Kontent qismiga oʻtish

Dasturxonchi madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Dasturxonchi
Mamlakat  O'zbekiston
Hudud Farg'ona
Shahar Qo'qon
Manzil Tinchlik ko'chasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Madrasa turi Katta / Oʻrta / Kichik
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Muhammad Janokiy o'g'li Mahmud dasturxonchi
Binokorlik ???—1833-yil
Maqomi Davlat himoyasida
Hujralar soni 25

Dasturxonchi madrasasi – 1833-yilda mashhur davlat arbobi, Muhammad Janokiyning oʻgʻli Mahmud dasturxonchi tomonidan qurilgan. Dasturxonchining lavozimi yuksak hurmatga sazovar boʻlgan va Yevropa davlatlarida vazirlik darajasiga juda oʻxshash edi. Madrasa ikkita tutash hovlida bir qancha qoʻshimcha xonadonlar, darsxona va ichki hovlisi boʻlgan ayvonli masjid mavjud boʻlib, ichki hovli 25 hujradan (oʻquv hujralaridan) iborat boʻlib, ularda 68 nafar talaba yashab, tahsil olgan. Madrasa 70-80 yillar davomida qisman tiklangan. Hozir Qoʻqon shahar hokimligi tomonidan toʻliq tamirdan chiqarilgan[1].