Emil Yungvaldxilkevich
Emil Yungvaldxilkevich | |
---|---|
Tugʻilgan sanasi | 23-aprel 1897-yil |
Tugʻilgan joyi | Kiyev, Rossiya imperiyasi |
Vafot sanasi |
6-avgust 1967-yil (70 yoshda) |
Vafot joyi | Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | opera rejissyori, teatr pedagogi |
Mukofotlari | O‘zbekiston SSR xalq artisti |
Emil Olgerd Iosifovich Yungvaldxilkevich (1897-yil 14(26)-aprel, Kiyev, Rossiya imperiyasi – 1967-yil 6-avgust, Toshkent, OʻzSSR) – opera rejissyori, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Oʻzbek operasi asoschilaridan.
Kiyev teatr akademiyasini tugatgan (1920). 1922—1934-yillarda Xarkov, Jitomir, Odessa, Perm opera teatrlarida rejissyor. Toshkent rus opera va balet teatrida, Oʻzbek davlat musiqali drama teatrida (1934—1940), Olmaota opera va balet teatrida (1940—1943) bosh rejissyor, badiiy rahbar. 1943—1967-yillarda Toshkent konservatoriyasida pedagog, dotsent (1964). 1943—1964-yillar (oradan uzilishlar bilan) Navoiy teatrining bosh rejissyori. „Farhod va Shirin“ (V.Uspenskiy, G.Mushel) musiqali dramasi va „Er Targʻin“ (Y. Brusilovskiy), „Buyuk kanal“, „Boʻron“ (S.Vasilenko, M.Ashrafiy,), „Tohir va Zuhra“ (T.Jalilov, B.Brovsin), „Karmen“ (J.Bize), „Yevgeniy Onegin“ va „Qargʻa motkasi“ (P.Chaykovskiy, oʻzbek tilida), „Dilorom“ (M.Ashrafiy), „Knyaz Igor“ (A.Borodin) kabi operalarni rejissyor sifatida sahnalashtirgan[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emil Olgerd 1897-yilda Kiyevda tugʻilgan. Otasi polshalik zodagonlar oilasidan boʻlib, Gʻarbiy Ukrainada temir yoʻllarga egalik qilgan[2]. Onasi italiyalik, opera qoʻshiqchisi Lina Kavalyerining singlisi edi[2]. Oilaviy afsonaga koʻra, kichik Yungvaldxilkevich Emil Zolyaning onasini sevib qolgan va oʻgʻlini uning sharafiga Emil deb atagan[2].
Emil ilagri rus estrada xonandasi Aleksandr Vertinskiy va shoir Konstantin Paustovskiy oʻqigan Kiyev birinchi imperator Aleksandr gimnaziyasida tahsil olgan[2]. 1920-yilda Kiyev teatr akademiyasini tamomlagan.
Ijodiy faoliyatini K.Libknext nomidagi Kiyev opera va balet teatrida boshlagan. 1922—1934-yillarda Xarkov, Jitomir, Odessa va Perm opera teatrlarida rejissyor boʻlib ishlagan. Sverdlov nomidagi Rossiya opera va balet teatrida, Toshkentdagi Oʻzbek musiqali teatri (hozirgi Muqimiy teatri, (1934—1940)), Olmaotadagi Abay nomidagi opera va balet teatrida (1940—1943) bosh rejissyor va badiiy rahbar sifatida daoliyat olib borgan. 1943—1964-yillar davomida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatrida bosh rejissyor, 1947-yildan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1964-yildan dotsent) boʻlib ishlagan[3].
1945-yilda VKP(b) safiga qabul qilingan. OʻzSSR Oliy Sovetining toʻrtta chaqiriq (ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi hamda beshinchi chaqiriqlar) deputati boʻlgan[4].
1967-yil 6-avgustda Toshkentda vafot etgan. Botkin qabristoniga dafn etilgan[5].
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mehnat Qizil Bayroq ordeni – ikki marta (16.01.1950 va 18.03.1959);
- „Hurmat Belgisi“ ordeni (31.05.1967)[6];
- O‘zbekiston SSR xalq artisti (1939).
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nina Ivanovna Yungvaldxilkevich bilan turmush qurgan (qizlik familyasi Buyko; 1909—1992). Oʻgʻli – Georgiy Emilevich Yungvaldxilkevich (1934—2015) – sovet va rus kinorejissyori, ssenariynavis, rassom, prodyuser[7]. Nevaralari: Natalya Yungvaldxilkevich (1960-yilda tugʻilgan) va Nina Yungvaldxilkevich (1997-yilda tugʻilgan)[8].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Operalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Er Targʻin“ (Y.Brusilovskiy) – 1938
- „Nergiz“ (Magomayev) – 1939
- „Boʻron“ (M.Ashrafiy va S. Vasilenko) – 1939
- „Tutqin qiz“ (V.Velikanov) – 1939
- „Altin Astik“ („Oltin boshoq“) (Y.Brusilovskiy) – 1940
- „Yevgeniy Onegin“ (oʻzbek tilida) (P.Chaykovskiy) – 1940
- „Ivan Susanin“ (Y.Brusilovskiy) – 1941
- „Tohir va Zuhra“ (T.Jalilov) va B.Brovsin – 1948
- „Karmen“ (J.Bize – 1944 (1950-yilda davom ettirilgan)
- „Qargʻa motkasi“ (P.Chaykovskiy) – 1947 (1950-yilda davom ettirilgan)
- „Dilorom“ (M.Ashrafiy) – 1958
- „Knyaz Igor“ (A.Borodin) – 1963
Musiqali dramasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Farhod va Shirin“ (V. Uspenskiy va G.Mushel – 1937[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Георгий Юнгвальд-Хилькевич. Совершенное чудо“. Коллекция Караван историй (2012-yil 1-oktyabr).
- ↑ memorial pamyati
- ↑ Дмитрий Гордон. „Георгий Юнгвальд-Хилькевич. "В гостях у Дмитрия Гордона"“ (2012).
- ↑ Nadgrobniy pamyatnik na Kommunisticheskom uchastke Botkinskogo kladbiщa: V bolshinstve istochnikov datami jizni Emilya (Olgerda) Yungvald-Xilkevicha ukazani 1897—1967.
- ↑ O nagrajdenii rabotnikov Uzbekskogo Muzikalnogo teatra i Uzbekskoy Filarmonii – uchastnikov dekadi uzbekskogo iskusstva v Moskve"
- ↑ Biografiya G. E. Yungvald-Xilkevicha (Wayback Machine saytida 2016-04-10 sanasida arxivlangan) na sayte www.peoples.ru
- ↑ Biografiya Nini Yungvald-Xilkevich
- ↑ Tvorchestvo Emilya Yungvald-Xilkevich
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 23-aprelda tugʻilganlar
- 1897-yilda tugʻilganlar
- Kiyevda tugʻilganlar
- 6-avgustda vafot etganlar
- 1967-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari
- O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari
- O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari
- Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar