Davy medali
Davy medali – London Qirollik Jamiyati tomonidan kimyoning istalgan sohasidagi muhim izlanishlar uchun topshiriladigan sovrin. Humphry Davy sharafiga nomlangan sovringa qoʻshimcha sifatida, dastlab £1000 (hozirda £2000) qiymatida pul koʻrinishida sovrin topshiriladi. Qirollik Jamiyati izlanishlariga koʻra, 2022-yil holatida 22 nafar kimyo yoʻnalishidagi Nobel mukofoti laureatlari Davy medaliga ega boʻlishgan.
Sovrin tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi marta medal 1877 yilda spektral analiz boʻyicha izlanishlari uchun Robert Wilhelm Bunsen va Gustav Robert Kirchhoffga topshirilgan va shu kungacha 140 nafar olimlar bu sovrin bilan mukofatlangan. Sovrin Qirollik Jamiyatining boshqa (masalan Hughes) sovrinlardan farqli oʻlaroq har yili uzilishlarsiz topshiriladi.
Baʼzi yillarda bir yilning oʻzida bir necha olim ushbu medal bilan taqdirlangan. Masalan: 1882-yilda Dmitriy Mendeleyev va Julius Lothar Meyer elementlarning atom massasi va davriy xossalarini kashf etganlari uchun; 1883-yilda Marcelin Barthelot va Julius Thomsen termo-kimyo yoʻnalishidagi izlanishlari uchun; 1893-yilda Jacobus Henricus vanʼt Hoff va Joseph Achille Le Bel assimmetrik uglerod nazariyasi va uning optik aktiv uglerod biirikmalari konstitutsiyasini tushuntirishdagi vazifasini kashf etganlari uchun; 1903-yilda Pierre Curie va Marie Curie radiy elementi ustidagi izlanishlari uchun va 1968-yilda John Cornforth va George Joseph Popják hamkorlikda poliizeprenoidlar va steroidlarda kechadigan biosintez jarayonini tushuntirganliklari uchun Davy medali bilan taqdirlanishgan.
Sovrin laureatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davy medali sovrindorlari roʻyhati | |||
---|---|---|---|
Yil | Ism | Taqdirlash sababi | Manba |
1877 | Robert Wilhelm Bunsen va Gustav Robert Kirchhoff | Spektral analizdagi izlanishlari va kashfiyotlari uchun | [1] |
1878 | Louis Paul Cailletet va Raoul Pictet | Doimiy gazlar kondensatsiyasi ustidagi izlanishlari uchun (bir-biridan alohida lekin bir vaqtda) | [2] |
1879 | Paul-Émile Lecoq de Boisbaudran | Galliyni kashf etgani uchun | [3] |
1880 | Charles Friedel | Kremniyning organik birikmalari ustidagi va boshqa izlanishlari uchun | [4] |
1881 | Indigo sintezi uchun | [5] | |
1882 | Dmitriy Mendeleyev va Lothar Meyer | atom ogʻirliklari oʻrtasidagi davriy nisbatlarni ochishgani uchun | [6] |
1883 | Marcellin Berthelot va Julius Thomsen | Termokimyo sohasidagi izlanishlari uchun | [7] |
1884 | Adolph Wilhelm Hermann Kolbe | Spirtlarning izomeriyasi ustida olib borgan izlanishlari uchun | [8] |
1885 | Jean Servais Stas | Aniq atom massalarni hisoblagani uchun | [9] |
1886 | Jean Charles Galissard de Marignac | Atom massalari ustida olib borgan izlanishlari uchun | [10] |
1887 | John Alexander Reina Newlands | Kimyoviy elementlarning davriy qonunini ishlab chiqqani uchun | [11][12] |
1888 | Sir William Crookes | Vakuumda elektr razryadi taʼsiri ostidagi kimyoviy moddalarning tabiati ustidagi izlanishlari uchun | [13] |
1889 | Sir William Henry Perkin | Kimyoviy birikmalar | [14] |
1890 | Organik kimyodagi kashfiyotlari va karbogidratlarni oʻrgangani uchun | [15] | |
1891 | Victor Meyer | Yuqori haroratda bugʻning zichligini aniqlash ustidagi izlanishlari uchun | [11] |
1892 | Francois Marie Raoult | Eritmalarni muzlatish va eritmalarning bugʻlarining bosimi ustidagi izlanishlari uchun | [16] |
1893 | Assimmetrik uglerod nazariyasi va uning optik aktiv uglerod biirikmalari konstitutsiyasini tushuntirishdagi vazifasini kashf etganlari uchun | [17] | |
1894 | Per Theodor Cleve | Kamyob yer metallarining ustidagi izlanishlari uchun | [18] |
1895 | Argon kashf etilishidagi qoʻshgan hissasi va yer minerallarining gazsimon qismlariga taaluuqli kashfiyotlari uchun | [19] | |
1896 | Ftorni ajratib olganligi va qiyin eruvchan metallar va ularning birikmalarini olishda elektr pechini ishlatishni yoʻlga qoʻyganligi uchu | [20] | |
1897 | John Hall Gladstone | Kimyo faniga qoʻshgan katta hissasi va kimyoda optik usuldan foydalanish sohasidagi muhim ishlari uchun | [21] |
1898 | Johannes Wislicenus | Organik kimyoga, ayniqsa stereokimyoviy izomeriyaga qoʻshgan hissasi uchun | [22] |
1899 | Edward Schunck | Maren, indigo va xlorofillning ustida olib borgan izlanishlari uchun | [23] |
1900 | Guglielmo Koerner | Aromatik birikmalar nazariyasidagi muhim ishlari uchun | [24] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Chemistry: Foundations and Applications. Gale (publisher), 2004 — 151-bet. Lagowski, J. J.
- ↑ Annual Report of the Board of Regents of the Smithsonian Institution. United States National Museum, 1901 — 131-bet.
- ↑ Lockyer, Norman. Nature. Nature Publishing Group, 1912 — 352-bet.
- ↑ Surrey, Alexander Robert. Name reactions in organic chemistry. Academic Press, 1961 — 101-bet.
- ↑ Gillispie, Charles Coulston. Dictionary of Scientific Biography. American Council of Learned Societies, 1970 — 389-bet.
- ↑ Clyde Day, Marion. Theoretical Inorganic Chemistry. Reinhold Book Corporation, 1969 — 79-bet.
- ↑ Science. Highwire Press, 1883.
- ↑ The Lancet, 2nd, J. Onwhyn, 1884 — 939-bet.
- ↑ The Academy, 28-nashr, 1885 — 360-bet.
- ↑ Memoirs and Proceedings — Manchester Literary and Philosophical Society, 39-nashr, Manchester Literary and Philosophical Society, 1895.
- ↑ 11,0 11,1 A History of Science in Society: From Philosophy to Utility. Andoza:Нп3, 2004 — 120-bet. ISBN 1551116669.
- ↑ Russell, Colin A.. Edward Frankland: Chemistry, Controversy and Conspiracy in Victorian England. Cambridge University Press, 2003 — 460-bet. ISBN 0521545811.
- ↑ Tilden, W. A.. Famous Chemists. Ayer Publishing, 1968 — 267-bet. ISBN 0836909445.
- ↑ Harrow, Benjamin. Eminent Chemists of Our Time. D. van Nostrand, 1920 — 13-bet. ISBN 0836905148.
- ↑ Tilden, William A.. Chemical Discovery and Invention — In the Twentieth Century. Read Books, 2007 — 476-bet. ISBN 1406758051.
- ↑ Journal of the Chemical Society. Chemical Society of Great Britain, 1902 — 977-bet.
- ↑ Harrow, Benjamin. Eminent Chemists of Our Time, 2nd, D. van Nostrand company, 1920 — 93-bet.
- ↑ Nature. Nature Publishing Group, 1895 — 137-bet.
- ↑ The Scientific Monthly, 9th, American Association for the Advancement of Science, 1919 — 173-bet.
- ↑ Daedalus: Proceedings of the American Academy of Arts and Sciences, 81st, American Academy of Arts and Sciences, 1988 — 78-bet.
- ↑ Burke, Edmund; James Dodsley. Annual Register. Annual Register, 1891 — 66-bet.
- ↑ Nature, 67th, Nature Publishing Group, 1903 — 229-bet.
- ↑ Science, 10th, Moses King, 1899 — 821-bet.
- ↑ Popular Science Monthly, 58th, McClure, Phillips and Co., 1901.