Dmitriy Batinkov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dmitriy Viktorovich Batinkov | ||
Tavallud sanasi | 7-sentyabr 1970-yil | ||
Tavallud joyi | Moskva, SSSR | ||
Boʻyi | 170 sm | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1985—1987 | Torpedo Moskva | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1988—1991 | Dinamo-2 Moskva | 69 | (2) |
1991 | Dinamo | 1 | (0) |
1992 | Dinamo-D Moskva | 23 | (4) |
1993—1994 | Dinamo-Stavropol | 31 | (0) |
1995 | Shinnik | 2 | (0) |
1995—1997 | Navbahor | 72 | (13) |
1998—2000 | Avtomobilist (Noginsk) | 94 | (19) |
2001—2003 | Severstal | 67 | (13) |
2002 | → Mika | 2 | (0) |
2004 | Vidnoe | 12 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Dmitriy Viktorovich Batinkov (1970-yil 7-may, Moskva, SSSR) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moskva futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1987-yilda u Moskvaning „Torpedo“ jamoasida yoshlar jamoalari musobaqalarida ishtirok etgan.
1988-yildan 1991-yilgacha Batinkov dastlab Moskvaning „Dinamo“ jamoasida keyinchalik esa „Dinamo-2“ farm jamoasida toʻp surgan. Batinkov „oq-koʻklar“ning asosiy tarkibida faqat bir marta oʻynadi: 1991-yil 24-iyulda SSSR chempionatida u Dushanbening „Pomir“ jamoasi bilan oʻyinning 66-daqiqasida Igor Kolivanovni oʻrniga maydongga tushdi[1].
1992-yil Rossiya chempionatida Dinamo Moskvaning farm jamoasi Dinamo-D jamoasi safida toʻp surdi. Keyingi mavsumdan Batinkov ikki yil davomida Rossiya Premyer-ligasida Stavropolning „Dinamo“ jamoasida, keyinchalik esa Birinchi ligada „Shinnik“ jamoasi tarkibida oʻynadi[2]. 1995-yilda O‘zbekiston Oliy ligasi jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasiga o‘tdi. Namanganliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surib, 1996-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempioni unvoniga ega boʻldi. Batinkov „Navbahor“ jamoasi safida 72 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va chempionlik mavsumida jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylandi.
3 yildan soʻng Oʻzbekistondan Rossiyaga qaytib keldi va ikkinchi liga klublari, „Noginsk avtomobilist“, „Severstal“, „Vidnoe“ va „Reutov“, shuningdek, Armanistonning „Mika“ jamoalarida toʻp surdi[3]. Professional faoliyatini yakunlaganidan soʻng, bir qator havaskor jamoalarda ham o‘ynadi.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Динамо (Москва) - Памир (Душанбе) 0:0“ (ru). FC-Dynamo. 2014-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-mart.
- ↑ Dmitriy Batinkov FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- ↑ „MIKA“ V ChYeMPIONATAX ARMYeNII[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Профиль“ (ru). FC-Dynamo. Qaraldi: 2014-yil 17-mart.