Django
Django | |
Muallif | Adrian Holovaty, Simon Willison |
---|---|
Ishlab chiquvchi | Django Software Foundation[1] |
Chiqarilgan sana | 21-iyul, 2005-yil[2] |
So‘nggi versiyasi | 4.2.1 / 3-may, 2023-yil |
Janr | veb-freymvork[1] |
Litsenziya | 3-clause BSD[3] |
Django[4] veb-ilovalar yaratishda ishlatiladigan erkin va ochiq kodli veb-freymvorkdir[5][6]. Python dasturlash tilida yozilgan. 2003-yilda Adrian Holovaty va Simon Willison tomonidan yaratilgan. Loyiha Django Software Foundation nodavlat tashkiloti tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
PBS,[7] Instagram,[8] Mozilla,[9] The Washington Times,[10] Disqus,[11] Bitbucket[12] va Nextdoor[13] kabi saytlar Djangodan foydalanadi.
Djangoning yaratuvchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Django soʻzining oʻzi esa fransuz jaz musiqachisi Django Reinhardt sharafiga qoʻyilgan. Uning asl ismi Jean Reinhardt boʻlib, taxallusi Django boʻlgan. Bu soʻz sigan tilida „men uygʻondim“ degan maʼnoni anglatadi.
Django backend vositasi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumki, web-saytlar yaratish bir necha bosqichdan iborat boʻlgan murakkab jarayon boʻlib, turli xil dasturiy vositalarni talab qiladi. Eng avval yaratilajak saytning dizayni yaratiladi. Bunda dizayner photoshop dasturini ishlatib, saytning maketini ishlaydi. Keyin esa frontend mutaxassisi ushbu saytning html kodini yozadi, turli vizual effektlar beradi. Kerakli sahifalar va tugmalarni yaratadi. Shundan soʻng estafeta tayoqchasini backend mutaxassisi oladi. U server va foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni hamda ma'lumotlar bazasi ishini yoʻlga qoʻyadi. Aynan mana shu bosqichda djangoning yordamidan foydalanishimiz mumkin. Yaʼni server bilan aloqani yoʻlga qoʻyish, maʼlumotlar bazasidan kerakli maʼlumotni chiqarish yoki biron maʼlumotni bazaga kiritish kabi vazifalarni bajaradi.
Djangoni kompyuterga oʻrnatish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Django ni oʻrnatish uchun, kompyuterga birinchi navbatda python oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Shundan soʻng quyidagi buyruq orqali django oʻrnatiladi:
pip install django
Shundan soʻng, bemalol yangi loyiha yaratishni boshlash mumkin. Buning uchun, quyidagi buyruqdan foydalanamiz:
django-admin startproject ''proyekt nomi''
Shunda proyekt nomi nomli papka avtommatik tarzda yaratiladi. Uning ichida manage.py fayli va proyekt nomi deb nomlangan yana bitta papka hosil boʻladi. Aynan manage.py fayli django bilan ishlashda eng muhim fayl hisoblanadi. U orqali eng muhim buyruqlar bajariladi. Masalan, yaratgan proyektimizni ishga tushirib koʻraylik. Buning uchun
cd proyekt-nomi
buyrugʻini berib, kerakli papkaning ichiga kiramiz. Shundan soʻng, manage.py faylini ishga tushiramiz:
python manage.py runserver
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „django/README“. GitHub. Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Django FAQ“. Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
- ↑ „django/LICENSE“. GitHub. Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
- ↑ „FAQ: General - Django documentation - Django“. Qaraldi: 30-aprel 2016-yil.
- ↑ „FAQ: General - Django documentation - Django“. Qaraldi: 30-aprel 2016-yil.
- ↑ Adrian Holovaty, Jacob Kaplan-Moss. The Django Book. Qaraldi: 3-sentabr 2013-yil. „Django follows this MVC pattern closely enough that it can be called an MVC framework“ (Wayback Machine saytida 2016-09-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ „20 Creative Websites Running Django“. 2013-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.
- ↑ „What Powers Instagram: Hundreds of Instances, Dozens of Technologies“.
- ↑ „Python“. Mozilla Developer Network. 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2016-yil. (Wayback Machine saytida 2012-02-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ Opensource.washingtontimes.com. Retrieved on 2014-05-30.
- ↑ „Scaling Django to 8 Billion Page Views“.
- ↑ „DjangoSuccessStoryBitbucket – Django“. 20-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2016-yil.(Wayback Machine saytida 2016-04-20 sanasida arxivlangan)
- ↑ „The anti-Facebook: one in four American neighborhoods are now using this private social network“. The Verge. Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Django haqida turkum mavjud |