Kontent qismiga oʻtish

Ese Kapi masjidi

Koordinatalari: 41°00′17″N 28°56′24″E / 41.004662°N 28.939911°E / 41.004662; 28.939911
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Ese Kapi masjidi
turkcha: Ese Kapı Mescidi
Ese Kapi masjidi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Istanbul
Koordinatalar 41°00′17″N 28°56′24″E / 41.004662°N 28.939911°E / 41.004662; 28.939911
Vizantiya Konstantinopol xaritasi. Ese Kapi Mescidi shaharning janubi-gʻarbiy qismida, Konstantin devorlari va Mesening janubiy tarmogʻi oʻrtasidagi burchakda joylashgan.

Ese Kapi masjidi (turkcha: Ese Kapı Mescidi), shuningdek, Iso Kapi masjidi deb ataladi, Turkiyaning Istanbul shahridagi Usmoniylar masjidi. Bino dastlab Vizantiya sharqiy pravoslav cherkovi boʻlgan[1].

Masjid Istanbulning Fotih tumanidagi Davutpaşa mahallasida[2], Vizantiya imperiyasiga tegishli boshqa bir bino Sancaktar Hayrettin masjididan taxminan 500 metr sharq-shimoli-sharqda joylashgan. Hozirda Cerrahpaşa universiteti kasalxonasi majmuasi ichida joylashgan.

Vizantiya davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu Vizantiya binosining qachon va kim tomonidan qurilganligi maʼlum emas. Bino Konstantinopolning yettinchi tepaligi janubiy yonbagʻridagi Dalmatou mahallasida, Marmar dengiziga qaragan holda joylashgan. Cherkov XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida Paleologlar davrida qurilgan deb taxmin qilinadi[3].

Usmoniylar va zamonaviy davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjidning 1877-yilda A. G. Paspatesning Vizantiya topografik tadqiqotlaridan olingan chizmasi

1453-yilda Konstantinopol Usmoniylar qoʻliga oʻtgach, 1509-yilda bino zilzila natijasida vayron boʻlgan[4]. 1551–1560-yillarda vazir Hadim Ibrohim posho (vafoti: 1562–1563) cherkovni kichik masjidga aylantirgan. Shu bilan birga saroy meʼmori Xoʻja Sinonga mavjud majmuani kengaytirishni buyurgan. Sinon qadimgi cherkovga ulab, madrasa va darsxona (boshlangʻich maktab) qurgan[5][6]. XVII asr davomida majmua bir necha marta zilzilalar natijasida vayron boʻlgan va 1648-yilda qayta tiklangan[7]. 1741-yilda Ahmad ogʻa majmua hududida kichik favvora qurilishiga homiylik qilgan[6][7]. 1894-yilda Istanbulda sodir boʻlgan zilzila binoni vayron qilgan, faqat ikkita devor zilzilaga bardosh bergan, shundan keyin bino tashlab qoʻyilgan[7]. Vayronalar hozirda Istanbul universitetining tibbiyot fakulteti joylashgan Cerrahpaşa kasalxonasi bogʻida joylashgan. Soʻnggi yillarda bino oʻrganilgan va asl shakliga koʻra rekonstruksiya qilingan[8]. Hozirgi kunda masjid yana qayta oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid toʻrtburchak rejaga ega, tomonlarining uzunligi boʻyiga 17,0 m, eniga 6,80 m[9][10].

Hovlining ikki tomonini madrasa egallagan boʻlib, madrasada talabalar uchun oʻn bitta xona ajratilgan[11][12]. Hovliga kirish qismi kichik sevil bilan bezatilgan[12].

  1. Müller-Wiener (1977), p. 118.
  2. „Archaeological Destructıon in Turkey, preliminary report“ (PDF), Marmara Region – Byzantine, TAY Project, 29-bet, qaraldi: April 13, 2012
  3. Müller-Wiener (1977), p. 118.
  4. Müller-Wiener (1977), p. 118.
  5. Necipoĝlu (2005), p.392
  6. 6,0 6,1 Eyice (1955), p.90
  7. 7,0 7,1 7,2 Müller-Wiener (1977), p. 119.
  8. „İsa Kapı Mosque“. The Byzantine Legacy. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
  9. Müller-Wiener (1977), p. 119.
  10. Mamboury (1953) p.302
  11. Müller-Wiener (1977), p. 118.
  12. 12,0 12,1 Eyice (1955), p.90
  • Mamboury, Ernest. The Tourists' Istanbul. Istanbul: Çituri Biraderler Basımevi, 1953

 

  • Janin, Raymond. La Géographie Ecclésiastique de l'Empire Byzantin. 1. Part: Le Siège de Constantinople et le Patriarcat Oecuménique. 3rd Vol. : Les Églises et les Monastères. (fr). Paris: Institut Français d'Etudes Byzantines, 1953

 

  • Eyice, Semavi. Istanbul. Petite Guide a travers les Monuments Byzantins et Turcs (fr). Istanbul: Istanbul Matbaası, 1955

 

  • Müller-Wiener, Wolfgang. Bildlexikon zur Topographie Istanbuls: Byzantion, Konstantinupolis, Istanbul bis zum Beginn d. 17 Jh (de). Tübingen: Wasmuth, 1977. ISBN 9783803010223

 

  • Necipoĝlu, Gulru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-244-7