Dashti Kavir
Qiyofa
(Dashti kavirdan yoʻnaltirildi)
Dashti kavir — Eron togʻligining shim.-sharqidagi choʻl. Uz. qariyb 500 km, eni 250 km chamasida. Mayd. 55 ming km². Bal. 600—800 m li qator berk botiqdan iborat. Botiqlarda taqirlar, shoʻrxoklar, qurib qoladigan shoʻr botqoqliklar va koʻllar bor. Koʻp qismida oʻsimlik deyarli oʻsmaydi. Yozda yer yuzasi qalinligi bir necha sm li oppoq tuz qatlami bilan qoplanadi. Bahorgi namgarchilikda bu yerlarda yurib boʻlmaydi. Choʻlning shim. chekkasida yirik vohalar bor.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil