Duldulatlagan
Duldulatlagan | |
---|---|
tepalik | |
Mamlakat | O'zbekiston |
viloyat | Xorazm |
Duldulatlagan – Amudaryo havzasidan 2056 km uzoqlikda va janubiy Xorazm hududidagi Tuya-Moʻyin darasidan bir oz balandroqda joylashgan, hududdagi qattiq togʻ jinslaridan tashkil topgan, shu hududga xos boʻlgan dara, tepalik[1]. Daraning uzunligi 1 km boʻlib, ushbu dara chegarasida 358 metrgacha boʻlgan masofada Amudaryo kanali bilan kesishadigan joyga ega[2].
Dara xorazmliklar orasida juda mashhur boʻlib, bir qancha nomlarga ega:
Duldulatlagan (Aliya ibn Abu Tolibning jangovar oti Duldul sakrab oʻtgan joy) sifatida mashhur va bu haqida koʻplab asarlarga bitilgan.
11-asrda tilga olingan „Dahan-i-Sher“ (arabcha: sherning ogʻzi) va Beruniy arab tilidan tarjima qilgan „Famm al-Assad“ (arabcha: فم الاسد) kabi asarlarda ushbu dara nomini ishlatishgan[3].
Bu nom Xorazm aholisi orasida „Dona-Sher“ tarzida ham keng tarqalgan.
Beruniy bu daraning uchinchi nomini „Sekr esh-Shaytan“ (arabcha: ساکر الشیطان) – „shaytonning toʻgʻoni“ deb oʻz tarjima asarida keltirib oʻtgan[3]. Uni Beruniy, xuddi oldingi kabi, arabcha tarjimada bergan va shuning uchun uning mahalliy mashhur nomini qayta tiklash qiyin. Bizningcha, „Sekr esh-shaytan“ soʻzining maʼnosi „Jigarband“ nomi bilan, yaʼni Jigar toʻgʻoni bilan bogʻliqdek tuyuladi. Oxirgi soʻz xalq etimologiyasida „jigar“ (majoziy maʼnoda – ona, ruh va hokazolar) deb talqin qilinadi. Biroq ushbu dara nomining asl maʼnosi koʻplab asarlarda ifodalanganligiga qaramay hozirgacha noaniq qolmoqda[4].
Hozirda 390 metrlik osma koʻprik daradan, Buxoro – Ural gaz quvuri kesishmasidan oʻtkazilgan boʻlib, unda avtotransport yukini koʻtarish imkoniyati yaratilgan.[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Георгиевский Б. М.. Южный Хорезм, Ташкент, 1937.
- ↑ Масальский В. И. „Туркестанский край“, . Россия. Полное географическое описание нашего отечества., СПб, 1913 — 117-bet.
- ↑ 3,0 3,1 Biruni, VDI, 1941, № 1, str. 193
- ↑ Гулямов Я.. История орошения Хорезма, Ташкент, 1957.
- ↑ „Газопровод Бухара-Урал“. 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.