Dodol
Dodol — kokos suti, palma shakari va guruch unidan tayyorlangan irisga oʻxshash shirinlik boʻlib, u Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyoda, xususan, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Bruney, Filippin, Janubiy Hindiston, Tailand, Shri-Lanka va Myanmada ommalashgandir. U yerlarda mont kalama deb ataladi. Dodol shirin, choʻziluvcha va yopishqoq boʻladi. Anʼanaviy jigarrang dodol bilan bir qatorda mango sharbati yoki pandan barglarining essensiyasi (Pandanus amaryllifolius) bilan tayyorlangan rangdor va xushboʻy konfetlar mashhur[1][2].
Mintaqaviy xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosan musulmonlar yashaydigan mamlakatlarda, masalan, Indoneziya yoki Malayziyada dodol bolalarga Ramazon hayiti va Qurbon hayiti[2][3] bayramlarida beriladi.
Baʼzi mamlakatlarda dodolga durian taʼmi beriladi. Bu taʼmga lempuk, deyiladi bu konfetlar, odatda, sariq boʻladi. Lempuk dodol Tailand, Kelantan, Terengganuda, Medan shahrida va Sumatraning boshqa shaharlarida mashhur. Hindistonning gʻarbiy qirgʻoqlarida (Portugaliya Hindistoni deyiladi), xususan, Goa shtatida dodol Rojdestvo bayramida yeyiladi.
Balida dodol quruq makkajoʻxori barglariga oʻralgan holda sotiladi[1].
Shri-Lankada sovishidan oldin tayyor qorishmaga hind yongʻogʻi va kardamon qoʻshiladi. Qorishma sovishi uchun tovada qoldiriladi, ortiqcha kokos moyi silqib ketishi uchun tova qiyshaytirib qoʻyiladi. Bu variant kalu-dodol deb ataladi[4].
Tayyorlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy ingrediyentlar: kokos suti, yopishqoq guruch uni, oddiy guruch uni va tozalanmagan palma shakari. Anʼanaga koʻra, yopishqoq guruch uni va oddiy guruch uni 6:1 nisbatda olinadi[2]. Iris tayyorlash jarayoni oddiy, ammo 6 soatcha davom etadi.
2 kg un aralashmasi uchun taxminan 2 litr kokos suti va 1,5 litr shakar siropi olinadi. Un va sirop aralashtiriladi va qorishma teng yarmigacha kamayguncha doimiy aralashtirilib oʻrtacha olovda pishiriladi. Keyin qorishmaga kokos suti qoʻshiladi va quyuq jigarrang boʻlgunga qadar doimo aralashtirib, past olovda pishirishda davom etiladi. Qorishma juda choʻziluvchan, aralashtirish qiyin, yaltiroq va tova devorlaridan oson ajraladigan, barmoqqa yopishmaydigan boʻlib qoladi. Keyin unga turli qoʻshimchalar qoʻshiladi (yongʻoq, ziravorlar v.b.) va sovitiladi. Dodol sovigach, gelga oʻxshab qoladi va uni kesib boʻlaklasa boʻladi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 https://www.thestar.com.my/lifestyle/food/news/2014/06/21/dodol-sticky-treat-for-hari-raya/
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Cesar Vega, Job Ubbink, Erik van der Linden. The Kitchen as Laboratory: Reflections on the Science of Food and Cooking. Columbia University Press, 2012-02-07. ISBN 9780231526920.
- ↑ Bhuwon Sthapit, Hugo A. H. Lamers, V. Ramanatha Rao, Arwen Bailey. Tropical Fruit Tree Diversity: Good practices for in situ and on-farm conservation. Routledge, 2016-05-12 — 246-bet. ISBN 9781317636212.
- ↑ Bruce Kraig, Colleen Taylor Sen. Street Food Around the World: An Encyclopedia of Food and Culture. ABC-CLIO, 2013-09-09 — 330-bet. ISBN 9781598849554.