Erast Poyarkov
Erast Poyarkov | |
---|---|
Tavalludi |
1-fevral 1886-yil Toʻqmoq, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
9-noyabr 1955-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Ish joylari | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy unvoni | professor |
Erast Fyodorovich Poyarkov (1886-yil 1-fevral, Toʻqmoq shahri – 1955-yil 9-noyabr, Toshkent) – biolog, ipak qurti boʻyicha mutaxassis.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erast Fyodorovich 1886-yil 1-fevralda Toʻqmoq shahrida harbiy shifokor F. V. Poyarkov oilasida tavallud topgan. Poyarkovlar oilasi 1895-yilda Bishkekka, 1900-yilda esa Verniyga koʻchib oʻtgan. 1904-yilda Vernenskiy erkaklar gimnaziyasini tugatgan[1]. Erast Fedorovich gimnaziya oʻqituvchisi Pol Gourdening tavsiyanomasiga koʻra oʻqishni Fransiyada, Bordeauxda[2] davom ettirishga qaror qilgan. Erast bolaligidan doʻst boʻlgan Mariya Davidovna Triyers bilan birga Bordoga joʻnaydi. Ular Bordoda turmush qurishdi va farzandlari boʻlishdi. Ularga Vladimir va Mariya deb ism qoʻyishdi. Poyarkov Bordo universitetini kumush medal bilan tamomlagan va Parijda Sorbonna universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Fransiyada mashhur fransuz olimlari (professor Perez, akademik Jiar, professor Kollari) rahbarligida Vimere va Arkanshon dengiz biologik stansiyalarida ishlagan[3].
Poyarkov Rossiyaga qaytib kelgach, Petrograddagi Eksperimental veterinariya institutida ishladi. Inqilobdan keyin Moskvaga koʻchib oʻtdi va u yerda tasodifan gimnaziyadagi doʻsti Mixail Vasilyevich Frunze bilan uchrashdi. Frunze uni Oʻrta Osiyoga, oʻsha paytda Turkiston universiteti tashkil etilgan Toshkent shahriga qaytishga koʻndirdi. Professor Erast Fedorovich 1920-yilda tashkil etilgan universitetda pillachilik kursidan dars berdi. 1923-yilda Toshkent pillachilik stansiyasida ilmiy xodim boʻlib faoliyat olib borgan.
1929-yilda Erastning ipakchilik va ipak qurti biologiyasiga bagʻishlangan „Tutoviy shelkopryad“ asari nashr etildi.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ipak qurti kasalliklariga qarshi kurashish uchun ishlab chiqqan usul Erast Fyodorovich Poyarkov sharafiga „Poyarkov biometodi“ deb nomlandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Список учеников Верненской мужской гимназии и посторонних лиц, коим выданы аттестаты или свидетельства зрелости за время с 1903 по 1908 год включительно“ (ru). ГБУ «ЦГА Москвы», Фонд 459, О. 14, Д. 136. 2019-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
- ↑ Татьяна Егорова. Найти и не сдаваться // Северный край : Газета. — 2007. — 22 декабря. Архивировано 25 yanvar 2021 года.
- ↑ „Поярков“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.