Dilmurod Kasimov
Dilmurod Kasimov | |
---|---|
Tavalludi |
28-iyul 1975-yil |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Faoliyat yillari | 2017-yildan – hozir amalda. |
Unvoni | Biznes Ombudsman |
Mukofotlari | Sodiq xizmatlari uchun medali |
Veb-sayti | biznesombudsman.u |
Dilmurod Kasimov (toʻliq ismi: Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich; 1975-yil 28-iyul, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — sharqshunos-iqtisodchi, huquqshunos, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil. Mazkur lavozimga Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 2017-yil 28-iyul kuni tayinlangan. Sodiq xizmatlari uchun medali sohibi[1][2].
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich – 1975-yil 28-iyul kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1997-yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan, 2004-yil Oʻzbekiston Milliy unversitetini huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997-yil Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi „Innovatsiya“ davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2003—2017-yillar davomida prokuratura organlarida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PF–5125-sonli Farmoniga muvofiq Dilmurod Kasimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil lavozimiga tayinlangan[3][4][5][6]. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan.
Vakilning hisobdorligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.
Vakilning huquqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
- tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining davlat organlari tomonidan ogʻishmay ijro etilishini oʻrganish;
- tadbirkorlik subʼektlarining faoliyati tekshiruvlarini oʻtkazishning qonuniyligi monitoringini amalga oshirish, tadbirkorlik subʼektlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish faktlarining oldini olish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflar kiritish;
- tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga yozma ravishda ogohlantirishlar eʼlon qilish;
- qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish; tadbirkorlik subʼektlarining manfaatlarini koʻzlab arizalar va daʼvolar bilan sudlarga davlat boji toʻlamasdan murojaat etish;
- davlat organlari va tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan statistik, tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa axborotni soʻrash hamda olish;
- davlat organlarining tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislarida ishtirok etish;
- zarur boʻlgan hollarda, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlarining, ilmiy muassasalarning va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb etish, ishchi guruhlar tuzish;
- tadbirkorlik faoliyati sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha gumon qilinayotgan, ayblanayotgan va hukm qilingan tadbirkorlik subʼektlari vakillari bilan uchrashish uchun qamoqda saqlash joylariga, jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish.
- Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin[sharh 1].
Vakilning majburiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz faoliyatini amalga oshirishda:
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishi, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi;
- davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
- davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga toʻsiqlarni vujudga keltirmasligi;
- davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
- arz qiluvchilarni shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabardor etishi shart.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin[sharh 1].
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Президент бизнес омбудсманни тайинлади“ (uz-Cyrl). Газета.uz (2017-yil 29-iyul). Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Президент учредил институт бизнес-омбудсмана“ (ru). Газета.uz (2017-yil 5-may). Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев Тадбиркорлар манфаатларини ҳимоя қилишга ўз вакилини тайинлади“ (ru). Qalampir. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ uz, Daryo „“Тадбиркорларнинг бирорта мурожаати эътиборсиз қолмайди” — бизнес-омбудсман“ (uz). Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ uz, Kun „Бизнес-Омбудсман давлат мулклари бўйича ижара тўловини вақтинча тўхтатишни таклиф қилди“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Бизнес-омбудсман тадбиркорликнинг ривожига салбий таъсир кўрсатаётган омилга тўхталди“ (uz). www.xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.