Edith Soppe
Edith Soppe (1961-yil 10-avgust – 2005-yil 22-noyabr) argentinalik shaxmatchi. U 1978-yilda FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM) unvonini qoʻlga kiritgan va shaxmat boʻyicha Argentina chempionatining uch karra gʻolibi (1979, 1980, 1981) hisoblanadi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-yillarning oxiridan 1980-yillarning boshigacha Soppe argentinalik ayol shaxmatchilarning yetakchilaridan biri boʻlgan. U ketma-ket uch marta shaxmat boʻyicha Argentina chempionatida gʻolib chiqgan: 1979, 1980 va 1981-yillardagi musobaqalar shular jumasidandur. 1978-yilda u FIDE Janubiy Amerika mintaqaviy turnirida Berna Karrasko bilan birga birinchi oʻrinni egallagan va FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻlgan[1]. 1979-yilda Rio-de-Janeyroda Soppe zonalararo turnirda qatnashgan va 15-oʻrinni egallagan[2].
Soppe Argentina terma jamoasi tarkibida quyidagi ayollar shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan[3]:
- 1976-yilda Hayfa shahrida oʻtkazilgan VII Shaxmat Olimpiadasida (ayollar) ikkinchi oʻrinni egallagan (+3, =3, −3),
- 1978-yilda Buenos-Ayresdagi 8-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egallagan (+6, =1, −6),
- 1980-yilda Valletta shahridagi 9-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egallagan (+4, =9, −0),
- 1982-yilda Lutserndagi 10-shaxmat olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egallagan (+6, =4, −3).
U oilasiga koʻproq vaqt ajratish va oʻzini farzandlariga bagʻishlash uchun turnirlarni tark etgan. Uning ikki nafar farzandi bor edi. U oʻqituvchi va rahbar sifatida ham ajralib turgan. Luz y Fuerza maktabida u koʻplab shaxmatchilarni tarbiyalagan (ular orasida Kordovaning ikkita chempioni ham bor). U Kordova viloyati shaxmat assotsiatsiyasini (AACC) tashkil etishda ulkan hissa qoʻshgan[4].
U 2005-yil 22-noyabrda 44 yoshida vafot etgan.
2012-yildan boshlab Soppe xotirasiga shaxmat boʻyicha turnirlar oʻtkazib kelinmoqda[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Brasília 1978 - 10° Torneio Zonal Sulamericano Feminino“ (pt-br). BrasilBase.pro.br. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ „1979 Rio de Janeiro Interzonal Tournament : World Chess Championship (women)“. Mark-Weeks.com. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ Bartelski. „Women's Chess Olympiads :: Edith Soppe“. OlimpBase.org. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ „6 años sin Edith. Acto Homenaje.“ (pt-br). Escuela de Ajedrez (2011-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ „Ajedrez: se viene el IRT Memorial Edith Soppe“ (pt-br). La Voz (2017-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ „Claudia Amura wins Edith Soppe Memorial“. Chessdom.com. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.