Doʻlona astragal
Do‘lona astragal | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Astragal |
Oila: | Burchoqdoshlar |
Binar nomi | |
Astragalus dolonus |
Do‘lona astragal (lotincha: Astragalus dolonus) — ikki urugʻpallalilar sinfi, burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Qurama tog‘ tizmasi hududida tarqalgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 20 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasi qisqa, yuzasi dagʻal, qoʻngʻir yashil, sertikan. Barglari murakkab, bandli, toʻq yashil tusda, uzun barg bandida navbatma-navbat joylashgan. Bargchalari 6 juft, aylana yoki ovalsimon shaklda, yuzasi siyrak tuklar bilan qoplangan. Gullari ikki jinsli, poya uchida oʻrnashgan. Gultojibarglari sariq tusda, qoʻshilmagan, erkin. Gulkosachabarglari yashil, qalin tuklar bilan qoplangan. Urug‘chibargi ikkita urugʻch qoʻshilishidan hosil boʻlgan, tugunchasining uzunligi besh mm, tuxumsimon shaklda, uzun tuklar bilan qoplangan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyun oyida gullab mevasi iyul avgustda pishib yetiladi. Mevasi quruq, dukkak meva. Dukkagi bandsiz, uzunligi 4 sm, choʻziq tuxumsimon, qalin, mayin yarim yotiq tukli. Urugʻi yordamida koʻpayadi
Tarqalishi va o‘sish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam tarqalgan, yakka yakka yoki kichik to‘plar hosil qilib o‘sadi. Toshkent viloyati Qurama tizmalari hududida tarqalgan. Dengiz sathidan 1600-2000 metr balandlikda tog‘larning o‘rta qismidagi toshli va shagʻalli tuproqlarda, siyrak archazorlar orasida o‘sadi. O‘sish joylarida ko‘plab yilqi boqilishi sababli o‘simlik soni kamayib ketgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Astragalus dolonus“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.