Kontent qismiga oʻtish

Dyuym

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dyuym (niderlandcha: duim — bosh barmoq soʻzidan) — ayrim metrik boʻlmagan Yevropa oʻlchov tizimlarida masofani oʻlchash birligi. Odatda tegishli mamlakat futining 1/12 yoki 1/10 ("oʻnlik dyuym") qismiga teng. Bugungi kunda dyuym nomi ostida 2,54 smga teng ingliz dyuymi tushuniladi.

Dyuym (gollandcha duim — bosh barmoq) — 1) ingliz oʻlchovlar birligi da ulushiy uzunlik birligi. 1D.= 1/12 fut = 0,0254 m. 2) metrik birliklar tizimi qabul qilingunga qadar rus uzunlik birligi. 1 D.= 1/12 fut = 2,54 sm.[1]


Turli xil dyuymlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vena dyuymi = 2,63402 sm.

Ingliz dyuymi yoki imperiya dyuymi (lotincha: unciadan inglizcha: inch  — 1/12 qism) 1958-yildan boshlab к 2,54 smga tenglashtiriladi. Avval metrik tizimga boshqacha oʻtkazilar edi:

  • 1819 — 1000000/393694 sm ≈ 2,5400438 sm;
  • 1895 — 2,5399978 sm;
  • 1922 — 2,5399956 sm;
  • 1932 — 2,5399950 sm;
  • 1947 — 2,5399931 sm.

Ingliz oʻlchov tizimida 1 dyuym = 12 chiziq = 72 nuqta = 1/12 fut = 1/36 yard.

  • Bavariya: 2,43216 sm yoki 2,918592 sm ("oʻnlik dyuym").
  • Baden: 3 sm (1810).
  • Prussiya: 2,61545 sm (1755), 3,76625 sm ("oʻnlik dyuym", 1816).
  • Reyn ittifoqi: 2,61541 sm.
  • Saksoniya: 2,36 sm.

1 pulgada = 2,32166 sm.

Fransuz dyuymi ishlatilar edi, ammo 1985-yildan oʻlchami oʻzgartirilgan: 2,707005 sm.

1 tsun = 1/30 m ≈ 3,3333 sm.

1 pulgada = 2,3278 sm.

Reyn dyuymlari bilan bir qatorda quyidagilar qoʻllanardi:

  • kurlyand dyuymi ≈ 3,36 sm;
  • riga dyuymi ≈ 2,24 sm;
  • revel dyuymi ≈ 2,6715 sm.
  • staropol yoki qirollik dyuymi (1819-yilgacha) ≈ 2,48 sm;
  • novopol dyuymi (1819—1849) = 2,4 sm;
  • vraslav (breslav, silez) dyuymi = 2,742 sm;
  • eski litva dyuymi ≈ 2,7076 sm.

1 pulgada ≈ 2,547 sm.

Buyuk Britaniyadagi kabi 1958-yildan Amerika dyuymi 2,54 smga tenglashtiriladi. Avval (1866-yildan) 2,540000508 smga teng edi (yanada aniqroq, 10000/3937 sm); ayrim hollarda bu eski belgilanish geodezik dyuym nomi ostida ishlatiladi.

Fransiya dyuymi (fransuzcha: pouce — bosh barmoq), boshqa nomlari Parij dyuymi va qirol dyuymi, 75000/27706 smga teng edi, ya'ni tahminan 2,706995 sm. Eski Parij oʻlchovlar tizimida 1 dyuym = 12 chiziq = 144 nuqta = 1/12 fut = 72/3161 lokot.

1 sun = 1/33 m ≈ 3,0303 sm.

Ingliz oʻlchov tizimida masofa oʻlchovi birliklari

Mil | Nuqta | Chiziq | Dyuym | Hend | Link | Fut | Yard | Rod | Cheyn | Furlong | Milya | Liga

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil