Kontent qismiga oʻtish

Armanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ermanilardan yoʻnaltirildi)
Armanlar
hай (Հայ)
Umumiy aholi soni

10-12 milliongacha

Katta aholiga ega mintaqalar
Armaniston 3 145 354
Rossiya bayrogʻi Rossiya 1 182 388
Fransiya bayrogʻi Fransiya 800 000
Eron bayrogʻi Eron 150 000-560 000
 AQSh 484 840 — 1 500 000
 Gruziya 315 000
 Suriya 190 000
 Argentina 130 000
 Turkiya 60 000, 500 000 boʻlishi mumkin
 Livan 140 000
 Ukraina 100 000
 Polsha 1082 — 92 000
 Iordaniya 70 000
 Braziliya 40 000
 Qozogʻiston 20 000 — 25 000
 Oʻzbekiston 42 359 <
 Olmoniya 42 000
 Kanada 40 505–100 000
 Gretsiya 35 000
 Turkmaniston 30 000
 Isroil 20 000
 Iroq 20 000
 Urugvay 19 000
 Buyuk Britaniya 18 000
 Vengriya 15 000
 Bolgariya 10 831 – 30 000
 Filippin 12 000
 Belarus 10 191
 Belgiya 10 191
 Chexiya 10 000
 Latviya 2700
Tillar
Arman tili
Dinlar
Masihiylik
Qarindosh etnik guruhlar
Yunonlar

Armanlar (armancha: հայեր, oʻzlarini hay deb atashadi) — xalq, Armanistonning asosiy aholisi (3,08 million kishi, 1992). Shuningdek Rossiya Federatsiyasi (532 ming kishi), Gruziya (437 ming kishi), AQSH (700 ming kishi), Fransiya (270 ming kishi), Eron (200 ming kishi), Suriya (170 ming kishi), Togʻli Qorabogʻ (146 ming kishi), Livan va Turkiya (150 ming kishidan) va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni — 6,55 mln. kishi. Arman tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan xristian-miafisiylar.[1]

Aleppodagi armanlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aleppodagi armanlar

Halab shaharining xristianlari arman qochqinlari kelganda koʻpaygan. (1915-yilgi arman genotsidi). Birinchi arman qochqinlari kelganda (1915-1922) Halab aholisi 1922-yili 156 748-kishi boʻldi, shulardan: musulmonlar 97 600-kishi (62,26 %), xristian-katoliklar — 22 117 (14,11 %), iudaylar — 6 580 (4,20 %), evropaliklar shu vaqtda — 2 652 (1,70 %), Arman qoshqinlari — 20 007 (12,76 %) va boshqalari — 7 792 (4,97 %)[2][3]. Yekіnshі armyan bosqindari 1923 jili keldі.[4]. 1923-1925-yillari shaharga 40 000-arman keldi, Aleppo aholisi 1925-yilining oxirlarida 210 000-kishiga koʻpaydi. Ularning ichida: armanlar 25 %[5]. 1944-yili Aleppo aholisi 325 000-kishi boʻldi, ularning-112 110 (34,5 %) xristianlar (armanlar — 60 200). Aleppo xristianlarining yarmi 1947-yilgacha armanlar boʻldi. Aytish joyizki undan keyin arman repatriatsiyasi davrida armanlarning koʻpchiligi Sovet Armanistoniga koʻchdi (1946-1967).

Arman musiqasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bizga hozir qadimgi va oʻrta asrlik arman musiqasining mazmunini koʻz oldimizga keltirishimiz qiyin. Biroq saqlanib qolgan hujjatlar u davrning musiqasi mayin va yoqimli boʻlganligidan dalolat beradi.

Milliy asboblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arman milliy asboblarining tarixi qadimdan saqlanib hozirgacha etib kelgan. Arman xalq asboblari: Sibizgʻilar, surnay, tara va boshqalari.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Alepppo in One Hundred Years 1850-1950, vol.3 page 26, 1994 Aleppo. Authors: Mohammad Fuad Ayntabi and Najwa Othman
  3. The Golden River in the History of Aleppo, (arabcha: نهر الذهب في تاريخ حلب), vol.1 (1922) page 256, published in 1991, Aleppo. Author: Sheikh Kamel Al-Ghazzi
  4. The Golden River in the History of Aleppo (arabcha: نهر الذهب في تاريخ حلب), vol.3 (1925) pages 449-450, published in 1991, Aleppo. Author: Sheikh Kamel Al-Ghazzi
  5. Hovannisian, Richard G.. The Armenian People From Ancient to Modern Times, Volume II: Foreign Dominion to Statehood: The Fifteenth Century to the Twentieth Century. New York: Palgrave Macmillan, 2004 — 425-bet. ISBN 1-4039-6422-X.