English Phrasal Verbs in Use Advanced
Muallif(lar) |
Michael McCarthy Felicity O'Dell |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 2007 |
Nashriyot | Kembrij universiteti nashriyoti |
Sahifalar soni | 187 |
ISBN | ISBN 978-0-521-68418-7 |
„English Phrasal Verbs in Use Advanced“ (tarjimasi „Amaldagi inglizcha frazali feʼllar: Yetuk [darajadagi talablar uchun]“) — ingliz tilidagi frazali feʼllar boʻyicha Michael McCarthy hamda Felicity O'Dell yozgan qoʻllanma. Ilk bor 2007-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. 2017-yilda ayni nashriyotda asarning ikkinchi nashri bosilib chiqqan. Qoʻllanma ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirilgan, IELTS va TOEFL kabi standartlashtirilgan testlarga hozirlanayotganlar orasida keng qoʻllanadi[manba kerak]. „English Phrasal Verbs in Use Advanced“ qoʻllanmasiga qariyb bir ming frazali feʼl kiritilgan boʻlib, ular mavzu boʻyicha 60 boʻlimga boʻlingan[1].
„English Phrasal Verbs in Use Advanced“ asari McCarthy va O'Dellning 2004-yil chop etilgan, shunchaki „English Phrasal Verbs in Use“ deb nomlanuvchi asari formatida yozilgan. Keyinchalik mualliflar asarni kengaytirib, ingliz tilini turli darajada oʻzlashtirganlar foydalanuvchilar uchun alohida jildlar hozirlagan. Xususan, asarning ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun yozilgan versiyasi mavjud[2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Review: “English Phrasal Verbs In Use Advanced”“ (vyetnamcha). ENTA English (16-iyul 2021-yil). Qaraldi: 29-iyun 2024-yil.
- ↑ „English Phrasal Verbs in Use Second edition“ (inglizcha). Cambridge University Press. Qaraldi: 29-iyun 2024-yil.