Coraline
Coraline — britaniyalik yozuvchi Neil Geiman tomonidan 2002-yilda Bloomsbury va HarperCollins nashriyotlari tomonidan nashr etilgan dark fantasy janridagi bolalar novellasi. U 2003-yilda Eng yaxshi novella sifatida Hugo Award mukofoti[1] va 2003-yilgi Nebula Award mukofoti[2] va 2002-yilda Yosh kitobxonlar uchun yozilgan eng yaxshi asar sifatida Bram Stoker mukofoti bilan taqdirlangan[3]. The Guardian oʻzining 21-asrning 100 ta eng yaxshi kitoblari roʻyxatida Coraline ni 82-oʻringa qoʻydi [4]. Gaiman novellani 1990-yilda yozishni boshlagan. Asar qahramonning nomi „Caroline“ ismidagi xatolikdan kelib chiqqan. Geiman buni „ Men Caroline ismnini yozmoqchi edim, lekin yozuvda xato ketdi. Coraline soʻziga qarar ekanman, u kimningdir ismi boʻlishini va u bilan nima sodir boʻlgani haqida yozishnii istadim“ deya izohlagan edi. 2009-yilda Henri Selick bu asarni stop-motion animatsion filmi sifatida ekranlashtirilgan.
Qahramonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Coraline Jones — 11 yoshli bosh qahramon. U qiziquvchan, aqlli, topqir va jasur. Coraline yomgʻirni va aqlsiz katta odamlarni yoqtirmaydi(kattalarning hammasi unga shunday boʻlib tuyuladi), kattalar uni yosh bola deb jiddiy qabul qilishmaydi. U „oʻz yoshiga nisbatan kichik“ deb taʼriflangan, lekin u hech kimdan qoʻrqmaydi; Coraline kitobdagi eng sarguzashtsevar qahramon. Garchi qiz Beldamning asl niyatini bilgach, uni boshqa koʻrmaslikni istasa ham, ota-onasini qutqarish uchun baribir ortga qaytadi. Beldam haqida eshitganlari va uning oilasiga qilgan ishlaridan keyin ham jodugar uni oʻziga xos xudbinlik bilan chin dildan yoqtirishini inkor eta olmaydi. U ozgina boʻlsada Beldamga nisbatan hamdardlik his qiladi va u qiz bilan nima qilib boʻlsa ham kuchli ona va qiz rishtalarini bogʻlashni xohlashini tushunib yetadi. Bu qahramonning shafqatli ekanligini va uning kuchli irodasini koʻrsatadi.
- Missis Jones — Bosh qahramonning onasi. U koʻpincha juda band, baʼzan esa biroz eʼtiborsiz, lekin qizini yaxshi koʻradi va unga gʻamxoʻrlik qiladi. U mehribon va jonkuyar, ammo Coraline uni juda zerikarli deb hisoblaydi. Coraline ham oʻzining haqiqiy onasidan norozi boʻladi, chunki u qiziga koʻp ishlarda ruxsat berishni istamaydi.
- Janob Jones — Bosh qahramonning otasi. U oʻz uyida kompyuterda ishlaydi. U qiziga juda gʻamxoʻr va mehribon, jasur va jonkuyar. U qiziga yoqmaydigan gʻaroyib taomlar tayyorlaydi. Unda ham qizi bilan vaqt oʻtkazishga vaqt juda kam..
- Mushuk — haqiqiy dunyodagi qora mushuk. Mushuk bosh qahramonga maslahatchi boʻlib, sarguzashtlar davomida qizga hamrohlik qiladi. Mushuklarga bir-birlarini tanishlari uchun ism kerak emasligini tushuntiradi va Coraline unga ism qoʻyishiga qarshilik qiladi. Ammo, Beldam ularga hujum qilishlaridan avval Coraline uni Vermin deb chaqiradi. U qizga asardagi ko‘plab qahramonlar va dunyodagi boshqa jonzotlardan farqli o‘laroq, mushuklarning Oʻzga Dunyoda aksdoshlari boʻlmasligini aytadi. U bir dunyodan ikkinchisiga erkin oʻtadi, ammo faqat Oʻzga Dunyodagina gapira oladi. U juda istehzoli feʼl-atvorga ega, doimo qizni tanqid qiladi, lekin shunga qaramay unga yordam beradi. U Boshqa Onaga qarshi turadi, lekin oʻzi ham Oʻzga Dunyoda qolib ketishdan qoʻrqadi. U Coraline bilan doʻstlashadi va unga Beldamdan qochishida yordam beradi, Coraline ham uning yordamidan bajonidil foydalanadi.
- Beldam (shuningdek, Boshqa Ona deb ham ataladi) — romanning asosiy antagonisti. U yovuz gʻayriinsoniy jodugar va Oʻzga Dunyoning hukmdori. U bosh qahramonning haqiqiy onasiga oʻxshaydi, lekin undan novcharoq va ozgʻin, uzun qora sochlari oʻz-oʻzidan harakatlanadi, qora tugmasimon koʻzlari, qogʻozdek oppoq terisi va juda uzun, harakatchan barmoqlari, uzun toʻq qizil rangli tirnoqlari bor. Hikoya davomida uning bo‘yi o‘sib, ozg‘inlashib, rangi oqarib, qizning onasidan butunlay farq qiladigan qiyofaga kirib boradi. U nimadir yarata olmaydi, faqatgina haqiqiy dunyodagi narsalardan nusxa oladi. U oʻzi xudbinlarcha yoqtirib qolgan bolalarni toʻplaydi, oʻz dunyosini tark etmasliklari uchun bolalarning ruhlarini qamab qoʻyadi va vafot etgunlaricha ularga gʻamxoʻrlik qiladi, ularni tabassum qilishga majburlaydi. U oʻz onasini ham oʻldirganligi maʼlum boʻladi, Coraline uning qabri qayerdaligini soʻraganida Beldam „Ha, men uni shu yerga, oʻzimga koʻmganman“, deb javob beradi. Filmda uning haqiqiy qiyofasi — qoʻllarida ignasimon barmoqlari boʻlgan gumanoid araxnid koʻrinishida koʻrsatilgan. „Beldam“ soʻzi Oʻrta davr ingliz tilisida „buvi“, „xunuk kampir“, „xunuk“ yoki „jodugar“ degan maʼnolarni anglatadi. Bu soʻz, shuningdek, pari mavjudotlariga murojaat qilish uchun ham ishlatiladi.
- Boshqa Ota — Beldamning Janob Jones qiyofasidagi aksi, Boshqa Ota qizni Oʻzga Dunyoda qolishga majburlashda yordam beradi. Qizning haqiqiy otasi kabi, uning ham kabineti bor, u yerda kun boʻyi oʻtiradi va Coraline bilan koʻp ham gaplashmaydi. Biroq, u ishlamaydi; shunchaki kabinetni band qilib oʻtiradi, chunki u Coraline bilan yolgʻiz gaplashishi mumkin emas. U qizning haqiqiy otasiga qaraganda ancha quvnoq va qiziqarli boʻlishga harakat qiladi. Aslida esa, Boshqa Ota gʻamgin va asabiy. Beldam uni qizga oʻzini oshkor qilib qoʻygani uchun jazolaydi, uni yumshoq, xamirga oʻxshash, yirtqich jonzotga aylantiradi va qizni yengish uchun uni tuzoqqa tushirishni buyuradi. Boshqa Ota qizga zarar yetkazishni istamasligini aytadi, lekin Beldamning buyrugʻini rad eta olmaydi.
- Miss Spink va Miss Forcible — Bosh qahramonning qoʻshnisi boʻlgan nafaqadagi aktrisalar. Ular Hamish, Angus va Jock kabi bir qancha qari Skotti kuchuklarga egalik qilishadi va eski davrlarni eslab, teatr jargonida gaplashishadi. Ular choy barglari orqali qizning taqdiri haqida bilib olgach, Coraline xavf ostida ekanligini tushunishadi va uga oʻzini himoya qilish uchun teshik toshini berishadi. Oʻzga Dunyoda ular haqiqatga zid ravishda yosh koʻrinishda namoyon boʻlishadi va itlar uchun maxsus tomoshalar qoʻyishadi.
- Janob Bobo — Bosh qahramon uyining tepasida joylashgan xonadonda yashovchi nafaqadagi sirk artisti; uni odatda tepa qavatdagi esdan ogʻgan chol deb atashadi. U doim sichqonlarni sirkda oʻynashga oʻrgatayotganini aytadi. Janob Boboning sichqonlari Coralinega sirli xabarlar keltiradi. Avvaliga qiz sichqonlarni qoʻlga oʻrgatib boʻlmaydi, deb oʻylagani uchun sichqonlarning xabarlariga ishonmaydi. Janob Boboning Oʻzga Dunyodagi aksi sichqonlarni emas, kalamushlarni qoʻlga oʻrgatish bilan band boʻladi.
- Arvoh bolalar — Beldamning qurbonlari boʻlgan uchta bolaning ruhlari: ikki qiz va bir oʻgʻil. Bolaning yuzi kir, shimi qizil rangda. Qizlardan biri jigarrang sochli, pushti kofta va pushti yubka kiygan holatda tasvirlangan. Ikkinchi qiz esa, jigarrang bosh kiyim va jigarrang koʻylak kiyib olgan. Ular bosh qahramondan avvalroq turli davrlarda Boshqa Onaning tuzogʻiga tushib qolishgan, keyinchalik koʻzgu orqasidagi qorongʻu joyga qamab qoʻyilgan. Ruhlarini qaytarib olganlaridan soʻng, ular keyingi hayotga uchib ketishadi. Ammo, undan avvalroq, Coraline bilan tushlar olamida uchrashib, ruhlarini qaytarib olishda yordam bergani uchun unga minnatdorchilik bildirishadi va qizni hali xavf toʻla ortda qolmaganligi haqida ogohlantirishadi.
Asar asosida ishlangan ijodiy namunalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Televizion shou
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 22-oktabrda efirga uzatilgan The Simpsons shousining Treehouse of Horror XXVIII epizodidagi „Coralisa“ segmentini yaratishda Coraline novellasidan foydalanilgan. Unda Neil Gaiman Simpsonlar mushugi Snowball V obraziga ovoz bergan.
Rejissyor Henri Selick 2009-yilda Laika animatsiya studiyasida asar asosida stop-motion animatsion filmini suratga oldi va tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi. 82-Oskar mukofotlari marosimida film Eng yaxshi animatsion film nominatsiyasida nomzod boʻldi, lekin mukofotni Pixar studiyasining Up filmiga boy berdi. Film asardan biroz farq qiladi, lekin shu holatda ham kitobning asl syujetini yuqori darajada saqlab qolgan. Filmda Coraline kalta koʻk sochli va sepkillari bor qiz sifatida tasvirlangan. Shuningdek, Henri Selick filmga yangi personajni ham kiritgan. U Wyborn Lovat obrazi boʻlib, avvaliga Coraline bilan yaxshi munosabatda boʻlmaydi, ammo vaqt oʻtib, ular doʻstlashib olishadi. U Oʻzga Dunyoda gapira olmaydi, lekin Coralinega yordam berishga harakat qiladi. Film oxirida Coraline Wyborn buvisiga kichik eshik ortida yashiringan narsani koʻrsatishida yordam beradi.
Komikslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yilda Todd Klein tomonidan yozilgan va Lovern Kindzierski tomonidan suratlar ishlangan P. Kreyg Rassel komiksi nashr etilgan [5]
Videooʻyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asar asosidagi videooʻyin D3 Publisher of America tomonidan ishlab chiqilgan. Oʻyin 2009-yil 27-yanvarda PlayStation 2, Nintendo DS va Wii platformalari uchun chiqarilgan boʻlib, unda Coraline rolini oʻynash, boshqa qahramonlar bilan muloqot qilish va mini oʻyinlar oʻynash kabi imkoniyatlar mavjud. Bu oʻyin foydalanuvchilar tomonidan tanqidga uchragan.
Opera
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 27-mart kuni Londondagi Barbikan Center teatrida Mark-Anthony Turnagening roman asosidagi operasi jahon miqyosida premyera qilindi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Hugo Awards : 2003 Hugo Awards“. World Science Fiction Society. 2011-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-oktyabr.
- ↑ „The Nebula Awards“. Science Fiction and Fantasy Writers of America. 2008-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Past Stoker Nominees & Winners“. Horror Writers Association. 2011-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-oktyabr.
- ↑ „100 Best Books of the 21st Century“. TheGuardian.com (2019-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 8-dekabr.
- ↑ Smith. „P. Craig Russell – Adapting Coraline and More“. Newsarama (2008-yil 19-avgust). Qaraldi: 2011-yil 27-oktyabr.