Coffea canephora
Coffea canephora (sin. Coffea robusta, odatda robusta kofesi sifatida tanilgan) — Afrikaning markaziy va gʻarbiy Sahroi Kabiridan kelib chiqqan qahva turi. Rubiaceae oilasiga mansub gulli oʻsimlik. Koʻpchilikka Coffea robusta nomi bilan tanilgan boʻlsa-da, oʻsimlik ilmiy jihatdan Coffea canephora deb ataladi, uning ikkita asosiy navi robusta va nganda mavjud[1].
Coffea robusta dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan kofening 43 % ni tashkil qiladi, qolgan qismi esa Coffea arabica ni tashkil qiladi. C. arabica va C. robustaʼdan olingan qahva donalarining tarkibi oʻrtasida bir nechta farqlar mavjud[2][3]. C. robusta loviyalari C. arabica loviyalariga nisbatan past kislotalilik, koʻproq achchiqlikka ega.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Robusta — Roʻyandoshlar oilasiga mansub gulli oʻsimlik turi. Coffea robusta nomi keng tarqalgan boʻlsa-da, ilmiy tilda Coffea canephora sifatida yuritiladi. Coffea canephoraning ikkita asosiy navi bor, C. robusta va C.nganda[4]. Oʻsimlik tartibsiz gullaydi, rezavorlar pishishi uchun taxminan 10-11 oy vaqt ketadi. Loviyalar oval shaklida boʻladi.
Robusta oʻsimligi arabicanikiga qaraganda koʻproq hosildorlikka ega, tarkibida koʻproq kofein (arabica 1,5 % ga nisbatan 2,7 %)[5] va kamroq shakar (3-7 %) mavjyd (arabica navida 6-9 % shakar mavjud)[6]. Zararkunandalar va kasalliklarga nisbatan chidamliligi sababli,[7] robusta koʻp miqdordagi gerbitsid va pestitsidga muhtoj emas.
-
Coffea canephora gullari
-
Coffea robusta
-
Coffea canephora mevalari
Mahalliy tarqalish
[tahrir | manbasini tahrirlash]C. canephora tabiiy holatda Gʻarbiy va Markaziy Afrikada, Liberiya Tanzaniyagacha va janubdan Angolaga qadar oʻsadi. U 1897-yilgacha,[8] Coffea arabica qahva turi s8fatida tan olinmagan[9][10]. Shuningdek, u Borneo, Fransiya Polineziyasi, Kosta-Rika, Nikaragua, Yamayka va Kichik Antil orollarida ham oʻstiriladi[11]. 1927-yilda Timorda robusta va arabica oʻrtasidagi gibrid topildi. Keyinchalik bu shtamm zangga chidamli navlarni yaratish uchun ishlatildi[12].
Oʻstirish va foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coffea canephora oʻsimligi loviyalaridan tayyorlangan qahva past kislotalilik va yuqori achchiqlikka ega.
Robusta oʻzining kelib chiqishi Afrikaning markaziy va gʻarbiy Sahroi Kabir janubiga borib taqaladi[13]. Uni parvarish qilish oson, hosildorligi yuqori, kofein miqdori va antioksidantlar coffea arabicanikiga nisbatan ikki barobar koʻproq[14]. Kasalliklarga kamroq moyil[15]. Bu jahonda ishlab chiqarilgan kofening 43 % ni tashkil qiladi[16].
U asosan Vetnamda oʻstiriladi, u yerda fransuz mustamlakachilari bu yerga oʻsimlikni 19-asrning oxirida olib kelganlar[17]. Soʻnggi yillarda asosan robusta ishlab chiqaradigan Vetnam dunyodagi eng yirik robusta kofe eksportchisiga aylandi, bu umumiy ishlab chiqarishning 40 % dan ortigʻini tashkil qiladi[18]. U Braziliya (dunyo ishlab chiqarishining 25 %), Indoneziya (13 %), Hindiston (5 %) va Ugandani (5 %) ortda qoldiradi[18]. Braziliya hali ham dunyodagi eng yirik qahva ishlab chiqaruvchisi boʻlib, dunyodagi kofening uchdan bir qismini ishlab chiqaradi,[18] ammo Braziliyada asosa C.arabica ishlab chiqariladi.
Robustaga gʻamxoʻrlik qilish osonroq va C. arabicaga qaraganda koʻproq hosildorlikka ega boʻlgani uchun uni oʻstirish arzonroqqa tushadi[19]. Qovurilgan robusta loviyalari oʻziga xos kuchli tuproq taʼmiga ega, lekin odatda pirazin yuqoru miqdori tufayli undan tayyorlangan qahva arabikadan koʻra achchiqroqdir[20][21]. Odamlar arabika loviyalari koʻproq kislotalilik va boyroq lazzat bilan yumshoqroq taʼmga ega ekanligiga ishonishganligi sababli, uni robustadan ustun hisoblashadu, qattiqroq robusta loviyalaridan asosan past navli qahvalar tayyorlanadi[19]. Yaxshi sifatli robusta loviyalari anʼanaviy italyan espressolari uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, robusta diuretik, antioksidant, antipiretik va spazmolik astmani engillashtiradigan vosita sifatida ishlatiladi[22][23].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ J. Dagoon. Agriculture & Fishery Technology Iv. Rex Bookstore, Inc., 2005 — 58-bet. ISBN 9789712342233. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul.
- ↑ R Urgert and M B Katan (1 November 1996). "The cholesterol-raising factor from coffee beans.". Journal of the Royal Society of Medicine 89 (11): 618–623. doi:10.1177/014107689608901107. PMID 9135590. PMC 1295997. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1295997.
- ↑ Gaia Vince (16 November 2005). "Decaffeinated coffee may be harmful to heart". New Scientist. https://www.newscientist.com/article/dn8328-decaffeinated-coffee-may-be-harmful-to-heart/.
- ↑ J. Dagoon. Agriculture & Fishery Technology Iv. Rex Bookstore, Inc., 2005 — 58-bet. ISBN 9789712342233. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul.
- ↑ Mark Nesbitt. The Cultural History of Plants. Taylor & Francis, 2005 — 176–177-bet. ISBN 978-0-203-02090-6. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul.
- ↑ „Understanding the Difference: Arabica vs Robusta“. The Coffee Barrister (2016-yil 31-iyul). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-avgust.
- ↑ Benoit Daviron. The Coffee Paradox: Global Markets, Commodity Trade and the Elusive Promise of Development. Zed Books, 2005 — 51-bet. ISBN 978-1-84277-457-1.
- ↑ Adolf, Engler; Germany), Königlicher Botanischer Garten (Berlin; Germany), Königliches Botanisches Museum (Berlin (1895–1918) (en). Notizblatt des Königl. Botanischen Gartens und Museums zu Berlin. bd.1 (1895–1897). In Commission bei Wilhelm Engelmann. https://www.biodiversitylibrary.org/page/28795724#page/279/mode/1up.
- ↑ von, Linné, Carl; Lars, Salvius (1753) (en). Caroli Linnaei ... Species plantarum. 1. Impensis Laurentii Salvii. https://www.biodiversitylibrary.org/page/358191#page/184/mode/1up.
- ↑ Mark Nesbitt. The Cultural History of Plants. Taylor & Francis, 2005 — 176–177-bet. ISBN 978-0-203-02090-6. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul.
- ↑ „World Checklist of Selected Plant Families: Royal Botanic Gardens, Kew“ (en-GB). apps.kew.org. 2011-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-sentyabr.
- ↑ Penarredonda. „The disease that could change how we drink coffee“. BBC: In depth, Food (2017-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 23-noyabr.
- ↑ J. Dagoon. Agriculture & Fishery Technology Iv. Rex Bookstore, Inc., 2005 — 58-bet. ISBN 9789712342233. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul. J. Dagoon (2005).
- ↑ Vignoli, J. A.; Bassoli, D. G.; Benassi, M. T. (2011). "Antioxidant activity, polyphenols, caffeine and melanoidins in soluble coffee: The influence of processing conditions and raw material". Food Chemistry 124 (3): 863–868. doi:10.1016/j.foodchem.2010.07.008.
- ↑ Penarredonda. „The disease that could change how we drink coffee“. BBC: In depth, Food (2017-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 23-noyabr.
- ↑ „Coffee: World Markets and Trade“. United States Department of Agriculture – Foreign Agricultural Service (2019-yil dekabr). Qaraldi: 2020-yil 8-may.
- ↑ A. Rami Horowitz. Insect pest management: field and protected crops. Springer, 2004 — 41-bet. ISBN 978-3-540-20755-9. Qaraldi: 2011-yil 23-avgust.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 „Coffee: World Markets and Trade“. United States Department of Agriculture – Foreign Agricultural Service (2019-yil dekabr). Qaraldi: 2020-yil 8-may.
- ↑ 19,0 19,1 Miyanari, Walter. Aloha Coffee Island. Savant Books & Publications, 2008 — 7-bet. ISBN 978-0-615-18348-0. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr.
- ↑ Andrew J. Taylor, Robert Linforth. Food Flavour Technology. John Wiley and Sons, 2010 — 68-bet. ISBN 978-1-4443-1778-7. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr.
- ↑ Wintgens, Jean Nicolas. Coffee: Growing, Processing, Sustainable Production: A Guidebook for Growers. Wiley-VCH, 2009 — 799-bet. ISBN 978-3-527-32286-2. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Reynolds. „Robusta's Rehab“. CoffeeGeek. Coffee Geek (2006-yil 1-fevral). 2007-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-yanvar.
- ↑ Robertson, Carol. The Little Book of Coffee Law. American Bar Association, 2010 — 52-bet. ISBN 978-1-60442-985-5. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr.