Davron Shodiyev
Davron Shodiyev | |
---|---|
Tavalludi |
20-iyul 1938-yil Qarshi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
28-dekabr 2008-yil (70 yoshda) Qarshi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti |
Taʼlimi | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Davron Shodiyevich Shodiyev (1938-yil 20-iyul, Qarshi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2008-yil 28-dekabr, Qarshi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik olim, pedagog, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998), pedagogika fanlari doktori (1986), professor (1989), Rossiya pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1995).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davron Shodiyev 1938-yil 20-iyul Qarshi tumanidagi Lagandi qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1960-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti fizika-matematika fakultetini tugatgan. 1961—1967-yillarda Qarshi pedagogika instituti oʻqituvchisi, 1972—1974-yillarda institutning „Fizika oʻqitish metodikasi va oʻqitishda texnika vositalaridan foydalanish“ kafedrasi mudiri, 1974—1975-yillarda fizika-matematika fakulteti dekani, 1975—1985-yillarda prorektor, 1987—1991-yillarda institut professori, 1991—1993-yillarda kafedra mudiri, 1993—1998-yillarda Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti direktori, 1998—2002-yillarda direktor oʻrinbosari[1]. Davron Shodiyev 2008-yil 28-dekabrda Qarshi tumanidagi Lagandi qishlogʻida vafot etgan[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy ilmiy ishlari fizika fanini oʻqitish metodikasining metodologik muammolari va umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun fizika boʻyicha darsliklar yaratishga oid. Olim hammuallifligida 7—11-sinflar uchun yozilgan „Fizika“ darsliklari 1987-yildan Oʻzbekiston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa MDH davlatlari maktablarida qoʻllanilib kelingan. 1987-yilda „Umumtaʼlim maktablarida tabiiy fan asoslarini oʻrganishda nazariya va tajribaning mutanosibligi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. „Oʻquv jarayoni empirik va nazariy bilimlar darajasining metodologik muammolari“ (ruscha: „Методологические проблемы теоретического и эмпирического уровней познания в учебном процессе“, 1982), „Oʻrta maktab fizika taʼlimida nazariya va tajribaning mutanosibligi“ (ruscha: Взаимодейтвие теории и эксперимента при обучении физики в средней школе“, 1985), „Fizika oʻqitish jarayonida fikriy tajribalar“ (ruscha: „Мысленный эксперимент в преподавании физики“, 1987) kabi kitoblar muallifi[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1984-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi, 1998-yilda Oʻzbekiston fan arbobi unvoni bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 20-iyulda tugʻilganlar
- 1938-yilda tugʻilganlar
- Qarshi tumanida tugʻilganlar
- 28-dekabrda vafot etganlar
- 2008-yilda vafot etganlar
- Qarshi tumanida vafot etganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Oʻzbekiston fiziklari
- Fan doktorlari
- Professorlar
- Dekanlar
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari