Eron taʼlim tizimi
Eronda taʼlim markazlashtirilgan K-12 dasturi va oliy taʼlimga boʻlingan. Boshlangʻich va oʻrta taʼlim tizimi Taʼlim vazirligi, oliy taʼlim Fan, tadqiqot va texnologiyalar vazirligi, barcha tibbiyot sohalari esa sogʻliqni saqlash va tibbiyot taʼlim vazirligi tomonidan boshqariladi.2016-yil holatiga koʻra,30-60 yosh oraligʻidagi eron aholisining 86%savodli hisoblanadi[1]. Bu koʻrsatkich yosh avlodlar (15 yoshdan 24 yoshgacha) orasida esa gender tafovutlarisiz 97% gacha oshdi. 2007-yilning oxirida Eronda talabalar sonining ishchi kuchiga nisbati 10,2% ni tashkil etib, dunyodagi eng yuqori mutanosiblikga erishgan mamlakatlar qatoriga kirdi[2].
Boshlang'ich maktab (دبستان) 6 yoshdan boshlanuvchi 6 yil davomiylikga ega ilk taʼlim qadami. Kichik oʻrta maktab (دوره اول دبیرستان),7-sinfdan 9-sinfgacha boʻlgan dabirestânning 3 yillik taʼlim jarayonini oʻzida mujassamlashtirgan boshlangʻich oʻrta maktab. Katta oʻrta maktab(دوره دوم دبیرستان) ixtiyoriy soʻnggi uch yillik bitiruv yili sanalib, ushbu darajada oʻquvchi oʻz maqsad va qiziqishlariga binoan, aniq, gumanitar, texnologik yoki ijodiy yoʻnalishlarda taʼlim olishni davom ettirishi mumkin. Yuqoridagi har bir taʼlim dasturi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, tizim yakunida oʻquvchilar oʻrta maktab diplomini qoʻlga kiritadilar[3]. Oʻrta maʼlumot diplomiga ega boʻlish — nufuzli milliy universitetlar, yuqori taʼlim darajasiga ega oliygohlar, shuningdek,Eron universitetiga kirish imtihon(کنکور)larida ishtirok etish uchun birinchi darajali talab hisoblanadi. Bu fransuz bakalavr imtihoniga oʻxshash samarali, konkret tizim sifatida tatbiq etilgan.
„Inson huquqlarini barqarorlashtirish tashabbusi“ (IHBT)ning maʼlumotlariga binoan,[4] mamlakat tomonidan xususiy sof daromad darajasidan kelib chiqqan holda taʼlim olish huquqi uchun ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻning atiga 91,0% sarflanayotgani aniqlandi[5]. Agar mamlakat daromad darajasiga eʼtibor qilinsa, davlat hatto 130-180%gacha mablagʻ tikishga qurbi yetadi, biroq, vaholanki, boshlangʻich taʼlim uchun 99,2%,oʻrta taʼlim uchun esa atiga 82,9%lik „eʼtibor“ sarflanmoqda[5].
Eronda taʼlim tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimlar qadimgi Forsda (hozirgi Eron)dastlabki taʼlimga doir eramizdan avvalgi 550-yillardagi hujjatlarni topishganda bilim va taʼlim olish odamlarni Xudoni yaxshiroq tushunish va farovon hayot kechirish uchun undagan deb nazariya qiladilar[6]. Diniy maktablar hukumatga xizmat qilish uchun ayrim cheklangan hududlardagina tashkil etilgan. Asosiy taʼlim va koʻnikmalar diniy fanlarga qaratilgan boʻlsa-da, boshqaruv, siyosat, texnik mahorat, harbiy, sport va sanʼatga oid saboqlar ham bor edi. Birinchi oliy taʼlim tashkiloti Gundeshapur yoki Jondishapur (hali ham mavjud) sosoniylar davrida, taxminan 3-asrda tashkil topgan[6].
Safaviylar sulolasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu sulola Eronda zamonaviy taʼlimning birinchi namunasi boʻldi. Ushbu davrda islomiy qadriyatlar va ilm-fan yutuqlari yoʻlida oʻzgacha muhit yaraldi.
Muzaffariy davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1898-yilda tashkil etilgan Maorif qoʻmitasi davlat tomonidan moliyalashtirilmagan taʼlim islohotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkil etilgan birinchi uyushma boʻldi[7]. Qoʻmita tarkibiga xorijiy xizmat vakillari, ulamolar, boy savdogarlar, tabiblar va boshqa taniqli kishilar kirardi. Ishtirokchilarning oʻzaro ziddiyatli manfaatlari qonunni qabul qilish jarayonida qiyinchiliklarga olib kelganiga qaramasdan, koʻplab yangi boshlangʻich va oʻrta taʼlim maktablari ochilishiga muvaffaq boʻlindi. Shuningdek, qoʻmita jamoat kutubxonasini yaratdi, oliy taʼlim uchun darslikar taklif qildi, rasmiy gazeta nashr etdi va „Kitob bosma korxonasi“ nomli matbaa korxonasini tashkil qildi[7].
Savodxonlik korpusi (1969-1979)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Savodxonlik korpusi Muhammad Rizo Pahlaviy hukmronligi Oq inqilob davrida sodir boʻldi[8]. Aholining koʻp qismi savodsiz ekanligiga amin boʻlgan hukumat „Savodxonlik Korpusi“ milliy dasturini oʻzgartirishga urindi. Dastur o‘rta maʼlumotli yosh yigitlarni „Savodxonlik korpusi“ga ishga qabul qilish, aksariyati 2-sinf taʼlimini ham olmagan 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘qishga o‘rgatish kabi vazifalarni oʻz ichiga olgan edi. Dasturning oliy maqsadi Eronda savodxonlikni arzon va samarali usulda oshirish boʻlgan, shuningdek, hukumat bu ish mahoratini ham yuksaltiradi deb ishonch bildirgan."Savodxonlik korpusi"da 200 000 nafar yigit-qiz ishtirok etib,2,2 million tengdoshlari va 1 milliondan ortiq katta yoshlilarga saboq berishdi[8]. Koʻp hollarda, harbiy xizmatni tugatgan koʻngillilar keyinchalik ham oʻqituvchi sifatida ishlashni davom ettirdilar[8].
Islom inqilobidan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab,1979-yildan keyingi Islom inqilobi taʼlim sohasidagi islohotlarga katta eʼtibor qaratdi[6]. Siyosatchilar maktab tizimida islomiy qadriyatlar imkon qadar tezroq yoʻlga qoʻyilishini xohlashdi. Biroq,Eron-Iroq urushi va iqtisodiy nochorlik taʼlim rejalarini orqaga qaytishiga majbur qildi, chunki ayni vaziyatda mamlakat uchun harbiy va xavfsizlik masalalari ustuvor muammo edi[6]. Tarang vaziyatga qaramasdan davlat baʼzi muhim oʻzgarishlar qilishga kuch topdi. Masalan, birinchi navbatda darsliklarni islomlashtirish boshlandi. Soʻng, maktablar oʻquvchilarning jinsiga qarab ajratildi.ilm dargohlarida islom qonunlariga rioya qilish majburiy holga aylandi va diniy marosimlar davom ettirildi[6].
Zamonaviy taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eronda gʻarb uslubidagi birinchi davlat maktablari Hoji-Mirza Hasan Roshdieh tomonidan tashkil etilgan. Amir Kabir XIX asr oʻrtalarida birinchi zamonaviy Eron kolleji va ilk bor Pahlaviylar davrida tashkil etilgan Yevropa universitetlaridan namuna qilib olingan birinchi Eron universitetining yuksalishiga katta yordam berdi[9]. Eronda boshlangʻich maktabdan to universitetgacha boʻlgan barcha darajadagi bepul davlat maktablari va xususiy maktablar mavjud. Mamlakatda taʼlim juda markazlashgan. Taʼlim vazirligi taʼlimni rejalashtirish, moliyalashtirish, boshqarish, oʻquv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. O‘qituvchilarni tayyorlash, baholash va imtihon qilishni ham vazirlik oʻz zimmasiga oladi. Universitetda va bepul davlat maktablarida tahsil olayotgan har bir talaba va oʻquvchi, odatda oliygohda taʼlim olish yili bilan barobar boʻlgan bir necha yillik hukumatga xizmat qilish majburiyatini oladi yoki juda past narxda harbiy xizmat haqqini (odatda bir necha yuz dollar) toʻlaydi, biroq davlat har tomonlama mulohazaga kelib, miqdor uchun qurbi yetmagan tahsil oluvchi islom hukumatiga toʻlashga qodir emasligini isbotlasa, summadan butunlay ozod qilinadi.1970-yil boshlarida maktab oʻquv dasturlarini yangilash, zamonaviy darsliklarni joriy etish va samaraliroq oʻqituvchilarni tayyorlash orqali taʼlim tizimini takomillashtirishga harakat qilindi[10].
1979-yilgi inqilob mamlakatda taʼlimga boʻlgan eʼtiborni davom ettirdi, yangi hukumat bu jarayonda oʻzining muhim tamaltoshini qoʻydi. Asosiy, eʼtiborga molik oʻzgarish taʼlim tizimini islomlashtirish edi. Barcha oʻquvchilar jinsi boʻyicha sinflarga boʻlindi.1980-yil taʼlimda islom qadriyatlarini saqlab qolish va doimiy nazorat qilish uchun Madaniy inqilob qoʻmitasi tuzildi. Qoʻmitaning bir qismi hisoblangan „Darsliklar markazi“jamoasi(asosan ulamolardan iborat) 1983-yilga kelib islomiy qarashlarni aks ettiruvchi 3000 ta yangi kollej miqyosidagi darsliklarni nashr etdi. Islomga asoslangan oʻquv materiallari inqilobdan keyin 6 oy ichida boshlangʻich sinflariga tarqatildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Literacy rate, adult total (% of people ages 15 and above) - Iran, Islamic Rep. | Data“. data.worldbank.org. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
- ↑ „L'espace mondial“. 2011-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-aprel.
- ↑ „WEP-Iran“. Wes.org. 2012-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-fevral.
- ↑ „Human Rights Measurement Initiative – The first global initiative to track the human rights performance of countries“. humanrightsmeasurement.org. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
- ↑ 5,0 5,1 „Iran - HRMI Rights Tracker“ (en). rightstracker.org. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Farhady, Hossein; Sajadi Hezaveh, Fattaneh; Hedayati, Hora (March 2010). "Reflections on Foreign Language Education in Iran.". The Electronic Journal for English as a Second Language 13.Farhady, Hossein; Sajadi Hezaveh, Fattaneh; Hedayati, Hora (March 2010). „Reflections on Foreign Language Education in Iran“. The Electronic Journal for English as a Second Language. 13.
- ↑ 7,0 7,1 Vejdani, Farzin. Making History in Iran: Education, Nationalism, and Print Culture. Stanford: Stanford University Press, 2015.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Sabahi, Farian (2001). "The literacy corps in Pahlavi Iran (1963-1979) : political, social and literary implications". Cahiers d'Études sur la Méditerranée Orientale et le monde Turco-Iranien 31 (1): 191–220. doi:10.3406/cemot.2001.1578. http://journals.openedition.org/cemoti/712.
- ↑ Hassan Pour, Faramarz (5 June 2014). "Design of Higher Education Learning Spaces in Iran; From the Qajar Period to the Present Time". Snapshots International Symposium on Learning Spaces, the University of Melbourne. doi:10.13140/2.1.2169.5040.
- ↑ „Education - Iran - system“. Nationsencyclopedia.com (2007-yil 15-avgust). Qaraldi: 2012-yil 7-fevral.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- https://en.wikipedia.org/wiki/Mass_media_in_Iran
- https://en.wikipedia.org/wiki/Haji-Mirza_Hassan_Roshdieh
- https://en.wikipedia.org/wiki/National_Organization_for_Development_of_Exceptional_Talents
- https://en.wikipedia.org/wiki/Science_and_technology_in_Iran
- https://en.wikipedia.org/wiki/Social_class_in_Iran
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Passow, A. Garri va boshqalar. Milliy vaziyatni oʻrganish: yigirma bitta taʼlim tizimini empirik qiyosiy oʻrganish. (1976) onlayn
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eron Taʼlim vazirligining rasmiy sayti
- Sogʻliqni saqlash va tibbiy taʼlim vazirligi — Eron (Wayback Machine saytida 2017-12-04 sanasida arxivlangan)
- World Education Services — Eronning aʼzoligi
- Eronning statistik markazi
- OERP rasmiy sayti