Kontent qismiga oʻtish

Eksperiment

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eksperiment (lot. yexreptepgshp — tajriba, sinab koʻrish) — fanda narsa va hodisalarni sezgi predmet faoliyati bilan tadqiq qilish, oʻrganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli. Mohiyat eʼtibori bilan tajriba tushunchasini ifodalasada, eksperiment fanga nisbatan ishlatiladi. Eksperiment zarur shartsharoit yaratishni, turli vositalar bilan obʼyektni qayd etishni yoki hodisani sunʼiy ravishda yuzaga keltirishni, tegishli texnika va moslamalarni tatbiq etish va oʻlchash ishini oʻz ichiga oladi. Eksperiment bilish obʼyektini takror hosil qiladi, farazlarni tekshiradi. Eksperiment insonning obʼyektga moddiy taʼsir koʻrsatishiga, voqelikni amaliy oʻzlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida eksperimentdan haqiqatni bilish va uni isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. Eksperiment ijtimoiy hodisalarni, xususan, ijtimoiy fanlarni tadqiq etishda ham keng qoʻllanadi.

Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o‘z xohishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib, psixik hodisaning tashqi sharoitga bog'liqligini tekshirib ko'rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo'llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yo‘li bilan qo'lga kiritilgan faktlaming asosiy ko'pchiligi psixologiyada eksperimental yo‘l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo'llab bo'lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funksiyalar ko'proq eksperiment yo‘Ii bilan o'rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko'pgina qobiliyatlari) ham shu metod yordamida o'rganiladi. Lekin xarakter va qobiliyatlarning murakkab turlarini eksperiment metodi bilan o'rganib bo‘lmaydi[1].




  1. „eksperimental psixologiya“.