Kontent qismiga oʻtish

Erki Nool

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erki Nool
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Estoniya bayrogʻi Estoniya
Tavallud sanasi 25-iyun 1970-yil (1970-06-25) (54 yosh)
Võru,Estoniya SSR
Boʻyi 184 sm
Vazni 84 kg
Sport
Mamlakat Estoniya bayrogʻi Estoniya
Qaysi sport yengil atletika

Erki Nool (25-iyun 1970-yil, Võru) – estoniyalik yengil atletikachi, oʻnkurash boʻyicha Olimpiya chempioni. Estoniyalik siyosatchi, Riigikogu aʼzosi[1].

Erki 13 yoshida Tallin sport maktab-internatida mashgʻulotlarni boshlagan. Sportchining soʻzlariga koʻra, haftasiga olti marta besh soatdan, mashgʻulot lagerlarida esa kuniga yetti soatdan mashgʻulot oʻtkazgan. 23 ta chempionlik musobaqalarida qatnashib, 9 ta medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, sportchining ushalmagan bitta orzusi qolgan, hech qaysi musobaqada 9000 ball toʻplay olmagan[2]. Erki Nool ketma-ket toʻrtta 1992, 1996, 2000 va 2004-yillarda Olimpiadada qatnashgan. 1996-yilgi oʻyinlarda oʻnkurashchi 8543 ball bilan oltinchi oʻrinni egallaydi, keyingi Olimpiadada esa gʻolib boʻladi, 2004-yilda esa 8235 ball bilan sakkizinchi oʻrinni egallaydi[3]. Oʻzining soʻnggi Olimpiya oʻyinlarida Nool Estoniya terma jamoasining bayroqdori boʻlgan[4]. 2005-yilda faoliyatini yakunladi, shundan soʻng siyosat bilan shugʻullanadi. Nool dastlab Tallin shahar assambleyasining aʼzosi boʻlgan va hozirda Riigikogu, Yevropa yengil atletika ittifoqi, Yevropa Olimpiya qoʻmitasining tibbiy komissiyasi aʼzosidir[4]. Eston tilidan tashqari yana toʻrt tilda rus, fin, ingliz, italyan tillarida soʻzlashadi[4]. Erkining katta oʻgʻli Noola ham yengil atletika bilan shugʻullanadi[2].

Sportdagi yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻnkurash boʻyicha Olimpiya chempioni (2000), oʻnkurash boʻyicha jahon chempionatining kumush medali sovrindori (2001), yettikurash boʻyicha yopiq inshootlardagi jahon chempionatining ikki karra kumush medali sovrindori (1997, 1999), oʻnkurash boʻyicha Yevropa chempioni (1998), yettikurash boʻyicha yopiq inshootlarda Yevropa chempioni (1996), oʻnkurash boʻyicha Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori (2002), oʻnkurash boʻyicha Yevropa kubogining toʻrt karra gʻolibi (1994, 1996, 1997, 1998), oʻn karra Estoniya chempioni (100 m masofaga yugurishda – 1999; 110 m toʻsiqlar bilan oʻtishda – 1998, 1999; tayanch sakrashda – 1989, 1994, 1996, 1997, 2003; oʻnkurash – 1992, 1992).

Boshqa faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozma va onlayn ovoz berish natijalariga koʻra 1999-yilda tuzilgan XX asrdagi Estoniyaning 100 ta buyuk arbobi roʻyxatiga kiritilgan[5]. 2001-yilda Olimpiya chempioni tasviri tushirilgan pochta markasi chiqariladi[6].

  1. „Состав Рийгикогу“. Официальный сайт Рийгикогу. 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-fevral.
  2. 2,0 2,1 Соммер-Калда С. Самые большие травмы Эрки Ноол получил как политик, а не как спортсмен-рекордсмен // Северное побережье : газета. — 22.11.2011. Архивировано 4 mart 2016 года.
  3. „Erki Nool“. sports-reference.com. 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-fevral.
  4. 4,0 4,1 4,2 Соболева Н. Эрки Ноол — герой Сиднея-2000 — в Нарве-2010 // Нарвская газета. — 05.11.2010. Архивировано 14 noyabr 2010 года.
  5. Sajandi sada Eesti suurkuju / Koostanud Tiit Kändler. – Tallinn: Eesti Entsüklopeediakirjastus, 2002. – 216 lk. ISBN 998570102X.
  6. „XXVII Олимпийские игры. Сидней, Австралия (2000) Олимпийские медали“. Олимпийская энциклопедия. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-fevral.