Dashtobod
Dashtobod | |
---|---|
shahar | |
40°7′37″N 68°29′40″E / 40.12694°N 68.49444°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Jizzax viloyati |
tuman | Zomin tumani |
Aholisi (2005) |
23 900 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +99870 |
Avtomobil kodi | 10 |
|
Dashtobod — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi shahar (1974). 1937 yilgacha Qoratepa qishlogʻi, 1937—74 yillarda Obrucheve shahar posyolkasi, 1974-yildan 1996 yilgacha Ulyanova, oʻsha yildan Dashtobod nomi bilan yuritilgan. Viloyat markazi Jizzax sh.dan 56 km. Tumanning shimoli-sharqiy qismida, Turkiston tizmasining shim. togʻ oldi bilan Mirzachoʻl oraligʻidagi qad. karvon yoʻlida joylashgan. Aholisi 25 ming kishi (2000). Shaharda paxta tozalash zdi, un kombinati, devor qoplama materiallari, lak-boʻyoq, qurilish, avtotransport korxonalari, notoʻqima mato tayyorlash firmasi, dehqon bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mehmonxonalar, 5 umumiy taʼlim, sport maktablari, kasalxona, tugʻruqxona, sport majmuasi bor. Dashtoboddan Toshkent — Sa-marqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti kabi magistral yoʻllar oʻtgan. Zomin—Dashtobod suv kuvuri qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |