Daniel Defoe
Daniel Defoe | |
---|---|
Daniel Defoe Portreti 17/18 asrlar | |
Tavalludi | 1659—1661 yillar |
Vafoti | 24-fevral, 1731-yil |
Fuqaroligi | Kingdom of England va Kingdom of Great Britain |
Yoʻnalish | Nasr |
Janr | Sarguzasht |
Shoh asari | «Robinson Crusoe» (1719) |
Daniel Defoe (talaffuzi: Daniyel Defo) (taxminan 1659—1661 yillarda Londonda tavallud topgan — 1731-yil 24-aprelda Londonda vafot etgan) Ingliz buyuk yozuvchisi va jurnalisti. Oʻzining „Robinson Crusoe“ (1719) shoh asari bilan dunyoga mashhur boʻldi. Daniel Defoe bu asari bilan ingliz romanchiligiga katta hissa qoʻshgan.
Daniel Defoe yozuvchilik bilan birga jurnalistlik ham qilgan. U koʻplab asar yozgan: Defoening qalamiga 500 dan oshiq kitob, pamflet va siyosiy risolalar mansubdir[1].
"Loyihalar to'g'risida tajribalar" (1697) pamfletila bir qator siyosiy va iqtisodiy islohotlar oʻtkazishni taklif etgan. Koʻpgina asarlarida tadbirkorlik, aql-idrok, eʼtiqod va soʻz erkinligini yoqlagan, demokratiya gʻoyalarini ilgari surgan ("Xokisor odamning tavsiyanomasi", 1698 va boshqalar). D. maqtanchoq aslzodalarni fosh etadi ("Aslzoda ingliz", 1701). 1702-yilda pinhoniy nom bilan "Dissenterlardan qasos olishning eng oson yoʻli" nomli pamfletini eʼlon qilgani uchun qamaladi. D.ning "Robinzon Kruzoning hayoti, ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari" bu roman mehnat aniq insoniy fikr tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo'lib qoldi. (1719) Ushbu romani unga olamshumul shuhrat keltiradi. "Kapitan Singlton" (1720), "Polkovnik Jak tarixi", "Moll Flenders" (1722), "Roksana" (1724) sarguzasht romanlari ham qiziqarli tafsilotlarga boy. Jahon adabiyotida "Robinzon Kruzo" romaniga taqlidan juda koʻp asarlar yaratilgan. Bu roman Yoʻldosh Shamsharov tarjimasida oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan.
- ↑ "Daniel Defoe". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dengiz sayyohi Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari, T., 1965.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil