Essential Grammar in Use
Muallif(lar) | Raymond Murphy |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 1990 |
Nashriyot | Kembrij universiteti nashriyoti |
Sahifalar soni | 300 |
„Essential Grammar in Use“, toʻliq nomi „Essential Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Learners of English“ (tarjimasi „Boshlangʻich amaliy grammatika: Ingliz tilini boshlangʻich darajada oʻzlashtirgan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma va mashq kitobi“) — Raymond Murphy qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1990-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. Bugunga qadar toʻrt nashri chiqqan, har bir nashr bir necha marta chop etilgan. Shuningdek, qoʻllanmaning Murphy bilan boshqa muallif hamkorlikda hozirlagan va muayyan mamlakatlar uchun moʻljallangan versiyalari ham mavjud.
„Essential Grammar in Use“ ingliz tilini oʻrganishda eng keng qoʻllanadigan asarlar qatoriga kiradi[1]. Qoʻllanmani muallif oʻzining ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirganlar uchun moʻljallangan „English Grammar in Use“ kitobi muvaffaqiyatidan keyin yozgan[2].
Nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Essential Grammar in Use“ kitobining ilk nashri 1990-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor hamda mashqlar javoblari yoʻq versiyalari mavjud. Mazkur nashrning toʻliq nomi – „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Students of English“.
Ikkinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Essential Grammar in Use“ kitobining ikkinchi nashri 1997-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor hamda mashqlar javoblari yoʻq versiyalari mavjud. Ikkinchi nashr uchun oʻzida qoʻshimcha mashqlarni jamlagan bonus CD-ROM ham tayyorlangan. Mazkur nashrning toʻliq nomi – „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Students of English“.
Uchinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Essential Grammar in Use“ kitobining uchinchi nashri 2007-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, mashqlar javoblari hamda CD-ROM diskli, bir foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat, 30 foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat hamda Klett versiyalari mavjud. Uchinchi nashr asarning ilk toʻliq rangli nashridir. Mazkur nashrning toʻliq nomi – „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Students of English“.
Toʻrtinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Essential Grammar in Use“ kitobining toʻrtinchi nashri 2015-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, mashqlar javoblari hamda interaktiv elektron kitobli, qoʻshimcha mashqlari bor hamda interaktiv elektron kitob versiyalari mavjud. Qoʻshimcha mashqlar App Store hamda Google Playda ham eʼlon qilingan. Mazkur nashrning ayrim versiyalari toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Learners of English“dir.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Learn English Grammar with “Essential Grammar in Use”“ (inglizcha). LearnEnglishFunWay. Qaraldi: 29-dekabr 2024-yil.
- ↑ „Essential Grammar in Use. Fourth Edition. The world's best-selling grammar series for learners of English“ (inglizcha). Kembrij universiteti nashriyoti. Qaraldi: 29-dekabr 2024-yil.
![]() |