Elza Pak
Elza Nikolayevna Pak | |
Tavalludi | 15-may 1942-yil Toʻytepa, Toshkent viloyati |
Millati | rus |
Sohasi | haykaltarosh |
Elza Nikolayevna Pak (1942-yil 15-may) – sovet va rus rassomi, haykaltarosh va o'qituvchi. RSFSR Davlat mukofoti laureati (1990). RSFSRda xizmat koʻrsatgan rassom (1991). Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2001).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elza Pak 1942-yil 15-mayda Toʻytepa (hozirgi Nurafshon, O‘zbekiston) shahrida tugʻilgan.
1960–1964-yillarda Toshkent rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. 1965–1970-yillarda I. E. Repin nomidagi Lijsa institutining haykaltaroshlik fakultetida oʻqigan. U 1970-yildan RSFSR Badiiy jamgʻarmasining Voronej badiiy va ishlab chiqarish ustaxonasida haykaltarosh boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, 1970-yildan Voronej rassomlik maktabida va Butunrossiya Sanʼat institutida oʻqituvchilik faoliyati bilan ham shugʻullangan[1]. 1974-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosiga aylangan. Elza Pak oʻzining asosiy badiiy asarlarini dekorativ, dastgoh va monumental haykaltaroshlik sohasida yaratgan. 1972-yildan shahar, viloyat, respublika, Butunrossiya va Butunittifoq badiiy koʻrgazmalarida ishtirok eta boshlagan. 2001-yilda Finlandiyada boʻlib oʻtgan xalqaro koʻrgazmada qatnashgan. Voronejdagi avliyo Mitrofan, A. S. Pushkin, M. E. Pyatnitskiy, A. P. Platonov, Lizyukov koʻchasidagi mushukcha haykali, Voronejdagi Oq Bim yodgorliklari muallifi hisoblanadi[2].
Turmush oʻrtogʻi Ivan Dikunov (1941–2022) ham haykaltaroshlik bilan shugʻullangan hamda 2007-yilda Rossiya Federatsiyasi xalq rassomi unvoniga sazovor boʻlgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elza Pak 2017-yil 15-mayda koʻp yillik samarali mehnati, tasviriy sanʼat sohasidagi mehnati va tavalludining 75 yilligi munosabati bilan „Voronej viloyatiga xizmatlari uchun“ nishoni bilan taqdirlangan. 2000-yilda sanʼat sohasidagi xizmatlari uchun „Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan[3]. 1991-yilda „RSFSRda xizmat koʻrsatgan rassom“ unvonini olgan[4].
Bolalar va yoshlarga atalgan ijod naʼmunalari hamda Voronej viloyat qoʻgʻirchoq teatridagi samarali faoliyati uchun „RSFSR Davlat mukofoti“ni qoʻlga kiritgan (1990)[5].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Воронежская историко-культурная энциклопедия / Абакумов В. М. и др.; гл. ред. О. Г. Ласунский. - Изд. 2-е, доп. и испр. - Воронеж : Центр духовного возрождения Чернозёмного края, 2009. — 657 с. — С.124 — ISBN 978-5-91338-018-0
- Воронежский Союз художников. Краткая история: 1934—2004 / А.В. Ващенко. - Воронеж, 2004. — 121 с. — ISBN 5-7267-0370-7
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Пак Эльза Николаевна“. Воронежское отделение Союза художников России. 2019-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
- ↑ Kononov V. I. Voronej: istoriya goroda v pamyatnikax i memorialnix doskax. – Istoriko-kraevedcheskoe izdanie. – Voronej: Tsentr duxovnogo vozrojdeniya Chernozyomnogo kraya, 2005. – 352 s. – ISBN 5-900-270-72-6
- ↑ „Указ Президента России от 25 сентября 2000 года № 1694“. Президент России. 2022-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
- ↑ Ukaz Prezidiuma Verxovniy Sovet RSFSR|Verxovnogo Soveta RSFSR ot 13 marta 1991
- ↑ Postanovlenie Sovet Ministrov RSFSR|Soveta Ministrov RSFSR „O prisujdenii Gosudarstvennix premiy v oblasti literaturi, iskusstva i arxitekturi“ / Gazeta „Sovetskaya Rossiya (gazeta)|Sovetskaya Rossiya“ ot 29 dekabrya 1972 goda