Kontent qismiga oʻtish

Farhod gidrouzeli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farhod gidrouzeli - Sirdaryo oʻzaniga qurilgan (1943—1948) gidrotexnika inshooti. Bekobod shahri yaqinida. Farhod gidrouzeli tarkibiga toʻgʻon, suv ombori, Farhod ESi kiradi. Toʻgʻon betonli oqova toʻgʻon va tuproqli toʻgʻondan iborat. Betonli oqova toʻgonning uzunligi 120 m, balandligi 28,5 m. Unga har birining eni 10 m boʻlgan 8 ta darvoza oʻrnatilgan. Maksimal suv sarfi 4430 m’/sek. Oʻng qismiga Dalvarzin kanali rostlagichi qurilgan (suv sarfi 69 m’/sek). Tuproqli toʻgʻon uzunligi 28 m, yuqori qismi eni 16,5 m, ustiga avtomobil yoʻli, chap qismiga eni 10 m boʻlgan 7 darvozali derivatsiya kanali rostlagichi qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi 470 m³/sek. Toʻgʻon Sirdaryo suvi sathini 23,6 m ga koʻtaradi va Farhod suv omborini hosil qiladi. Suv ombori uzunligi 28 km, eni 250–3000 m, hajmi 330 mln m³, oʻrtacha chuqurligi 7,2 m, suv sathi yuzasi 46 km². 1943—1949 yillarda Farhod GES qurilgan. Farhod gidrouzeliddan Doʻstlik kanali va Janubiy Mirzachoʻl kanali boshlanadi.