Dmitriy Shokin
Dmitriy Shokin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
30-may 1992-yil Toshkent, Oʻzbekiston[1] |
Boʻyi | 193 cm (6 ft 4 in)[2] |
Sport | |
Qaysi sport | Taekvondo |
Dmitriy Aleksandrovich Shokin (ruscha: Шокин, Дмитрий Александрович; 1992-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) – Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2015-yilgi Universiada gʻolibi, 2015-yilgi jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shokin yetti yoshida taekvondo bilan shugʻullangan[1]. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining turizm fakultetini tamomlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dmitriy Shokin 2014-yili Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oltin[3], Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Osiyo oʻyinlarida kumush medal sovrindori boʻlgan[4]. 2014-yili BAA, Avstraliya, Fransiya kabi qator davlatlarda oʻtkazilgan nufuzli xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori.
Tajribali sportchi 2015-yilda ham zafarli odimlashda davom etdi[5]. Jumladan, Turkiya, Qatar, Avstraliya, Rossiya va Koreya davlatlarida boʻlib oʻtgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnirlarda sovrinli oʻrinlarga sazovor boʻldi[6].
Dmitriy 2015-yil Rossiyaning Chelyabinsk shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan gʻalaba qozonib, jahon chempionidek sharafli nomga sazovor boʻldi. Dmitriy Shokin Oʻzbekistonlik taekvondo ustalari orasida birinchi boʻlib jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Dmitriy Shokin 2015-yilning avgust oyi natijalariga koʻra eng yuqori vazndagi sportchilar orasida jahon reytingida peshqadamlardan biri hisoblanadi[7][8].
2016-yilgi Olimpiadada Shokin birinchi raqam ostida saralangan, ammo yarim final bahsida nigeriyalik Abdulrazzak Issoufga 2:8 hisobida yutqazgan, keyin esa bronza medali uchun bahsda 2008-yilgi Olimpiada chempioni Cha Dong Minga yutqazgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Dmitriy Shokin (Wayback Machine saytida 23 August 2018 sanasida arxivlangan). asiangames2018.id
- ↑ „Dmitriy Shokin“. rio2016.com. 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-avgust.
- ↑ „В Ташкенте завершился Чемпионат Азии по Таэквондо (WTF)“ (deadlink). «olympic.uz». 2016-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust.
- ↑ „Дмитрий Шокин стал чемпионом Азии по таэквондо“ (deadlink). «news.uzreport.uz». 2016-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust.
- ↑ „Дмитрий Шокин стал первым в истории Узбекистана чемпионом мира“ (deadlink). «worldtaekwondo2015.com». 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust.
- ↑ „Дмитрий Шокин стал чемпионом Универсиады“. «sports.uz».[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Дмитрий Шокин не смог выйти в финал Олимпиады-2016“. «sports.uz».[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Таэквондо. Дмитрий Шокин Рио—2016 даги сўнгги жангида кореялик спортчидан енгилди“ (uz). «daryo.uz».
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |
Vikiomborda Dmitriy Shokin haqida turkum mavjud |
- Dmitriy Shokin TaekwondoData.com saytida
- Dmitriy Shokin Olimpiada saytida
- 30-mayda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak taekvondochilar
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari
- Oʻzbekistonning FISU Jahon Universiadasida oltin medali olgan sportchilari
- 21-asrda Oʻzbekiston sportchilari
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston taekvondochilari
- Oʻzbekiston kishilari
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar