʻyicha hijriy 963-yilda tuzilgan. Oʻsha yildan boshlab Fasli taqvimi quyosh yili taqvimiga aylangan. Kunlar va oylarning nomi hamda soni Islom taqvimi bilan bir xil hisoblanadi. Yilning birinchi kuni esa 7 yoki 8-iyunga toʻgʻri keladi[3].
Fasli taqvimidan Akbar Jaloliddin Muhammad hukmronligidan boshlab amalda qoʻllanila boshlangan. Fasli davrining boshlanishi quyidagi kalendarlarga toʻgʻri keladi[1]:
- Hijriy 963-yil (islomiy taqvim)
- Milodiy 1556-yil (Yulian taqvimi)
- 1612 SE (Hindu Samavat taqvimi)
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fasli taqvimi Boburiylar davlati hukmdori Akbar Jaloliddin Muhammad tomonidan birinchi navbatda Hindistonning shimoliy qismida yer daromadlarini yigʻish va ularni hisobga olish uchun kiritilgan xronologik tizim hisoblanadi[1].
Dekanga qoʻllanila boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akbar Jaloliddin Muhammadning nabirasi Shoh Jahon 1630-yilda Dekan Subaga (Haydarobod sultonligi, Janubiy Hindiston) Fasli taqvimini kiritgan[4]. Ushbu taqvim Haydarobod sultonligida Asaf Jahi sulolasi hukmdorlarining rasmiy taqvimi sifatida to Hindiston Ittifoqining Haydarobod sultonligi tarkibiga Nizom, Mir Usmon Ali Xonlar qoʻshilgunga qadar foydalanilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Faṣlī era“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2011-yil 21-avgust.
- ↑ „LAND REVENUE“. 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-avgust.
- ↑ L.D.S. Pillai. Panchang and Horoscope: Or the Indian Calendar and Indian Astrology. Asian Educational Services, 1996 — 11-bet. ISBN 81-206-0258-7. Qaraldi: 2011-yil 22-avgust.
- ↑ Kavasji Sorabji Patel. Cowasjee Patell's Chronology. Trubner, 1866 — 52-bet.