Dastur Nasafiy
Dastur Nasafiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shoir |
Dastur Nasafiy (arabcha: دستور نسفي — Dastur Nasafiy — Toʻliq ismi: Dastur Nasafiy (Nodir) (vafoti taxminan 1690/91-yillar)) — Shoir.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastur Nasafiy ayrim sheʼrlarida Ogoh taxallusini qo‘llagan. Dastlabki maʼlumotni ona shahri Nasafda olgan. So‘ngra Buxoroda ilm olib, shu yerda yashab qolgan. Uning fazlu kamolini eshitgan Abdulazizxon (1645-80-yillar) uni o‘z saroyiga taklif etgan. U saroyda katta obro‘ va mavqega erishgan. G‘azallari va qasidalari bilan shuhrat qozongan. Ammo Subhonqulixon davrida (1680-1702-yillar) mamlakatda ro‘y bergan iqtisodiy va madaniy hayot tanazzuli tufayli ko‘pgina boshqa shoirlar qatori u ham saroydan ketishga majbur bo‘lgan. Abdulazizxonga hamrohlik qilib Makka ziyoratiga borgan. U yerdan Hindistonga kelib, Avrangzeb (1658-1707-yillar) saroyiga xizmatga kirgan. Avrangzeb uning bilimi va qobilyatini yuksak qadrlagan. Oradan ko‘p o‘tmay Kobul shahri qozisi etib tayinlangan. Ammo bir yildan so‘ng, yana markazga chaqirib olingan. U umrining oxirlarida ona yurtiga qaytib, Beshkent shahrida yashagan va shu yerda vafot etgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 461.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |