Kontent qismiga oʻtish

Farer orollari Premier-ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davlat Farer orollari
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 1985-yil
Jamoalar soni 6
Ichki kuboklar Farer orollari Ayollar Kubogi
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi
Amaldagi chempion Klaksvíkar Ítróttarfelag (21-marta)
Eng koʻp marta chempion Klaksvíkar Ítróttarfelag (21 marta)
Joriy mavsum: 2022-yilgi mavsum Farer orollari Premier-ligasi

Farer orollari Premier-ligasi (shuningdek, homiylik sabab Betri Deildin kvinnur nomi bilan ham tanilgan[1]) Farer orollarining ayollar futboli ligasining eng yuqori darajasi hisoblanadi. Farer orollari Premier-ligasi 2018-yilgacha 1. deild kvinnur deb atalgan (oʻshanda Farer ayollar futbolidagi eng yuqori pogʻona birinchi marta homiy nomi bilan atalgan). Farer orollari Premier-ligasiga yangi homiylik nomi Betri Deildin kvinnur boʻldi va bu nom 2018-yildan 2022-yilgi mavsum oxirigacha besh yillik shartnoma asosida Farer orollari Premier-ligasining brend nomi boʻladi[2].

Farer orollari Premier-ligasi Farer orollari futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan va birinchi marta 1985-yilda oʻtkazilgan. Farer orollari Premier-ligasi gʻolib jamoalari UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oladi.

Farer orollari Premier-ligasi birinchi marta 1985-yilda oʻtkazilgan. Dastlabki yillarda va 1990-yillar davomida Farer orollari Premier-ligasida Torshavn shahri jamoalari ustunlik qilgan, HB jamoasi yetti marta va B36 jamoasi esa toʻrt marta gʻalaba qozongan.

KÍ jamoasining ustunlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

KÍ jamosi 2000-yildan buyon Farer orollari Premier-ligasida ustunlik qilib, ketma-ket oʻn yetti marta gʻalaba qozondi[3]. BU bilan jamoa ketma-ket chempion boʻlish boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi[4].

Ustunlik shu qadar katta ediki, 2005-yilda ketma-ket oltinchi mavsum ligada gʻalaba qozonganidan soʻng bergan intervyusida KÍ jamoasi yarim himoyachisi Malena Jozephsen shunday dedi: "Biz maydonga tushganimizda, oʻyinda gʻalaba qozonishimizni bilamiz, yagona savol bu: qanday hisob bilan yutamiz. Biz bu ligada oʻynab, yaxshilanmayapmi"[5].

Yangi chempion va homiylik shartnomasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ketma-ket toʻrt marta ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, EB/Streymur/Skala jamoasi 2017-yilda KÍ jamoasining 17 yillik gʻalabali seriyasini tugatdi[6] va bu bilan UEFA ayollar chempionlar ligasida Farer orollari vakili boʻlgan ikkinchi klubga aylandi[7].

2018-yilgi mavsum uchun Farer orollari Premier-ligasi oʻzining birinchi homiylik shartnomasini qoʻlga kiritdi. FSF (Farer orollari futbol assotsiatsiyasi) bosh qarorgohida Torshavnda joylashgan sugʻurta kompaniyasi Betri Farer orollarida erkaklar va ayollar ligalariga homiylik qilishini eʼlon qildi[8][9].

2020-yilda ligada oltita jamoa ishtirok etdi va jami 20 tur davomida oʻzaro toʻrt marta oʻynadi. Ikkinchi divizion mavjud, ammo ikki divizion oʻrtasida koʻtarilish va pastga tushish tizimi hozircha yoʻq[10].

Hozirgi jamoalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilda Farer orollari Premier-ligasida 2018-yildagi kabi oltita jamoa kurash olib boradi (oʻtgan mavsumdagi beshta jamoadan bir jamoa koʻproq), chunki Runavikning NSÍ klubining ayollar jamoasi Farer orollari Premier-ligasiga qoʻshildi[11].

Jamoa Joylashgan shahar Uy stadion
B36 Torshavn Torshavn Gundadalur
EB/Streymur/Skála Streymnes Við Margáir
Havnar Bóltfelag Torshavn Gundadalur
ÍF/Víkingur/B68 Norðragøta Sarpugerði
Klaksvikar Ítróttarfelag Klaksvik Við Djupumirar
NSÍ Runavik Við Løkin

Mavsumlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FC Suðuroy vs. Skala jamoalari, 2012-yil may oyida.
FC Suðuroy vs. AB. jamoalari, 2012-yil aprel oyida
FC Suðuroy vs. HB jamoalari, 2012-yil aprel oyida.
Mavsum Chempion[12] Ikkinchi oʻrin Eng yaxshi toʻpurar (jamoasi)[13] Gollar soni
1985 B36 HB aniqlanmagan
1986 HB
1987 B36 (2) HB
1988 HB (2) B36
1989 HB (3) ÍF Hildur Rasmussen (B36) 16
1990 Skála HB Malan Klakkstein (KÍ) 19
1991 ÍF Kristina Eyðbjørnsdóttir (ÍF) 18
1992 Skála (2) Malan Klakkstein (KÍ) 18
1993 HB (4) VB Helga Ellingsgaard (HB) 11
1994 HB (5) B36 Helga Ellingsgaard (HB) 15
1995 HB (6) B36 Sigrun Mikkelsen (HB) 30
1996 B36 (3) Signhild Petersen (Skála)
Sigrun Mikkelsen (HB)
Sonja Steinhólm (LÍF)
11
1997 HB Rannvá Andreasen (KÍ) 28
1998 B36 (4) HB Rannvá Andreasen (KÍ) 20
1999 HB (7) Eyðfríð Kristiansen (HB)
Rakul Joensen (B36)
12
2000 (2) VB Halltóra Joensen (VB) 26
2001 (3) B36 Kristina Eyðbjørnsdóttir (HB) 17
2002 (4) B36 Rannvá Andreasen (KÍ) 36
2003 (5) B68 Rannvá Andreasen (KÍ) 46
2004 (6) B36 Rannvá Andreasen (KÍ) 30
2005 (7) B36 Malena Josephsen (KÍ) 27
2006 (8) Rannvá Andreasen (KÍ)
Hanna Højgaard (GÍ)
28
2007 (9) B36 Malena Josephsen (KÍ) 17
2008 (10) AB Rannvá Andreasen (KÍ) 27
2009 (11) AB Rannvá Andreasen (KÍ) 28
2010 (12) AB Rannvá Andreasen (KÍ) 27
2011 (13) AB Rannvá Andreasen (KÍ) 29
2012 (14) B36 Rannvá Andreasen (KÍ) 31
2013 (15) EB/Streymur/Skála Heidi Sevdal (HB) 29
2014 (16) EB/Streymur/Skála Rannvá Andreasen (KÍ)
Heidi Sevdal (HB)
29
2015 (17) EB/Streymur/Skála Heidi Sevdal (HB)
Maria Thomsen (KÍ)
22
2016 (18) EB/Streymur/Skála Milja Simonsen (HB) 25
2017 EB/Streymur/Skála Heidi Sevdal (EBS/Skála) 33
2018 EB/Streymur/Skála (2) HB Heidi Sevdal (HB) 23
2019 (19) HB Heidi Sevdal (HB) 25
2020 (20) NSÍ Evy á Lakjuni (KÍ) 17
2021 (21) NSÍ Heidi Sevdal (NSÍ) 33

Chempion jamoalar reytingi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Hoylashgan shahar Chempionlik Ikkinchi o‘rin
Klaksvik 21 4
HB Torshavn 7 7
B36 Torshavn 4 10
EB/Streymur/Skála Skala/Streymnes 2 4
Skala Skala 2 0
ÍF Fuglafjordur 1 1
AB Argir 0 4
Norðragøta 0 2
VB Vágur 0 2
NSÍ Runavik 0 2
B68 Toftir 0 1

Qalin yozilgan klublar hozirda ham da oʻynashmoqda.

Kursivdagi klublar boshqa klub bilan qoʻshib yuborilgan yoki ayollar futbolida hozirda mavjud emas.

  1. „Betri og FSF gjørt stuðulsavtalu“ (fo). FSF (2017-yil 15-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
  2. „Fremsta fótbóldsdeildin eitur nú Betri deildin hjá kvinnum og monnum“. Betri (2020-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
  3. „KÍ flúgvandi og 17. árið á rað føroyameistarar“ (fo). Norðoya Portalurin (2016-yil 11-oktyabr). 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
  4. „KÍ føroyameistari og evropeiskt met“ (fo). KVF (2013-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
  5. „Interview: Malena Josephsen (KI Klaksvik)“. Soccerway (2005-yil 24-sentyabr). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
  6. „EBS/Skála koppaði KÍ“. in.fo (2017-yil 7-oktyabr). 2017-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
  7. „Women's Champions League entries confirmed“. UEFA (2018-yil 8-iyun). Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
  8. „Betri og FSF gjørt stuðulsavtalu“ (fo). FSF (2017-yil 15-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.„Betri og FSF gjørt stuðulsavtalu“ (in Faroese). FSF. 15 December 2017. Archived from the original on 22 December 2017. Retrieved 20 December 2017.
  9. „Nova era: FSF assina com novo patrocinador e muda nome das ligas masculina e feminina“ (pt). Faroe Football (2017-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
  10. „Women's football in the Faroe Islands“. FSF. 2019-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
  11. Ósá. „NSÍ-kvinnur fingið tríggjar leikarar afturat“. bolt.fo (2019-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  12. „Kvinnur - FM og steypavinnarar“. Faroe Soccer.
  13. „Betri Deildin kvinnur (choose "Mál", which means goal, and the year)“ (fo). Faroe Soccer.