Eduard Nikolayev
Ushbu sahifani Eduard Nikolaev bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Eduard Nikolayev | |
---|---|
Eduard Nikolayev (2019) | |
Millati | Rus |
Tugʻilgan joyi |
21-avgust 1984-yil Naberejniye chelni |
Hozirgi jamoa | Kamaz-Master |
Gʻalabalar | 5 |
Eduard Valentinovich Nikolayev (ruscha: Эдуард Валентинович Николаев; 1984-yil 21-avgustda tug‘ilgan) — rossiyalik ralli reyd haydovchisi. 2013-yilgi Dakar rallisi, 2017-yilgi Dakar rallisi, 2018-yilgi Dakar rallisi va 2019-yilgi Dakar rallisi yuk mashinalari toifasida Kamaz jamoasi tarkibida ishtirok etgan va g‘olib chiqqan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikolayev Dakardagi debyutini 2006-yilda Kamaz jamoasida Sergey Reshetnikovning mexanigi sifatida oʻtkazdi va 2007-yilda Ilgizar Mardeev boshchiligidagi ekipajga oʻtishdan oldin 18-oʻrinni egalladi. Aydar Belyaev bilan birga 3 soatlik poygalarda ishitirok etdi va ikkinchi oʻrinni egalladi.
2009-yilgi mavsumda Nikolayev chempionlar Vladimir Chagin va uning yordamchi haydovchisi Sergey Savostinga qoʻshildi. Boshqa bir Kamaz haydovchisi Firdavs Kabirov boshchiligidagi ekipajdan toʻrt gʻalaba farq bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. 2010--yilda Nikolayev Chagin va Savostin bilan birga qoldi, ular yil davomida oʻtkazilgan 14 bosqichdan 9 tasida gʻalaba qozonib, Dakar Rally rekordini oʻrnatdi.
Nikolayev 2010-yilgi Silk Way Rally musobaqasida gʻolib boʻlldi. Ushbu yutuq Nikolayev faoliyatidagi dastlabki sovrin edi[1]. Rossiyalik sportchi 2011-yilda Dakar rallisida debyutini amalga oshirdi va jamoadoshlari Chagin va Kabirovdan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.
2012-yilgi voqea oldidan Chagin va Kabirovning nafaqaga chiqishi nazariy jihatdan Nikolayevni Kamaz jamoasi yetakchisiga aylantirdi, ammo shunga qaramay u toʻrtinchi bosqichda musobaqadan chetlashtirildi. 2013-yilda Nikolayev raqib va amaldagi chempion Gerard de Rooyning kechikishidan foydalandi. Kamazdagi jamoadoshlari Ayrat Mardeev va Andrey Karginovdan 37 daqiqa farq bilan umumiy natijada gʻalaba qozondi. 2021-yil tomonlar oʻrtasida yangi shartnoma tuzilgan[2].
Dakar Rally natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Klass | Transport vositasi | Oʻrin | Bosqichlar |
---|---|---|---|---|
2006 | Yuk mashinalari | Kamaz | 18 | 0 |
2007 | 2 | 0 | ||
2008 | Tadbir bekor qilindi — uning o‘rniga Markaziy Yevropa rallisi o‘tkazildi | |||
2009 | Yuk mashinalari | Kamaz | 2 | 4 |
2010 | 1 | 9 | ||
2011 | 3 | 0 | ||
2012 | DSK | 0 | ||
2013 | 1 | 0 | ||
2014 | 3 | 1 | ||
2015 | 2 | 6 | ||
2016 | 7 | 3 | ||
2017 | 1 | 4 | ||
2018 | 1 | 3 | ||
2019 | 1 | 3 | ||
2020 | DNF | 0 | ||
2021 | —* | 0 | ||
2022 | 2 | 4 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Eduard Nikolaev“. redbull.com. Qaraldi: 2013-yil 6-fevral.
- ↑ Pyatikratniy pobeditel „Dakara“ Nikolaev ne primet uchastiya v ralli 2021 goda