Kontent qismiga oʻtish

Ernesto Bertarelli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ernesto Bertarelli
Ernesto Bertarelli
Tavalludi 22-sentyabr 1965-yil (1965-09-22) (59 yosh)
Fuqaroligi Shveysariya
Turmush oʻrtogʻi Kirsti Roper
Bolalari (3 nafar farzandi bor)

Ernesto Bertarelli (1965-yil 22-sentyabr, Rim, Italiya) – kelib chiqishi italiyalik Shveysariya tadbirkori, milliarder. „Forbes“ jurnalining 2013-yildagi dunyo boylari roʻyxatida 94-oʻrinni egallagan[1]. „Bloomberg“ bergan hisobotga koʻra, uning oilaviy boyligi 14 milliard dollardan oshadi[2].

1993-yilda Garvard biznes maktabini tamomlagan[1]. 1998-yilda u oʻz bobosidan meros qolgan „Serono“ farmasevtik kompaniyasi boshqaruvini qoʻlga olgach, ushbu kompaniya faoliyatini farmasevtikadan biotexnologiyaga yoʻnaltirdi. natijada, 1998-yilda korxona kirmi 809 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2006-yilga kelib u 2,8 milliard dollardan oshdi. Korxonaga bir qancha psixologik va jismoniy kasalliklarni bartaraf etuvchi vositalarni ishlab chiqarishi katta shuhrat keltirdi. Bertarelli ushbu korxonani Germaniyaning „Merck“ shirkatiga 13 milliard dollarga sotishi natijasida 2007-yilda[3] „Merck-Serono“ kompaniyasi tashkil topadi. 2002-2009-yillarda Bertarelli „UBS AG“ kompaniyasi ijrochi direktori boʻlgan[4]. 2013-yilda u Buyuk Britaniyaning Plimut Universiteti faxriy doktori boʻldi.

Xayriya faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bertarelli 1999-yilda ayollar va erkaklar bepushtligini davolash ishlariga, andrologiya, genetika va endokrinologiyani rivojlantirishga qaratilgan fond tashkil etgan. Undan tashqari, ushbu fond sport, taʼlim sohalariga ham homiylik qiladi[5].

2000-yilda Bertarelli Buyuk Britaniyalik aktrisa Kristi Roperga uylangan va uchta farzandi bor[6][7].

  1. 1,0 1,1 „Ernesto Bertarelli & family - Forbes“. forbes.com. Qaraldi: 24-yanvar 2013-yil.
  2. „The Worldʼs 200 Richest People - Bloomberg“. bloomberg.com. Qaraldi: 26-noyabr 2012-yil.
  3. http://portfolio.com/resources/executive-profiles/Ernesto-Bertarelli-80437
  4. UBS - Archive / Search, 2011-08-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-08-19
  5. NEWS EPFL :: Launching of EPFL Center for Neuroprostheses
  6. „Kirsty Roper“. London: Daily Mail (2008-yil 5-may).
  7. Longmore, Andrew. „Ernesto Bertarelli: making waves“. London: Sunday Times (2008-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 25-aprel.