Kontent qismiga oʻtish

Enteroviruslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Enteroviruslar (lotincha: Enterovirus) (ichak viruslari) — odam va umurtqali hayvonlarning meʼdaichak yoʻlida boʻladigan, oʻzida r-nK (ribonuklein kislotalar) saqlaydigan viruslar turkumi. Ichak, markaziy nerv sistemasi, yurak va boshqalar aʼzolarning zararlanishi bilan kechadigan turli kasalliklarga sabab boʻladi. E.ga poliomiyelit virusi, Koksaki viruslari va ekxoviruslar kiradi. E.ning yangi turlari (mas, E.70, odamning koʻz konʼyunktivasini zararlaydi) kashf etilgan. E. tashqi muhitda uzoq vaqt yashash qobiliyatini saqlaydi, kislotaga chidamli.