Faqirsiz qishloq turmas
Asl nomi | Не стоит село без праведника (Матрёнин двор) |
---|---|
Muallif(lar) | Aleksandr Soljenitsin |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | hikoya |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1963 |
„Faqirsiz qishloq turmas“ (ruscha: Не стоит село без праведника) — rus yozuvchisi Aleksandr Soljenitsin qalamiga mansub hikoya. Soljenitsinning eng mashhur hikoyasi.[1] Muallif hikoyani 1959-yil yozgan. Ilk bor 1963-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. „Faqirsiz qishloq turmas“ muallifning mazkur jurnalda chop etilgan ikkinchi hikoyasidir. Hikoya bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Jurnal muharrirlari talabiga binoan hikoya nomi „Matryona hovlisi“ (ruscha: Матрёнин двор) deb oʻzgartirilgan. Bundan tashqari, muallif hikoyadagi voqealarni 1956-yil sodir boʻlgan, deb koʻrsatishga majbur boʻlgan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asardagi hodisalarni sobiq Gulag mahbusi hamda matematika oʻqituvchisi Ignatich soʻzlab beradi. Ignatich Rossiyaning chekka viloyatlariga qaytishni istaydi. Kolxoz maktabiga ishga kiradi. Matryona unga oʻzining kichik va eski uyida yashashni taklif qiladi.
Ignatich va Matryona bir xonada yashaydilar. Matryona kolxozda arzimagan pul uchun yoki bepul ishlaydi. Qarindoshi yangi uy qura boshlaganda Matryona oʻz uyining bir burchagini material oʻlaroq berib yuborishga majbur boʻladi.
Bir guruh mast kolxozchi ruxsatsiz olingan traktor bilan yogʻochni tunda olib ketmoqchi boʻlishadi. Matryona ularga yordam bermoqchi boʻladi. Buning ketidan yuzagan kelgan tartibsizlik davomida Matryonani poyezd oʻldiradi. Matryona obrazi „yagona haqiqiy xristian hamda haqiqiy kommunist“ oʻlaroq, uning vafoti esa Rossiya chekkan azob-uqubatlar timsoli oʻlaroq tasvirlanadi.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ignatich – hikoyachi
- Matryona Vasilyevna Grigoryeva – bosh qahramon
- Yefim Mironovich Grigoryev – Matryonanin eri
- Faddey Mironovich Grigoryev – Yefimning akasi
- „Ikkinchi Matryona“ — Faddeyning ayoli
- Kira – „ikkinchi“ Matryona va Faddeyning qizi
- Kiraning eri, mashinist
- Faddeyning oʻgʻillari
- Masha – Matryonaning yaqin dugonasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Klimoff, Alexis; Ericson, Edward E., Jr (2008), The Soul and Barbed Wire: An Introduction to Solzhenitsyn, Lanham, MD: Intercollegiate Studies Institute, ISBN 1-933859-57-1.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]